21
bo`lib, ularda tasvir umumiy holda pero deb
atalgan yozuvchi element
yordamida chiziqlar chizib chiqish yo`li bilan yaratiladi. Perolar sifatida
plotterlarning
turli modellarida perolar, fibrali (juda pishiq qog`ozli) va plastik
sterjenlar (flomasterlar bo`yog`i ichidan chizib keladigan yozish quroli), bir
marta va ko`p marta ishlatiladigan
sharikli uzellar, qalamli grifellar
(toshqalam) va bo`rchalar ishlatiladi.
Planshetli plotterlar
odatda A3 va undan
kichik formatli chizmalarni
yaratish uchun ishlatiladi. Siyohda ishlatuvchi peroli plotterlar ham bir tusli,
ham rangli tasvirlarning yuqori sifatli bo`lishini ta`minlaydi,
lekin yuqori
bo`lmagan chizib chiqish tezligiga ega, chunki bo`yoqning
perodan chiqishi
va uning ko`rishiga vaqt kerak bo`ladi. Bundan tashqari, suyuq bo`yoqli
yozuvchi uzellar bo`yoqni
uzatish kanalining tez-tez, shu jumladan,
qotib
qolgan bo`yoq zarralari bilan tiqilib qolishi sababli doimiy ravishda xizmat
ko`rsatish va tozalashni talab etadi. Qalamli grifellarni ishlatishda sifat
yomonroq, lekin chizish tezligi yuqori va asosiysi yozuvchi uzelga xizmat
ko`rsatish ancha oddiyroq va arzondir.
Do'stlaringiz bilan baham: