O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


KURSINING PREDMETI VA OG`ISHGAN XULQ KLASSIFIKATSIYASI



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/187
Sana27.03.2022
Hajmi4,54 Mb.
#513173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
Bog'liq
fayl 2074 20211106

KURSINING PREDMETI VA OG`ISHGAN XULQ KLASSIFIKATSIYASI. 
Reja: 
1. Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursi bo‘yicha umumiy tushuncha 
2. Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining o‘ziga xos jihatlari. Xulqi 
og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining predmeti va maqsadi.
3.“Og`ishgan xulq” tushunchasi.
4.Ijtimoiy me`yor va ijtimoiy og`ishish hamda og`ishgan xulq determinatsiyasi 
Tayanch tushunchalar: 
Xulqi og’ishish, deviantologiya, delikvent xulq, 
me`yor, ijtimoiy me`yor, ijtimoiy og‘ishish, axloqiy me`yor, tibbiy me`yor. 
 
1.Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursi bo‘yicha umumiy tushuncha.
Psixologiyada axloq atamasidan tur va inson faolligi darajasi, uning faoliyati, 
mushohadasi, tafakkuri, muloqoti kabi ko’rinishlari bilan bir qatorda belgilash 
uchun keng foydalaniladi, Inson axloqi to’g’risidagi ilmiy tasavvurlar XX asrning 
boshlarida bioxevioristlar uni psixologiya fanining predmeti deb e’lon qilgan 
vaqtdan boshlab, ayniqsa, shiddatli rivojlanish tusini oldi. 
Dastlab axloq tushunchasi ostida shaxsning istalgan tashqi kuzatiluvchi, 
"rag’bat— reaksiya" sxemasi bo’yicha ishlaydigan reakqiyasini (harakatlanuvchan,
vegetativ, nutqiy) tushundilar. Empirik ma’lumotlarning to’planish darajasi 
bo’yicha asnosida inson axloqining tabiati yanada chuqurlashdi. 1931 yilda esa 
axloq psixologiyasining asoschilaridan biri Djon Uoxon axloq to’g’risida "tuxumni 
mahsuldor qilish lahzasida dunyoga keluvchi va organizmning rivojlanishi darajasi 
bo’yicha yanada murakkablashib boruvchi faollikning uzluksiz oqimi" haqida 
gapirgan edi. 
Axloqning zamonaviy tushunchasi tashqi rag’batga reaksiyalar to’plami 
doirasidan ancha chetga chiqadi. Shunday qilib, psixologik lug’atda ko’rsatilishiga 
axloq "tirik mavjudotga xos bo’lgan, ularning ichki va tashqi faolligi vositasidagi 
atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirdir". 



Odamning tashqi faolligi ostida har qanday tashqi ko’rinish: harakat, faoliyat, 
muomala, mulohaza, vegetativ reaksiyalar tushuniladi. Quyidagilar axloqning ichki 
tarkibi bo’lib hisoblanadi: motivatsiya va maqsad qo’yish, kognitiv ishlov berish, 
hissiy reaksiyalar, o’z-o’zini boshqarish jarayonlari. Kelgusi muhokamalarda axloq 
tushunchasi ostida biz shaxsning individual xususiyatlari va shaxsning tashqi 
harakat hamda muomalasi shaklida ifodalanuvchi ichki faolligi bilan bog`liq 
muhitdan kelib chiqqan o’zaro harakati jarayoqatni tushunamiz. Ta’rifga ega 
bo’lgach, o’rganilayotgan reallikning asosiy belgilarini ajratishga urinamiz. Inson 
axloqining bir muncha muhim xususiyatlaridan biri - bu uning o’z mohiyatiga ko’ra 
ijtimoiylashishi va u jamiyatda shakllanadi va amalga oshadi. 
Inson axloqining boshqa muhim xususiyati - bu uning nutqiy boshqaruv va 
maqsad qo’yishi bilan mustahkam aloqasi hisoblanadi. Yaxlit olganda insonning 
axloqi uning ijtimoiylashuvi jarayonini - jamiyatga integratsiyasini aks ettiradi. 
Ijtimoiylashuv, o’z navbatida, individual xususiyatlarni hisobga olgan holda ijtimoiy 
muhitga moslashishni ko’zda tutadi.
Moslashuv - individuallashuv jarayonlarining nisbati bo’yicha, shuningdek, 
jamiyatda shaxs mavqei yuzasidan ijtimoiy moslashuvning quyidagi variantlarini 
ajratish mumkin: 

radikal moslashuv shaxsning mavjud ijtimoiy hayotda o’zgarishi orqali o’z-
o’zini ro’yobga chiqarishi; 

gipermoslashuv - shaxsning o’z oliy yutuqlari vositasida ijtimoiy hayotga 
ta’siri orqali o’z-o’zini ro’yobga chiqarishi; 

uyg’unlashgan moslashuv - shaxsning jamiyatda ijtimoiy talablarga yo’nalishi 
vositasida o’z-o’zini ro’yobga chiqarshi; 

konformistik moslashuv - individuallikni bostirish, o’z-o’zini ro’yobga 
chiqarishni birlashishi hisobiga; 

deviant moslashuv - mavjud bo’lgan ijtimoiy talab (me`yor) lardan chetga 
chiqish vositasida o’z-o’zini ro’yobga chiqarish; 

ijtimoiy-psixologik moslashmaganlik - o’z-o’zini ro’yobga chiqarish va 
moslashish jarayonlarini to’sish holati. 



Muayyan inson axloqida ijtimoiylashuvning istalgan variantida axloqning 
umumiy tavsifnomasidan foydalanib, quyidagilarni ifodalash mumkin: 

asoslanganlik - shaxsning ehtiyojlari va maqsadlariga yo’naltirilgan 
harakatlanishga ichki tayyorlik; 

o’xshashlik - aniq vaziyat bilan kelishish; 

moslashish - ijtimoiy muhitning yetakchi talablariga muvofiqlik;

haqqoniylik - individuallik axloqining mosligi, uning ushbu shaxs uchun 
tabiiy ekanligi; 

mahsuldorlik - ongli maqsadlarni amalga oshirish.
Shaxs xulqining shunday belgalari borki, ular anchagina xususiy, biroq kam 
bo’lmagan ahamiyatga egadir: 
-
faollik darajasi (energiyalilik va tashabbuskorlik); 
-hissiy ifodalanganlik (namoyon etilayotgan affektlarning kuchi va xarakteri); 
-
jo’shqinlik; 
-turg’unlik (turli vaqt va turlicha vaziyatlarda ko’rinishlarning doimiyligi); 
-
onglilik (o’z axloqini tushunish uni so’z bilan tushuntira olish qobiliyati); 
-
ixtiyoriylik (o’z-o’zini nazorat); 
-
egiluvchanlik (muxitaing o’zgarishiga javoban axloqni o’zgartirish). 

Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish