I-BOB Brutselyoz qo`zg`atuvchisining biomorfalogik tuzilishi.
Brutsellalar mayda, tayoqchasimon, uzunligi 0,6-2,5 mkm, tuxumsimon, kokksimon, diametri 0,6-1,5 mkm bo'lib, alohida, juft-juft; yoki guruh-guruh joylashadi. Qo‘y-ehki va qoramollarda kasallik qo`z:g`atuvchisi brutsellalar, asosan, kokksimon, cho'chqalarda esa tayoqchasimon shaklga ega bo'Iadi. Brutsellyoz qo‘zg 'atuvchilari polimorf, shuning uchun ular morfologiyasi fizik, kimyoviy va biologik omillar ta`sirida o'zgaradi. Brutsellalar sporasiz, xivchinsiz, shu sababli harakatlanmaydi va kapsula hosil qilmaydi, ammo ayrim shtammlari ma`lum sharoitlarda nozik kapsulada bo`Iadi.
Ular barcha anilin bo'yoqlari bilan yaxshi bo'yaladi. Gram usuli bilan esa, manfiy bo'yaladi (64-rasm). Nukleoiddagi DNKda G+S 56-58% ni tashkil etadi. Kokklar (lot. soccus – don, sharsimon mikroorganizm). Sharsimon shakllar doirasimon, ellipissimon, burchoqsimon, lansetsimon. Joylanishiga, bo‘linishiga va biologik xususiyatiga qarab: mikrokokklar, diplokokklar, streptokokklar, tetrakokklar, sarsinalar, stafilakokklarga bo‘linadi. Mikrokokklar (lot. micrococcus) – yakka, juft yoki tartibsiz joylashgan xujayralardan iborat. Ular havo, suvda saprofit tarzda hayot kechiradigan mikroorganizmlar. (Masalan, M. roseus va boshqalar). Diplokokklar (lot. diplococcus - qo‘shaloq) bitta tekslikda bo‘linib, juft kokklarni xosil etadi. Diplokokklarga minigokokk – meningitningqo‘zg‘atuvchisi, gonokokk – gonareyani qo‘zg‘atuvchilari kiradi.
1.1 Brutselyoz qo‘zg‘atuvchisining morfalogiyasi va biologik xossalari.
Br. melitensis, Br. abortus, Br. suis biovarlarga bo'linadi. Morfologiyasi. Brutsellalar mayda, tayoqchasimon, uzunligi 0,6-2,5 mkm, tuxumsimon, kokksimon, diametri 0,6-1,5 mkm bo'lib, alohida, juftjuft; yoki guruh-guruh joylashadi. Qo‘y-echki va qoramollarda kasallik qo`zg`atuvchisi brutsellalar, asosan, kokksimon, cho'chqalarda esa tayoqchasimon shaklga ega bo'Iadi. Brutsellyoz qo‘zg 'atuvchilari polimorf, shuning uchun ular morfologiyasi fizik, kimyoviy va biologik omillar ta`sirida o'zgaradi.Brutsellalar sporasiz, xivchinsiz, shu sababli harakatlanmaydi va kapsula hosil qilmaydi, ammo ayrim shtammlari ma`lum sharoitlarda nozik kapsulada bo`Iadi. Ular barcha anilin bo'yoqlari bilan yaxshi bo'yaladi.
Gram usuli bilan esa, manfiy bo'yaladi. Nukleoiddagi DNKda G+S 56-58% ni tashkil etadi. 0‘sishi. Brutsellalar - qat`iy aerob. Juda sekin (3-10 kunda, ayrim hollarda 15 kunda, asosan, 30 kunda) o'sadi. Oziq muhitlarga talabchan 37°C temperaturada va pH 6,8-7,4 bo'lgan oziq muhitlarda, shuningdek, vitaminlar qo'shilgan oddiy oziq muhitlarda, jigarli agar va , zardobglyukozali agar, zardobli kartoshka suvidagi agar, qonli agar, triptozazardobli agar, 5% li glitserin qo'shilgan muhitlarda yaxshi o'sadi. Jigarli agarda yumaloq, rangsiz, silliq, burtgan, S ko`rinishidagi koloniyalar, jigarli bulonda esa bir xil quyqa, cho'kmalar hosil qiladi. Ularni 10- 12 kunlik tovuq embrionining sariq xaltachasida ham o'stirish mumkin. Br.abortusning birinchi generatsiyasi 5-10% CO2 bo'lgan sharoitda yaxshi o‘sadi chunki u o 'stiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Brutsellalarning sof kulturasini ajratib olish uchun elektiv oziq muhitga ma`lum bo'yoqlar, antibiotiklar, jumladan, polimiksin-B qo'shiIadi. Brutsellalarda dissotsiatsiya natijasida koloniyalar S-shakldan R -shaklga o'tishi mumkin.
L-shakldagilarham borligi aniqlangan. Brutsellalar oziq muhitlarda uzoq muddat saqlansa, ularning virulentlik xususiyati kamayadi, Vi- antigen esa yo'qoladi. Fermentativ xususiyati. Brutsellalar qandlar va oqsillarni parchalay olmaydi, jelatinani suyultirmaydi.
Ayrim turlari vodorod sulfid hosil qiladi, mochevina va asparaginlarni parchalaydi, nitratlarni nitritlargacha qaytaradi. Oqsil pepton, aminokislotala ammiak va vodorod sulfid hosil qilib gidrolizlaydi.Toksin hosil qilishi. Brutsellalar endotoksin hosil qiladi, u bakteriya hujayralarining parchalanishi natijasida ajralib, allergenlik xususiyatiga ega, shu sababli teri-allergik sinamasini qo'yishda foydalanish mumkin. Antigen tuzilishi. Kastellani (1932-y.) serologik usullar bilan brutsellalarning antigen tuzilishini chuqur tekshirib, ularning barcha turlarida A, M, G va R antigenlar borligini va bu antigenlar brutsellalar tarkibida turli nisbatda bo‘lishini aniqladi. Qoramol brutsellalarida Antigen, qo`y-echkilar brutsellasida esa M -antigen ko‘p bo‘ladi. Bu antigenlar brutsella hujayrasining yuzasida joylashgan. Brutsellaning har bir turida maxsus va umumiy antigenlar mavjud. A-antigen Br.abortus, M-antigen Br.melitensis uchun maxsusdir. G-antigen Brucella urug'i uchun umumiy antigen hisoblanadi. R -antigen esa R -shaklidagi brutsellaning barcha turlarida bo‘ladi. Brutsellalar tulyaremiya va vabo vibrionlari bilan umumiy antigenlariga ega. Brutsellalarning ichak guruhidagi bakteriyalarga o'xshash haroratga chidamli O-antigen va haroratga chidamsiz, yuza joylashgan, virulent Vi-antigenlari ham mavjud. Chidamliligi. Brutsellalar tashqi muhitda ancha vaqt saqlanishi mumkin. Ular past temperaturada 4 oy saqlanadi. Suvda 90 kun, sutda 10-1 6 kun, tuproq, siydik, go'ng, xashak, yemlarda 4-5 oy, moy, pishloq, qo'y terisi va yungida 4 oygacha, go'shtda esa 20 kun yashaydi. Yuqori temperatura va dezinfeksion moddalar ta `siriga chidam siz. 60°C qizdirilganda 30 daqiqada, qaynatilganda esa bir necha soniyada, 2% li fenol eritmasi, 1 % li kreolin. 1-5% li xlorli ohak, 0,5% li lizol, 0,2% li formalin, 0,2-1 % li xloramin ta`sirida tezda o'ladi. Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Brutsellyoz bilan qo'y, echki, qoramollar, cho'chqa, shimol bug‘usi, ot va it hamda qator kemiruvchilar (kalamush, sichqon va boshqalar) kasallanadi. U umurtqali hayvonlarning 60 dan ortiq turiga yuqishi mumkin. Kasal bo‘g‘oz hayvon bola tashlaydi yoki o'lik bola tug'adi. Hayvonlarning chiqindilari (siydigi, najasi, homila suyuqligi, qin ajralmasi), ayniqsa, echki va qo'ylarning sut mahsulotlari juda yuqumli hisoblanadi. Dengiz cho'chqachasi juda qulay tajriba hayvoni, ularga brutsulla yuqtirilganda 3 oy davomida kasallanadi va suyak-bo'g'im , tog‘ay hamda ko'zlarining qattiq jarohatlanishi oqibatida o'ladi. Kosallikning odamlardagi patogenezi. Brutsellyoz odamlarga kasal mollarning xom suti va sut mahsulotlari (pishloq, moy, tvorog, brinza), shuningdek, chala qovurilgan yoki chala pishirilgan go‘sht iste`mol qilinganda yoki ular bilan bevosita muloqotda bo‘lganda yuqadi. Mikrob organizmga, aloqa va havo-tomchi yo‘llari orqali tushadi. Bu kasbga xos kasallik bo‘lganligi uchun, asosan, veterinar, zootexnik, cho`pon, sut, mol fermalari, qushxona, pishloq tayyorlovchi korxonalar xizmatchilari, shuningdek, yung, teri qabul qiluvchilar kasallanadi. Brutsellyoz faslga bog‘liq bo‘lib, qishloq joylarda, asosan, qo‘zilatish davri, ya`ni mart-may oylarida ko`p uchraydi. Shahar sharoitida esa yil davomida uchrashi mumkin.Kasallikning yashirin davri 1-3 hafta, ba`zan bir necha oy bo‘lishi mumkin. Organizmga tushgan brutsellalar limfa tugunlarida, retikul-endotelial sistemada joylashadi, shu yerda ko'payadi va limfa yo‘llari orqali qonga o‘tadi, natijada uzoq davom etadigan bakteriyemiya holati kuzatiladi.
Qon orqali brutsellalar taloq, ko'mik, limfa tugunlariga tushib ko'payadi.Odam va hayvonlarda kasallikning birinchi kunlaridanoq sekin rivojlanadigan o`ta sezgirlik,ya`ni allergiya holati rivojlanadi, bu holat kasallik davomida va bemor sog'aygandan keyin ham uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi.Brutsellyoz o‘tkir septik va surunkali kasallik bo‘lib , ko‘pincha odamlarda klinik belgilari xilma-xil tarzda surunkali kechadi. Kasallikning dastlabki davrida bemoming harorati asta-sekin ko'tarilib, 1-2 haftada 40°C gacha yetadi, so'ng pasayaboshlaydi, 4—14 kundan keyin yana qaytalaydi. Bunday holat bir necha bor takrorlanishi mumkin. Isitma chiqqanda bemorning eti uvishib qaltiraydi, darmoni quriydi, isitma pasayganda g'araq-g'araq terlaydi, badaniga turli toshmalar toshadi. Brutsellyoz surunkali kechganida jinsiy bezlar zararlanadi, natijada orxit, epididimit, ayollarda esa ofarit, mastit rivojlanishi mumkin.
Ayrim hollarda infeksiya oqibatida erkak va ayollarda bepushtlik, bola tashlashlar kuzatiladi.Brutsellalar hujayra ichiga kirib yashaganligi sababli dori kor qilmaydi, ular vaqti-vaqti bilan ko‘payib qaytadan qonga tushadi, kasallik yangilanadi, shuning uchun brutsellyoz uzoq davom etadi va (qaytalanish) beradi. Kasallikning yengil, simptomsiz shakllarini aniqlash birmuncha qiyin, shuning uchun bu infeksiyaga faqat laboratoriya tekshiruvlari yordamida tashxis qo'yiladi. Odamlardagi brutsellyozning ko'p klinik belgilari bezgak, sil, revmatizm, qorin tifi va toshmali tif, Ku-isitmasi belgilariga o'xshab ketadi shuning uchun differensial diagnostika muhim ahamiyatga ega.
Brutsellyozdan sog'aygan kishilarda steril konesterial immunitet hosil bo'Iadi; hujayraviy va gumoral immunitetlar kishilarning infeksiyaga chidamliligini ta`minlaydi. Immunitet asosida makrofag va T-limfotsitlar faolligi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, fagositoz va allergik holat brutsellalarning organizmda tarqalishiga qarshilik qiladi.Gumaral omillar (agglutinin, komplementni biriktiruvchi antitelolar) brutsellalarni tezda biriktirib oladi va organizmni mikrobdan tozalaydi, bemorning sog`ayishi davrida paydo bo'ladigan bakteriofaglar ham shunday vazifani o'taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |