O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti



Download 5,75 Mb.
bet19/114
Sana01.04.2022
Hajmi5,75 Mb.
#523180
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114
Bog'liq
MAJMUA Ixtisoslikka kirish KT Elektrokimyo 2021-2022

Nazorat uchun savollar:

  1. Oksidlanish - qaytarilish potentsialini tushuntiring.

  2. Amalgama elektrodlar nima?

  3. Standart elеktrоdlаrgamisollarkeltiring



8-MA’RUZA
Mavzu: Galvanik elementlar nazariyasi
Reja:
1. Kimyoviy galvanik elementlar
2. Konsentratsion elementlar
3. Amalgamali element
Kimyoviy galvanik elementlar. Kimyoviy galvanik elementlarda elektr yurituvchi kuch (elektr energiya) kimyoviy reaksiya energiyasi hisobiga hosil bo’ladi. Bu xil elementlarga Daniel - Yakobi elementi misol bula oladi.
Daniel - Yakobi elementi mis va rux elektrodlaridan tuziladi. Mis elektrod Cu2+ ioni bor eritmaga (masalan, CuSO4 eritmasiga) tushiriladi. Eritmalar chegarasida hosil bo’ladigan diffuzion potentsialni yo’qotish uchun, ular orasiga KCl eritmasidan iborat “ko’prik” qo’shiladi.
Mis elektrod mis ko’porosi eritmasiga tushirilganda, mis bilan mis ko’porosi eritmasi chegarasida potentsial hosil bo’ladi. Xuddi shuningdek, rux bilan rux ko’porosi eritmasi chegarasida ham potentsial hosil bo’ladi. Agar elektrodlar bir - biri bilan tutashtirilmasa, elektrodlarda muvozanat holatidagi potentsiallar hosil bo’lishi bilan jarayon nihoyasiga yetadi.
Agar elektrodlar elektr oqimini o‘tkazuvchi material (masalan, mis sim) bilan tutashtirilsa va bu simga elektrning mavjudligini bildiruvchi biror asbob (masalan, galvanometr) ulansa, bu asbob sim orqali elektr oqimi o’tayotganligini ko’rsatadi.
Elektrodlar sim orqali tutashtirilganida quyidagi o’zgarishlar ro’y beradi. Elektrodlarda hosil bo’lgan potentsiallarning qiymati har xil bo’lganligidan, ular baravarlashishga intiladi.
Rux elektrodning potentsiali mis elektrodning potentsialiga nisbatan manfiyroq. Bu potentsiallar baravarlashishi uchun rux elektrodning potentsiali musbatlashishi, mis elektrodning potentsiali manfiylashishi kerak, natijada elektronlar rux elektroddan mis elektrodga sim orqali o’ta boshlaydi.
Shunday qilib, elektrodlar tutashtirilgan simda elektronlar tutashishining oqimi, ya’ni elektr oqimi paydo bo’ladi.
Elektronlarning rux elektroddan mis elektrodga o’tishi natijasida elektrodlarga elektr quvvatining muvozanati buziladi. Natijada mis elektrod manfiylashadi, rux elektrod esa musbatlashadi. O’z navbatida elektrodlarda buzilgan muvozanat tiklanishiga intiladi. Mis elektrodda buzilgan muvozanatni tiklash uchun yangi Cu2+ ionlari eritmadan mis elektrodga o’tib kelayotgan elektronlarni neytrallaydi.
Cu2 + + 2e→Cu
ya’ni mis cho’kadi, rux elektrodda esa aksincha bo’ladi. Elektroddan eritmaga ketayotgan elektrodlarning o’rnini qoplash uchun yangi Zn2+ ionlari eritmaga o’tib, elektrodda yangi elektronlarni qoldiradi.
Zn→Zn2+ + 2e
Shunday qilib, element ishlagan vaqtda mis elektrodda qaytarilish, rux elektrodda esa oksidlanish jarayoni boradi, ya’ni rux elektrokimyoviy eriydi. Moddalarning erituvchiga ion holida utib erishga elektrokimyoviy erish deb ataladi.
Masalan, AgCl suvda AgCl holida emas, balki Ag+ va Cl- ion holida eriydi. Elektrodda rux metali Zn0 holida emas, balki rux ioni Zn2+ ga o’tgan holda eriydi.
Har qanday galvanik elementlarning bir elektrodida oksidlanish, ikkinchi elektrodida qaytarilish jarayoni boradi. Qaytarilish jarayoni borgan elektrod musbat qutb, oksidlanish jarayoni borgan elektrod esa manfiy qutb hisoblanadi.
Agar galvanik element faqat elektr musbat (yoki elektr manfiy) elektrodlardan tuzilgan bo’lsa, elektr musbatligi kuchliroq elektrod musbat, elektr musbatligi kuchsizroq elektrod esa manfiy qutbli bo’ladi.
Demak, kuchlanishlar qatorida yuqoridagi turgan metall manfiy va pastda turgan metall musbat qutbli bo’ladi. Masalan, rux va nikel tuzilgan galvanik elementda sodir bo’layotgan, kimyoviy reaksiya tenglamasi hosil bo’ladi.
Cu+2 + 2e=Cu va Zn=Zn2+ + 2e umumiy holda Cu2+ + Zn=Cu + Zn2+
Demak, Daniel - Yakobi elementida elektr yurituvchi kuch quyidagi reaksiyaning energiyasi hisobiga hosil bo’ladi.
Cu2+ + Zn = Cu + Zn2+
Bu ionli reaksiya quyidagi molekulyar reaksiyaga muofiq keladi.
CuSO4 + Zn = Cu + ZnSO4
Bu reaksiyani probirkada ham o‘tkazish mumkin. Lekin bunda elektr oqimi hosil bo’lmaydi. Chunki probirkada reaksiya o‘tkazilganda oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari bir joyda boradi va elektronlar qaytaruvchidan oksidlovchiga bevosita o’tadi. Galvanik elementda esa oksidlanish qaytarilish reaksiyalari ikki joyda boradi va elektronlar qaytaruvchidan oksidlovchiga ularni tutashtiruvchi sim orqali o’tadi.
Shunday qilib, hamma oksidlanish qaytarilish reaksiyalari ma’lum sharoitda o‘tkazilganda (galvanik elementda) elektr oqimi hosil bo’ladi.
Galvanik elementning elektr yurituvchi kuchini ikki usul bilan 1-elementda borayotgan kimyoviy reaksiya (8) tenglamani tadbiq etish va 2-elektrodlarning potentsiallari asosida (9) tenglamadan foydalanish yo’li bilan hisoblash mumkin.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish