112
• kirlanishlarga va silkinishlarga kichik sezgirligi (MDY larga nisbatan);
• elektromagnit maydonlarga sezgirmaslik.
ODY lar uchun asosiy lokal interfeyslar bo’lib EIDE va SCSI interfeyslari xizmat
qiladi.
HD DVD (yuqori aniqlikdagi raqamli universal disk) –
DVD disklarga
nisbatan yuqori aniqlik va hajmga ega. HD DVD disklar DVD disklarga qaraganda
5 marotoba ko’proq axborotni saqlaydi. HD DVD disklardagi axborotlar bir qatlamli
diskda 15 Gb, ikki qatlamli diskda 30 Gb ni tashkil qiladi.
Blu-ray Disc, BD (ingl. blue ray — havo rang nur va disc — disk;) — optik
disk tashuvchi formati bo’lib, raqamli axborotlarni hamda yuqori aniqlikdagi
videomateriallarni kattazichlikda yozish imkonini beradi.
Blu-ray Disc dagi
axborotlarni o’qishda qisqa to’lqinli lazer (405 nm) dan foydalaniladi. Ushbu
disklardagi axborot hajmi bir qatlamli diskda 25Gb, ikki qatlamli diskda 50 Gbni
tashkil qiladi
Magnitooptik disklardagi yig’uvchilar
Qayta yoziladigan magnitooptik disklar (CC-E—Continuous
Composite
Eresable) ma’lumotlarni magnit kallak bilan yozishda disk sirtini maholliy qizdirish
uchun lazer eurini ishlatadi. Ma’lumotni o’qish kichik quvvatli lazer nuri bilan
bajariladi.
Yozish-o’qish
jarayonlarining
mohiyati
quyidagicha
asoslangan.
Magnitooptik disk sirtidagi aktiv qatlam faqat yuqori haroratda magnit kallagi bilan
qayta magnitlanishi mumkin. Bunday xarorat (yuzlab graduslar) uzunligi 0, 1 mks
ga teng bo’lgan lazer impulsi bilan hosil qilinadi. Ma’lumotni o’qishda, disk
yuzasidan kaytgan lazer nurining qutblash vektori aktiv
qatlamning magnitlangan
uchastkasi yo’nalishiga bog’liq ravishda, o’zining yo’nalishini bir necha gradusga
o’zgartiradi. Kutblanish yo’nalishining o’zgarishi mos datchik bilan qabul qilinadi.
Bir marta yoziladigan magnitooptik disklari (CC-WORM-Continuous
Composite Write Once Read Many) oddiy magnitooptik yig’uvchilarga o’xshash
bo’lib, farqi shundaki, ularda diskning nazorat yo’lkalariga
maxsus belgilar
ko’yiladi, bu belgilar o`chirishni va diskka qayta yozishni bartaraf etadi.
113
Magnitooptik yig’uvchilarda ma’lumotni yozish odatda ikki marta o’tishda
amalga oshiriladi, shuning uchun yozish tezligi o’qish
tezligidan birmuncha
kamroqdir. Zamonaviy magnitooptik disklarning sig’imi 2, 6 Gbaytgacha etadi
(yaqin vaqtlar ichida 5, 2 Gbay-tli CC-E diski kutilmoqda), murojaat qilish vaqti 50
dan 150
ms gacha, o’kish tezligi sekundiga 3000 Kbaytgacha. Lekin qayta
yoziladigan diskovodlar juda qimmatdir (ming dollardan oshiqroq).
Hozir qayta yoziladigan CD-RW (Re Writeble)
tipidagi kompakt-disklar
paydo bo’ldi, ular yozish uchun
*
2 va uo’ish uchun *6
tezlik juftligiga ega; ular
ommaviy qo’llanilmoqda va CD-WORM va CD-R larni jadal siqib chiqarmoqda.
Ko’pgina mutaxassislar ularni CD va DVD orasidagi ko’prik deb hisoblamoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: