O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi marketing


Marketing xizmat bo‘limlari faoliyatining asosiy turlari



Download 2,79 Mb.
bet41/187
Sana23.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#506126
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   187
Bog'liq
Marketing maruza

Marketing xizmat bo‘limlari faoliyatining asosiy turlari



Bo‘limlar

Faoliyat turi

Bozorni tadqiq qilish

Bozorning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash. Bozorning

bo‘limi

rivojlanish istiqbolini bashoratlash. Iste’molchilarni o‘rganish.




«Muvaffaqiyatning asosiy omillari»ni aniqlash. Raqobatchilar




faoliyatini tahlil qilish.

Mahsulot

Ishlab chiqarishning assortiment tarkibini ishlab chiqish.

assortimentini

Tovarning iste’mol va texnik kattaliklari o‘rtasida o‘zaro

rejalashtirish bo‘limi

bog‘liqlikni o‘rnatish.

Realizatsiya bo‘limi

Sotish va tovar harakati kanallarini tanlash. Mahsulot




assortimenti bo‘yicha tovar aylanishini rejalashtirish.




Mahsulotni realizatsiya qilishning optimal sharoitlarini




aniqlash. Sotishni bashoratlash.

Firma do‘konlari

Xaridorlar talabini o‘rganish. Xaridorlarni rag‘batlantirish.




Sotish kanallari ishlovchilarini rag‘batlantirish. Korxona




obro‘- e’tiborini shakllantirish.

Reklama byurosi

Mahsulotni reklama qilish. Korxona obro‘- e’tiborini




shakllantirish. Axborot almashuvchanlikni rivojlantirish.

Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etishda bosqichma-bosqich yondashish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalari faoliyatining marketing xizmatlari bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatadiki, bajarilayotgan vazifalar-ning asosiy qismi tijorat xizmatlari bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan. Shu sababli marketing xizmatini tijorat bloki asosida tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.


Bozorning rivojlanishi va uning “xaridorlar bozori”ga aylanishi korxonaning marketing bo‘limi tashkiliy strukturalaridagi o‘rnini va uning boshqa bo‘limlar bilan o‘zaro harakatini asta-sekin o‘zgartiradi.


Tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan marketing funksiya-laridan biri asta-sekin uning asosi (o‘zagi)ga aylanadi va tashkilot

92
faoliyatining shunday funksional sohasiga aylanadiki, bu uning boshqa sohalarining funksiyalanishini ko‘p tomondan belgilaydi, ya’ni ishlab chiqarish, xodimlarni boshqarish, ITTKI (ilmiy-tadqiqot tajriba – konstrukturlik ishlari) va b.


Bozor sharoitlarida marketing asosiy funksiya sifatida korxona faoliyatining strategiyasini belgilaydi. Korxonaga marketingni o‘zi uchun hayot tarzi, korxonaning esa falsafasi, deb bilgan odam rahbarlik qiladi. Marketing xizmati nafaqat ishlab chiqarish va savdoga xizmat qilish bo‘limi, shuningdek, tashkilot faoliyatini yakuniy iste’molchi-larning chiqarilgan mahsulotga yo‘naltiruvchi strategik ishlab chiqarish– savdo boshqaruv rejalashtiruvchi va nazorat qiluvchi organlari hamdir. Marketing korxonaning hamma xizmatlari va bo‘limlariga kirib boradi. Shuning uchun korxonada marketingni boshqaruv strukturalarini tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Marketing xizmati shunday tashkil etilishi kerakki, u ushbu korxonaning o‘ziga xos xususiyatlariga (spetsifikasiga), uning resurs imkoniyatlariga, chiqarilayotgan mahsuloti va xizmat qilayotgan bank xarakteriga mos kelsin. U aniq, qaror qabul qilishda moslashuvchan, sodda va tezkorligi (mobilligi) bilan ajralib turadigan bo‘lishi lozim. Korxonalar marketing bo‘limi shunday hisob-kitob bilan tashkil etiladiki, u eng yaxshi tarzda marketing maqsadlariga erishishga, ya’ni xaridorlarning qondirilmagan talablarini aniqlash, bozorlarni geografik jihatdan kengaytirish, bozor ulushlarini oshirish, bozorning yangi segmentlarini qidirib topish, foydani ko‘paytirishga yordam berizi zarur. Hozirgi zamon korxonalar faoliyati amaliyotining ko‘rsatishicha, marketing xizmati strukturasining rang-barangligiga qaramasdan marketingning tashkiliy tarkibiy turlari quyidagilar:



  1. funksiyalar bo‘yicha;




  1. mahsulot bo‘yicha;




  1. bozorlar bo‘yicha;




  1. iste’molchilar guruhi bo‘yicha;




  1. hudud (region)lar bo‘yicha bo‘ladi.

Marketing xizmatini tashkil etishda qat’iy standartlar mavjud bo‘lmaydi, shuning uchun har bir kompaniya, marketingni boshqarish strukturasiga asosiy talab–uning samaradorligi, aniq-ravshan (ochiq)ligi, tejamkorligi ekanligini anglay borib, bu masalani hal etishga mustaqil yondashadi.


Marketing xizmati boshqa bo‘limlar va xizmatlar bilan o‘zaro aloqada harakatlanishi zarur va u marketingni korxona faoliyatiga joriy etilish darajasi bilan belgilanadi. Marketing va ta’minot bo‘limlarining o‘zaro munosabatlari, ularning faoliyatlarini muvofiqlashtirish shuning


93
uchun kerakki, bunda muhim xom – ashyolar va butlovchilarning oldin-dan ko‘zda tutilmagan va kutilmagan holda yetmay qolishi kabilarning oldi olinadi. Bunday holatlar, agar marketing bo‘limi ta’minotchilarga rejalarning istiqboli va tuzilgan shartnomalar haqida ma’lumot bermaganlarida yuz beradi. Va aksincha, noto‘g‘ri prognozlar yoki marketing bo‘limi ta’minot bo‘limiga talablarning kamaygani haqida xabar bermaganidan materiallar hamda butlovchilarning haddan ortiq zaxirasi to‘planib qolganidan, boshqa ish (vazifalar) da muvaffaqiyatli foydalanilishi mumkin bo‘lgan bu vositalarni faoliyatdan to‘xtatib, ya’ni “muzlatib” qo‘yishga to‘g‘ri keladi.


Tovarlar bo‘yicha smeta va marketingning umumiy budjetini samarali realizatsiya qilish uchun marketing bo‘limi mutaxassislari xarajat va foyda ko‘rsatkichlarini doimo nazorat ostida tutishlari kerak bo‘ladi. Marketing bo‘limining yuridik xizmat bilan o‘zaro birgalikdagi harakati marketing bo‘limi mutaxassislariga xo‘jalik va tijorat faoliyatining turli tomonlarini ishlab chiqish, yangi buyumni ishlab chiqarish, narxlarni belgilash, qadoqlash, reklama, sotish shartlari kabilarni qonunchilik bo‘yicha boshqarishda tez va malakali yuridik maslahatlar olish imkonini beradi. Patent ishlari, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziya bitimlari, reklamatsiyalar va xaridorlar-ning e’tirozlariga taalluqli qonunlar va yo‘l-yo‘riqlar mavjud. Cheklangan savdo amaliyoti, monopolistik kelishuvlar, kechiktirilgan to‘lov bilan xarid va savdo narxlar haqida kelishuvlar va boshqalar bo‘yicha masalalarda yuridik normalarga amal qilish zarur.





Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish