170
etiladi. Bunday holatlarda isteʻmolchining oʻzi OS va ishlab chiqish vazifalari
uchun zarur boʻlgan dasturlarni, ilovalarni oʻrnatishi va sozlashi zarur xisoblanadi.
Iaas konsepsiyasi istemolchi faqatgina aniq vazifalarni bajarish uchun shu
hisoblash kuchini sotib olish imkoniyatini beradi. IaaS ni qoʻshimcha xizmatlari
tarkibiga har bir isteʻmolchining fizik uskunalariga bulut platformasi orqali
ulanishni va uni maʻlumotlar markazi tarmogʻiga joylashtiradi.
Xizmat sifatida infratuzilma – bu keng
qamrovdagi korxonalar uchun
korparativ yyechim. Infratuzilma maʻlumotlarga ishlov berish markazida, xam va
tashqi maʻlumotlar markazida joylashtirilgan boʻlishi mumkin. IaaS xizmati
hususiy, ijtimoiy, gibrid bulutlarni yaratish, va himoya etish uchun
tashkillashtirilgan. Provayder gibrid bulut konfiguratsiyasni
qurishni taminlashda
buyurmachining offisi bilan bulutli tarmoq platformasiga lokal tarmoqni
birlashtiradi. Bundan tashqari, IaaS bulutli hisoblash xizmatlariga bulutli hosting
xam kiradi. Bulutli hosting – bu hosting resurslarni dinamik ajratadi, resurslarni
avtomatik mashtablashtiradi va yuqori barqarorlikni rad etadi.
Bulutli hosting
vitual hostinga, virtual serverdagi VPS/VDS hostinga va ajratilgan serverdagi fizik
hostinga alternativ hisoblanadi.
Bulutli hosting provayderi, sayt egalariga faqatgina zarur sayt resurslari:
virtual serverlar, operativ xotira soni va qattiq disk xajmi, hosting infratuzilmani
boshqarishdagi imkoniyatlar (misol uchun, tanlash imkoniyatlari, operatsion tizim,
RAM lar soni,
HDD hajmi va turi, CPU yadro soni, taktlash chastotasi va kirish
tezligi).
Bulutli hosting ijarasini toʻlash resurslarni sarflanganligi va faktlar asosida
amalga oshiriladi: protsessor vaqtlari soni, disklar soni,
sarf qilingan operativ
xotira soni va saytlarni ochish tezligi. Shu bilan birga bulutli hosting ijarachisi
(sayt egasi) hosting resurslarini oʻzgartirishi va bosim kuchi oshganda resurslarni
xam avtomatik tarizda koʻtarilishini sozlash qoʻyishi mumkin. Shunga qaramasdan
istemolchilar faqatgina oʻzlari sarflagan resurslarga toʻlaydilar. Bulutli hosting
barqarorlikni rad etganda undagi joylashtirilgan sayt bir vaqtning oʻzida boshqa
virtual serverlarda ish faoliyati davom etadi ulardan birini rad etilishi sayda olib
171
borilayotgan ishga xalaqit bermaydi. Hozirgi vaqtga kelib hosterlar bulutli hosting
bilan tayyorlangan CMSni ijaraga berishni maʻqul koʻrmoqdalar. Hosting –
provayderlar, bulutli hostingni tashkilashtirishda, oʻz serverlarini infrasutruktura
sifatidagi platformaga CMS oʻrnatilgan Jelastiga almashtiradilar.
Funksional
platform Jelastik bir urinishda undagi joylashgan CMS va optimalashtirilgan
sahifani xam oʻrnatadi.
Jelastik oʻz ichiga PaaS funksionaligini va IaaS infrasutrukturasni tez
konfiguratsiya qilinganligini oʻzida aks etuvchi maxsulot hisoblanadi. Jelastic – bu
Java va PHP – ilovalarini ishga tushuruvchi platform hisoblanib, u nafaqat
hosterlar tomonidan bulutli hostinglar tashkil etishda,
balki korparatsiyalar muhit
(hususiy yoki gibrid bulutlarda) va veb-ilovalarni ishlab chiqishida ishlatilinadi.
Bulutli hostinglarda, bulutli saytlar – bu zamonaviy ilovalar hisoblanadi.
Bulutli saytlarda malumotlar, server ilovalari, bulutli MB da saqlanadi va hammasi
virtual bulutli serverlarda bajariladi, saytning klient qismi istemolchining
bravzerida bajariladi. Bulut hisoblash muhitida bulut masalalarni yaratishimiz
mumkin: Amazon EC2, IBM x86, Microsoft Azure, EMC, VMware larni open –
source bazalarida yyechimi topiladi. Qaysiki dinamik IT- muhitida maʻlumotlarga
ishlov berish markazi namoyon boʻladi. Bundan tashqari bulutli hisoblashda bulutli
maʻlumotlar bazasi qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: