10 ta eng yaxshi bepul hosting provayderlar



Download 329,5 Kb.
bet1/7
Sana28.02.2022
Hajmi329,5 Kb.
#475535
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hosting


10 ta eng yaxshi bepul hosting provayderlar



Zamonaviy sayt tayyorlash tijorati ijtimoiy tarmoqlar va bulut texnologiyasi sari jadal qadam tashlayotgan bo'lsa ham, bugungi kunda odatiy web saytlar hostinggiga bo'lgan talab yuqori darajada bo'lganicha qolmoqda. Chunki odatiy hosting xizmati foydalanuvchilaga saytlarini to'liq boshidan qurish imkoni bilan birga sayt quruvchisi (site builder), avto o'rnatgich (auto installer) va boshqa ko'plab qulay imkoniyatlarni ham taqdim etmoqda. Bu imkoniyatlar deyarli barcha hosting provayderlarda bor. Pulli hosting xizmatlari bilan bir qatorda bepul hosting provayderlarda ham talaygina qulay jihatlarni topishimiz mumkin.

Ushbu maqolada bugungi kunda eng yuqori sifat bilan ishlayotgan 10 ta bepul hosting provayderlari haqida yozmoqchiman. Ular xorijda joylashgan serverlar asosida xizmat ko'rsatganligi sababli bu hostinglardan foydalanganingizda saytingiz TAS-IX tizimida bo'lmasligini eslatib o'tmoqchiman. Shunga qaramasdan Hostinger.ru hostingining O'zbekiston uchun bunda keyin bepul xizmat ko'rsatmasligini hisobga olsak, biz uchun bepul hosting provayderlar haqida bilish foydadan holi bo'lmaydi.


Ro'yxatga o'tishdan avval quyida keltirilgan ro'yxatni tavsiflash uchun ishlatiladigan ba'zi iboralar xususida to'xtalamiz:


Reklamasiz bepul hosting – bu turdagi xizmatni taklif qiluvchi provayder bepul hostingni reklamasiz Sizga taqdim etadi. Odatda bepul hosting xizmatini ko'rsatuvchi provayderlar qayerdandir foyda ko'rish maqsadida o'zida joylashtirilgan saytlarga kamida bittadan majburiy reklama joylashtirishadi. Reklamasiz bepul hostingda esa shunday majburiy reklamalar joylashtirilmaydi.


Bepul domen hostingi – bu xizmat boshqa provayderda ro'yxatga olingan domenning serverda bepul joylashtirilishini anglatadi. Masalan, menda Azamat.uz domeni bor, uni butunlay boshqa provayder orqali ro'yxatdan o'tkazganman. Bepul domen hostingi bor hostda saytimni joylashtirishim va Azamat.uz domenimni shu sayt uchun asosiy domen sifatida tayinlashim mumkin. Ba'zi bepul hostinglar bu xizmatni taklif qilmaydi, yoki pulli xizmat sifatida taklif qilishadi.


Bepul subdomen hostingi – hosting tomonidan taklif etiladigan subdomenlar asosidagi bepul hosting. Bunda provayder hostingni bepul taqdim etadi va unga joylashtiriladigan saytlarning domeni o'zidagi biror asosiy domenning subdomeni bo'lishi kerakligini talab qiladi. Bu holatni Hostinger.ru hostida ko'rganmiz: saytimiz ularning serverida bepul joylanar edi, biz esa ismimiz.besaba.com yoki ismimiz.nginx.ro kabi bepul subdomenlardan foydalanishimiz kerak bo'lar edi.


Bepul PHP/MySQL hosting – o'zida PHP va MySQL ishlatishga ruxsat beradigan hosting provayderlar xizmati. Bu turdagi hostinglarda Siz dinamik saytlaringizni hech qanday qiyinchliksiz qurishingiz mumkin bo'ladi.


Endi bepul hosting provayderlari ro'yxatiga o'tishimiz ham mumkin. Ularni tasodifiy tartibda ro'yxatga kiritdim, shunday ekan ularning ro'yxatdagi o'rni hosting provayderning sifati yoki obro'sini belgilamaydi.


1. Biz.nf (PHP, MySQL, WordPress, Joomla, Bepul .co.nf subdomen, Reklamalar yo'q);


2. Free Hosting EU (Blog / Site builder, Reklamalar yo'q, Bepul .eu.pn subdomen);


3. Wix.com (Oson sayt quruvchisi: html5, Flash, mobile, blogs, va h.k);


4. WebSiteBuilder (Minglab shablonlar, Google/mobil qurilmabop);


5. Biz.ly (Sayt va blog quruvchisi, Fotoalbom, Bepul .biz.ly subdomen);


6. AwardSpace.net (PHP, MySQL, Email yuborish, Reklamalar yo'q, Bepul subdomen);


7. Jimdo.com (Vizual sayt quruvchisi, video qo'shish, rasm yuklash, online do'kon);


8. ByetHost.com (PHP, MySQL, PHPbb, SMF, Wiki, Bepul subdomen);


9. Webs.com (Oson sayt quruvchisi, blog, formalar, so'rovnomalar, Bepul subdomen);


10. Weebly.com (Shablonlar, Drag & Drop quruvchi, Oson Blog, eCommerce).


O'zbek xalqidagi «Arzonning sho'rvasi tatimas» maqoliga qarama-qarshi ravishda bepul hostinglar ancha mazali sifatni taqdim etishi mumkin. Ammo, pulli, kavolatlangan sifatga hech narsa teng kelmaydi.


Shu o'rinda bir yildan buyon o'zim ma'qul ko'rib kelayotgan mahalliy hosting provayderim – aHost.uz hostingini O'zbekiston provayderlaridan joy izlaganlar uchun tavsiya etmoqchiman. aHost O'zbekistonning «deyarli bepul» hostingi, desam mubolag'a bo'lmaydi. 120 ming so'm evaziga bir yillik TAS-IX hosting VA .uz domenini harid qilishingiz mumkin. Aytgancha, aHost nafaqat mening, balki Hosting-Obzor.uz saytida ko'rinib turganidek, millionlab o'zbekistonliklar tanlovi hamdir!


Bepul hosting provayderlar xizmatidan foydalanib loyihalar qurishni o'rganing, saytlarni rivojlantirish, ularni yuritish bo'yicha tajribangizni oshiring. Ammo jiddiy sayt va loyihalaringizni albatta pulli hostingda rivojlantirishingizni tavsiya etaman.


Manba: Azamat Xodjakov





Download 329,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish