IBM PC printerlarining standarti
- Epson standarti mavjud. Star,
Mannesmann, Sitizen, Panasonic, Canon, Hp, LazerJet va boshqa turlari ham keng
ishlatiladi.
Plotter
- chizmalarni qog`ozga chiqaruvchi qurilma. Plotterlar (plotter,
grafik quruvchilar) grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar
va b.) EHM dan qog`ozli yoki boshqacha ko`rinishdagi tashuvchiga chiqarish
qurilmasidir.
Plotterlar tasvirni shakllantirish tamoyillari bo`yicha ikki sinfga bo`linadi:
• vektorli tipidagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qog`ozga nisbatan
birdaniga ikkita koordinata bo`yicha siljishi mumkin va tasvir qog`ozda
kerakli to`g`ri va egri chiziqlarni istalgan yo`nalishda bevosita chizib chiqish
bilan yaratiladi;
• rastrli tipdagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qog`ozga nisbatan faqat bir
yo`nalishda bir vaqtning o`zida siljishi mumkin va tasvir qog`ozda satrma-
satr ketma-ket tushiriladigan nuqtalardan shakllanadi.
Ish tamoyili bo`yicha plotterlar peroli, purkagichli, lazerli, termografik,
elektrostatik bo`ladi. Vektorli plotterlar faqat peroli bo`ladi, plotterlarning
qolgan tiplari rastrlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |