O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
TOSHKENT VILOYATI KASB-HUNAR TA`LIMI BOSHQARMASI
TOSHKENT TUMANI QURILISH VA SERVIS KASB-HUNAR KOLLEJI
|
|
“TASDIQLAYMAN”
Toshkent tumani qurilish va servis kasb-hunar kolleji direktori O.A.Karimov____________
“____”__________2018y
|
Fanidan
O’QUV USLUBIY MAJMUA
O’quv uslubiy majmua Toshkent tumani Qurilish va sevis kasb-hunar kolleji pedogogik kengashining 2018 yildagi 30 avgustdagi 1-sonli yigilishida o’quv jarayoniga qo’llashga tavsiya etildi.
O’quv uslubiy majmua Kasbiy fanlar kafedrasining 2018 yil 29 avgustdagi 1-sonli yigilishida muhokama etildi va ma’qullandi.
Kafedra mudiri: ______________ Karimova F.
O’qituvchi: ______________ Sultanov A.
Toshkent-2018-2019 o’quv yili
Mavzu: Kirish Avtomobil haqida umumiy ma’lumotlar.
Ma'lumki, avtomobil hozirgi xalq xo'jaligining hamma sohalarida keng ekspluatatsiya qilinmoqda. Chunki avtomobil transporti yuqori monyovrchanlikka ega bo'lganligi sababli turli yo'llarda yurish va turli ish sharoitlariga moslana olish hususiyatiga ega. Hozirgi kunda xom ashyo va tayyor mahsulotlarni tashish, ochiq usulda ko'mir va ruda qazib chiqarish, industrial usulda uy joy binolari va sanoat korxonalari qurish, qishloq xo'jaligiga zarur yuklar, o'g'it va turli materiallarni tashish, keng iste'mol mollarini bevosita iste'molchilarga o'z vaqtida yetkazib berish va boshqa maqsadlarda avtomobillardan foydalaniladi.
Avtomobil transportining ro'li qishloq xo'jalik mahsulotlarini tashishda ham ortib bormoqda. Yuk avtomobillaridan tashqari passajir avtomobillarining ham mamlakatimiz aholisining kundalik tumushida ahamiyati katta.
Harakatlanuvchi transport mashinalarining rivojlanishga 1766 yilli mexanik I.Polzunov yaratgan bug' mashinasi katta o'zgarish kiritdi. Keyinchalik bug' mashinasi yordamida relssiz yo'llarda yo'lovchi va yuk tashishga mo'ljallangan bug' aravasi yaratilgan lekin bug' aravalari vazmin va qo'pol bo'lganligi sababli relssiz yo'llarga moslasha olmadi. Keyinchalik bunday bug' aravalari relsli yo'lga qo'yilgach, temir yo'l transporti vujudga keldi va tez suratlar bilan rivojlandi.
Porshenli ichki yonuv dvigateli yaratilgandan keyingina avtomobilsozlik rivojlana boshladi. Avtomobillarga benzin va kerosin bilan ishlaydigan dvigatellar o'rnatish sohasida turli mamlakatlarning ko'pgina ixtirochilari ish olib bordilar. 1880 yilda O.S.Kastovich benzin bilan ishlaydigan porshenli ichki yonuv dvigatelini qurdi 1898 yilda Peterburg texnologiya institutining professori G.P.Depp og'ir suyuq yonilg'ida ishlaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratdi. Bu dvigatelda suyuq yonilg'i siqish natijasida alanga olib, porshenni harakatga keltiradi. 1892 yilda avtomobil o'rtacha tezligi 24 km/soatdan oshmagan bo'lsa, 1895 yilda bu tezlik 69km/soatga yetdi. 1908 yilda avtomobillar Rigadagi Rus-Baltika zavodida chiqarila boshladi, ammo 8 yil ichida 450 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi.
Sobiq Ittifoq davrida Avtomobil sanoatining yangi rivojlanish davri Ulug' Vatan urushidan so'ng boshlandi. 1946-1955 yillar davrida Minsk, Kutaisi yuk avtomobil zavodlari va Lvov, Pavlov avtobus zavodlari qurildi. 1959-1965 yillarda Belorussiya, Kremenchuk, Mogiloyov, Yerevan yuk avtomobil zavodlari va Likin avtobus hamda Zaporojes yengil avtomobil zavodlari ishga tushurildi. 1970 yillarga kelib, Talyatti shahrida yiliga 660 ming yengil avtomobil chiqarishga mo'ljallangan Volga avtomobil zavodi (VAZ) qurildi. 1975-1976 yillarda Kama avtomobil zavodi ishga tushirilib, uch o'qli sakkiz tonnali dizel avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi. Kelgusi yillarda bu zavodni ikkinchi navbatdagi qurilishi bitkazilib, yiliga 150 ming dona KaMAZ markali og'ir yuk avtomobillari ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yildi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko'rinib turibdiki, O'zbekiston uchun avtomobil sohasini mukammal biladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Buning uchun kollejlarning barcha o'quvchilari boshqa fanlar bilan bir qatorda “Avtomobil transporti xarakatlanuvchi tarkibi” fanini ham chuqur o'rganishlari zarur. Chunki u jamiyatning bazasini, ishlab chiqarishni zamonaviy tashkil etishni, jumladan avtomobillarni sir-asrorlarini va tub mohiyatlarini ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |