O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi toshkent viloyati kasb-hunar ta`limi boshqarmasi toshkent tumani qurilish va servis kasb-hunar kolle


O‘ QUV MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI



Download 2,22 Mb.
bet56/66
Sana22.06.2022
Hajmi2,22 Mb.
#691556
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66
Bog'liq
majmua tayyor

O‘ QUV MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI





Bosqichlar,
vaqt

Faoliyat

O’qituvchi

O’quvchilar



III bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish
(15 min)

1.1 O’quvchilarning davomati va darsga tayyorgarligi aniqlanadi.
1.2. Darsning mavzusi, rejasi maqsadi tushuntiriladi (1-ilova)
1.3. Guruhning darsga tayorgarlik darajasi tezkor- so’rov metodi yordamida aniqlanadi .

Tinglaydilar
Tinglaydilar , yozib oladilar
Savollarga ja-vob beradilar.



I I bosqich.
(55 min)

2.1.Uyga berilgan mavzuni savollar berish yo’li bilan so’rab baholaydi.





Yangi mavzuni bayon etadi. Gaz taqsimlash mexanizmining vaziyfasiva ishlashini o’quvchilarga yetkazish.


Tayanch so’z va iboralar bilan ishlanadi.




2.2.Aqliy hujum metodi orqali o’quvchilar faollashtiriladi.
2.Kl 2.3. BBB jadvalini to’ldirish orqali o’quvchilar bilimi mustahkamlanadi.

Tinglaydilar, yozib
Oladilar.


Tinglaydilar kuzatadilar, yozib oladilar
BBB jadvalini to’ldiradilar







III Yakuniy
bosqich
(10 min)

3.1.Faol o’quvchilarni baholash mezonlari orqali rag’batlantiradi.

Eshitadilar

3.2. O’tilgan mavzu bo’yicha talabalarga topshiriq beriladi.

Eshitadilar
Yozib
oladilar

Avtomobil tuzilishi fan o’qituvchisi: Sultanov A. ____________


17-mavzu: Gaz taqsimlash mexanizmining vaziyfasiva ishlashi..
Reja:

1.GTMnig ishlatilib bo’lgan gazlarni atmasferaga chiqarishi.


2.GTMning ishlash usuli.
3.Gaz taqsimlash mexanizmining dvigatelda qo'llanilishining zarurati va uning vazifasi o'rganish

Krivoship-shatunli mexanizm porshenning ilgarilama-qaytma xarakatini tirsakli valning aylanma xarakatiga o'zgartirib beradi.


Krivoship-shatunli mexanizm quyidagi detallardan tashkil topgan:
Silindrlar bloki, silindrlar blokining golovkasi, silindr gilzalari, porshen va porshen xalqalari, porshen barmoqlari, shatunlar, tirsakli val va uning podshipniklari (vkladishlari), maxovik va dvigatel karteri.
Gaz taqsimlash mexanizmi klapanlarni ochish va yopish bilan silindrlarga o'z vaqtida yonuvchi aralashmani (karburatorli, gazli, injektorli dvigatellarda) yoki xavoni (dizellarda) kiritish hamda ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Shuningdek gaz taqsimlash mexanizmi silindrlarni yonuvchi aralashma yoki xavo bilan ko'proq to'ldirilishini va ishlatilgan gazlardan yaxshiroq tozalanishini ham ta'minlaydi.
Avtomobil dvigatellarida asosan klapanli gaz taqsimlash mexanizm o'rnatiladi. Klapanlarning joylashuviga qarab gaz taqsimlash mexanizmlari pastda joylashgan klapanli yoki yuqorida joylashgan klapanlilarga bo'linadi.
To'rt taktli dvigatellarning ish sikli davomida uning tirsakli vali ikki marta aylanganda har bir klapan bir martadan ochilishi kerak bo'ladi. Shuning uchun tirsakli val ikki marta aylanganda dvigatelning taqsimlash vali bir marta aylanishi lozim. Taqsimlash valini tirsakli valga nisbatan ikki marta sekin aylanishini ta'minlash uchun ularning yuritmasidagi uzatish soni 2:1 qilinadi.
Hozirgi zamon avtomobil dvigatellarida konstruksiyasi nisbatan murakkab bo'lishiga qaramasdan klapanlari yuqorida, silindrlar blokining golovkasida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmlaridan foydalanilmoqda. Chunki bunday mexanizmlarda silindrning yonish kamerasi ixcham, siqish darajasi va silindrning yonuvchi aralashma bilan to'ldirilishi yuqori bo'ladi. Bu esa o'z navbatida dvigatelning quvvatini va yonilg'i tejamligini taxminan 10 % ga oshiradi. Bunday gaz taqsimlash mexanizmi quyidagi detallardan tashkil topadi (1-rasm): taksimlash vali shesternya yoki tishli shkiv bilan, turtkilar, shtangalar, koromislolar, koromislo o'ki, klapanlar, maxkamlovchi detallari, klapan prujinalari, yo'naltiruvchi vtulka va boshqalar.
Dvigatel ishlayotganda, ish jarayonni normal bajarilishi uchun klapan sterjeni bilan koromisloning uchi oraligida kerakli issiqlik tirkishi (zazor) qoldiriladi. Issiqlik tirqishi turli dvigatellarda turlicha bo'lib 0,15…0,30 mm. oraligida bo'ladi. Issiqlik tirqishi bo'lishining sababi klapanlarning qizishi natijasida uning sterjeni uzayadi. Shunda, agar tirqish bo'lmasa, klapan sterjen koromisloga tiralib qolib yuqoriga emas pastga chuziladi. Natijada klapanning kallagi o'z o'rindig'i (sedlo) ga jips o'rnashmaydi. Bu hol ish jarayonni (siqish yoki ish yo'li taktlari) buzilishiga olib keladi.
Ayrim, hozirgi zamon avtomobil dvigatellarida gaz taqsimlash mexanizmida «gidrokompensator» tuzilmasi qo'llash bilan klapanlar, tirqishsiz qilib o'rnatilmokda. Bunday konstruksiyani qo'llash gaz taqsimlash mexanizmining shovqinsiz ishlashini ta'minlaydi. Shuningdek tirqishni rostlash bilan bog'lik bo'lgan ortiqcha ishlardan xoli etadi. Gidrokompensatorni turlicha joylashtirish usullari rasmda keltirilgan. (2-rasm).
Yangi rusumli S2 Neksiya avtomobilining dvigatelida (har silindrda to'rtadan klapan) gidrokompensator turktkich ichida joylashtirilgan. (3-rasm). Gidrokompensator dvigatelning moylash tizimi bilan bog'langan.
Tirqish kompensatori quyidagicha ishlaydi: klapanning yopiq xolatida turtkich 5 plunjer prujinasi 6 ta'sirida taqsimlash valining mushtchasiga, gilza 3 esa klapan sterjnining 8 uchiga tiralib turadi. A va B bo'shliqlarida moy bosimi bir xil bo'lib, teskari klapan 4 o'z o'rindig'iga prujinasi 9 bilan qisilgan. Taqsimlash valining mushtchasi turtkichni 5 pastga surganda, u plunjerga 2 ta'sir etadi. Plujerni gilza ichida pastga surilishi B bo'shlig'ida moy bosimini ortishiga olib keladi. Yuqori bosim ta'sirida moy gilza bilan plunjer oraligida radial tirqishdan turtkich bo'shlig'iga oz mikdorda sizib o'tadi. Ishlash davomida mushtchani klapanga ta'sir etish vaqti juda qisqa bo'lgani uchun, qisman moyni V bo'shlig'iga sizib o'tishi, amalda turtkich bilan gilzani birgalikda, bir yaxlit bo'lib, ishlashiga ya'ni klapanni o'z vaqtida ochilishiga ta'sir ko'rsatmaydi. Demak, klapan qizib sterjanning uzayishi moyni B bo'shlig'idan V bo'shlig'iga sizib o'tishi xisobiga bo'ladi.
Klapanni yopilgan fazasida B bo'shlig'idagi bosim A bo'shlig'idagiga nibatan pasayadi. Shunda bosimni pasayishini tizimdan kelayotgan moy xisobiga yo'qotiladi. Ya'ni A bo'shlig'idan B bo'shlig'iga bosimning farqi ta'sirida teskari klapan ochilib moyning kami to'ldiriladi. Natijada klapan yuritmasida doimo tirqishsiz (bezzazornoye sopryajeniye) xolat ta'minlanadi.

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish