O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/187
Sana27.03.2022
Hajmi4,54 Mb.
#513173
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   187
Bog'liq
fayl 2074 20211106

3. Tajovuzkor axloq korreksiyasi. 
Bolaning tajovuzkor axloqiga turli 
oilaviy omillar ta'sir ko`rsatadi, masalan, oilaning past darajada qovushganligi, 
janjalkashlik, ota-onalar va bola o`rtasidagi yetarlicha bo`lmagan yaqinlik, bolalar 
o`rtasidagi o`zaro noxush munosabatlar, oilaviy tarbiyaning noteng uslubi.
Masalan, o`ta qattiq nazoratdan foydalanuvchi (giperopeka), Nihoyatda qattiq jazoni 
qo`llovchi ota-onalar ko`pincha o`z farzandlarining tajovuzi va quloq solmasligiga 
duch keladilar. Shuningdek, otaning onaga nisbatan tajovuzkor munosabati 
(jismoniy zo`rlik yoki aniq ma'naviy kamsitish) ham bolaga yaqqol salbiy ta'sir 
ko`rsatadi, degan fikrlar mavjud.
A.Bandura va R. Uolter ushbu “oilaviy” masalani o`rganishga maxsus 
tadqiqotni bag’ishladilar va quyidagi ma'lumotlarni oldilar. Tajovuzkor o`g’il 
bolalarning ota-onalari bolalarining yutuqlariga nazorat guruhidagi (tajovuzkor 
axloqi bo`lmagan) ota-onalarga nisbatan kamroq talab qo`yganlar va ularni 
bolalikda kamroq cheklaganlar. Ayni vaqtda ko`rib chiqilgan o`smirlar ota-
onalarining ta'siriga kuchliroq qarshilik ko`rsatganlar. Tajovuzkor axloqli o`g’il 
bolalar otalaridan ko`ra onalariga ancha bog’lanib qolgan. Nazorat guruhidagilar 
ichki o`z-o`zini nazorat qilishni rivojlantirish, masalan, ishonish usulidan keng 
foydalangan bir vaqtda tajovuzkor o`smirlarning ota-onalari ko`pincha majburlash 


119 
usuliga tayanganlar. Tajovuzkor o`g’il bolalarning otalari keskinlik va ko`pincha 
bolalarni jazolash tendensiya si bilan xarakterlangan bir vaqtda onalari zaif umumiy 
kelishuvda talabchan emaslik va o`zaro munosabatlarda yetarlicha bo`lmagan
samimiyligi bilan xarakterlanadi. Tajovuzkor o`g’il bolalar o`z otalari bilan kam 
o`xshashdirlar, ular nazorat guruhidagi o`smirlarga qaraganda ko`pincha otalarining 
tanqidiy va dushmanlik munosabatlariga javob qaytaradilar Bularning barchasi, 
tadqiqotchilar fikriga ko`ra, ota-onalik qadriyatlari tizimini o`zlashtirish va ularning 
talablarini bajarishni murakkablashtiradi.
A.Bandura va R.Uolter o`smirlarning ijtimoiylashuvi va ularning oilaviy 
sharoitlari o`rtasidagi aloqani o`rganib, bola axloqini belgilovchi uchta asosiy 
xususiyatlarni ajratdilar: uning tobe (samimiy-shaxsiy) munosabatlar o`rnatishga 
tayyorligi, vijdonining rivojlanganligi darajasi, tajovuzga motivatsiya kuchi. 
Mualliflar fikriga ko`ra, oila samarali ijtimoiylashuvning eng kam darajadagi 
sharoitini yaratishi kerak.
1.Bolaning atrofdagilarga qiziqishi, e'tibori va ma'qullashini istashga 
o`rgatadigan bevosita birinchi muhim shart mehribonlik motivatsiyasidir. 
2. Ikkinchi zaruriy shart deb tadqiqotchilar izchil talablar va cheklovlar (shu 
shart bilanki, ota-onalarning o`zlari ijtimoiy me`yorlarni bo`ladilar) shaklidagi 
“ijtimoiylashuvning bosimi”ni ataydilar. Aksincha, axloqning dushmanlik shakli 
oilada ota-onalik muhabbatiga ehtiyoj frustratsiyasi, doimiy jazoni qo`llash (istalgan 
axloqni rag’batlantirish ustidan uning ustunligi), ota-onalar tomonidan talablarning 
kelishmaganligi, ota-onalarning o`zlarini tajovuzkorligi natijasida paydo bo`ladi. 
Shunday qilib, “asotsial tajovuz nazariyasi”ga muvofiq bolaning tajovuzkor 
axloqi dastavval bitta yoki ikkala ota-ona tomonidan nozik g’amxo`rlik va 
mehribonlik yetishmasligidan tug’iladi. Ko`ngil qo`yish frustratsiyasi bolada doimiy 
dushmanlik tuyg’usining paydo bo`lishiga olib keladi, chunki o`zi uchun ahamiyatli 
bo`lgan kattalarga (shu jumladan, uning hissiy ko`rinishlari) taqlid qilish orqali 
rivojlanadi. Bolaning ota-onalari bilan munosabatida rivojlangan ko`rsatma va 
axloqi oqibatda boshqa odamlarga ko`chiriladi (sinfdoshlar, o`qituvchilar, turmush 
o`rtog’i). Agar aniq odamga tajovuz ko`rinishining oldi olinsa (yoki boshqa 


120 
sabablar kuchida mumkin bo`lmaydigan bo`lib qolsa), tajovuz yangi “ancha 
xavfsiz” ob'yektga siljishi mumkin. 
Shuni aniqlash lozimki, yuqorida ko`rib chiqilgan eksperimentda asosan 
o`g’il bolalar ishtirok etdilar. Ko`pchilik tadqiqotchilar oilada har xil jinsdagi 
bolalarga yomon murojaatning ta'siri turlicha ekanini ta'kidlaydilar. Qator 
mualliflarning fikriga ko`ra, bolaligida shafqatsizlik namoyon etilgan qiz bolalar 
mazoxistik patterna axloqining rivojlanishiga moyildirlar, o`g’il bolalar bunday 
holda o`zlarini tajovuzkor bilan o`xshatadilar va katta ehtiromlik bilan sadistik 
yo`nalishda rivojlanadilar. 
Tajovuzkor axloqning sodir bo`lishida oilaning yetakchi roli haqidagi 
gipoteza foydasiga yana bir isbot bu ma'lum sharoit bolalar muassasalarida 
tarbiyalanuvchi bolalarda tajovuzkorlik bilan bog’liq bo`lgan buzilishning ustunligi 
(asrab olingan bolalardan farqli ravishda) hisoblanadi. Bir vaqtning o`zida zaruriy 
ota-onalik g’amxo`rligidan maxrum bo`lgan barcha bolalar ham tajovuzkor 
bo`lavermaydilar. Oilaviy deprivatsiyaning boshqa oqibati odamovilik, yuqori 
bog’liqlik, bo`ysunishga ortiqcha tayyorlik yoki chuqur xavotirlilik bo`lishi mumkin 
(pirovard, ehtirom, deprivatsiyaning darajasi, bolaning yoshi, uning konstitutsional 
xislatlari va boshqa sharoitlarga bog’liq).
Shunday qilib, ichki va tashqi omillarning noxush ta'sirida tajovuzkor mayl 
haqiqatan tajovuzkorlik va jamoatchilik uchun xavfli shaklgacha bo`lgan turg’un 
barbod qiluvchi axloq shakliga ega bo`ladi. Biroq tajovuz salbiy oqibatlarga olib 
kelishi shart emas. Masalan, u nafaqat yangi va yangi ob'ektlarga aralashib ketishi, 
balki faoliyatning turli shakllariga biznes, o`qish, sport, sardorlik va boshqalarga 
qo`shilishi (sublimatsiya qilmoq) mumkin.
Albatta, me`yorda tajovuz muhofaza xarakteriga ega va yashashga xizmat 
qiladi. U shuningdek, individning faolligi manbai, uning ijodiy potentsiali va 
yutuqlarga intilishi bo`lib yuzaga chiqadi. Shaxs tajovuzning turli ko`rinishlarini 
taniy olishi, tajovuzni ijtimoiy maqbul shakllarda ifodalashi va nihoyat, boshqalar 
yoki o`zining ustidan zo`ravonlik qilishdan qochishi kerak. Shaxsiy tajovuz taqdiri 


121 
– har bir katta insonning shaxsiy tanlagan ishi o`z tajovuziga egalik qilish esa – 
umuman murakkab psixologik vazifalardan biridir.

Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish