O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Qattiq va aralash parda hosil qiluvchilar aralashmasi asosidagi



Download 0,64 Mb.
bet78/96
Sana10.02.2022
Hajmi0,64 Mb.
#440441
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   96
Bog'liq
Iroda Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Qattiq va aralash parda hosil qiluvchilar aralashmasi asosidagi
bo‘yoqlar. Qattiq parda hosil qiluvchilar asosidagi lok-bo‘yoq
materiallaridan keng foydalaniladi. Bunday materiallar jumlasiga
loklar, gruntovkalar, shpaklovkalar va emalli bo‘yoqlar kiradi. Bu
materiallarning assortimenti juda ham xilma-xildir. Shuning uchun
quyida avtomobillarni bo‘yashda ishlatiladigan gruntovkalar, shpaklovkalar
va emalli bo‘yoqlarning asosiy turlarigagina to‘xtalamiz.
Nitroemallar. Nitroemallarning asosiy parda hosil qiluvchisi
nitrosellulozadir (selluloza va azot kislotasining murakkab efiri).
Ular erituvchilarda eritilib nitroselluloza loki yoki, qisqacha, nitrolok
olinadi. Erituvchi sifatida ketonlar, efirlar, spirtlar, benzol va
ular hosilalarining aralashmalaridan foydalaniladi. Bunday ko‘p
komponentli erituvchilar sifatida 646, 647, 648 raqamli erituvchilari
ishlatiladi. Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi lok-bo‘yoq
materiallari. Moyli va emalli bo‘yoqlarning tarkibida faqat
bitta parda hosil qiluvchi bo‘yoqlar bo‘lsa, bo‘yoq xususiyatlari
bo‘yicha kamchilikka ega bo‘ladi. Shuning uchun lok-bo‘yoq materiallari
ishlab chiqarishda parda hosil qiluvchilarning aralashmalaridan
(modifikatorlardan) foydalaniladi. Yuqorida keltirilgan
alkidli smolalar juda keng tarqalgan modifikator hisoblanadi. Masalan,
qoplamaning adgezion xususiyatini, elastikligi va yaltiroqligini
oshirish uchun emallarga gliftalli smolalar qo‘shiladi. Bunday
modifikator asosida qurish tezligi bo‘yicha toza nitroemalga
xos, qoplamaning xususiyatlari bo‘yicha esa gliftalga xos bo‘lgan
nitrogliftalli emal olinadi
11. 6. Shpaklovka
Shpaklovkalar loklarga ko‘p miqdorda (parda hosil qiluvchi
modda massasiga nisbatan 40 foiz miqdorda) pigment va to‘ldirgich
(odatda, bo‘r) qo‘shib tayyorlanadi. Avtomobillarning tashqi
sirtlariga ishlov berish uchun pentaftalli (ПФ–002), poliefirli (ПЕ–0044), epoksidli (ЕП–0010) va boshqa shpaklovkalar ishlab chiqariladi 11. 7. Erituvchilar
Erituvchi sifatida butil va etil spirtlari, solvent, toluol, aseton,
ksilol, uayt-spirit (benzinning 165–200°C li bo‘lgan tor fraksiyasi)
va ularning aralashmalari ishlatiladi. Bulardan tashqari, parda hosil
qiluvchi modda turiga qarab, sanoatda chiqariladigan P–4, P–5,
№ 648, 646, 647, 651, РВД, PE–1, P–40 va boshqa suyuqliklardan
foydalanish mumkin. Bularning hammasi tarkibida turli miqdorda
etil, butil spirti, aseton, ksilol va boshqa moddalar bo‘lgan eritmalardir.
To‘liq ta’mirlashda yangi qoplama surtishdan oldin eski bo‘yoqni
ketkazish zarur. Buning uchun turli erituvchi va yuvish
suyuqliklaridan foydalaniladi. АТФ–1 suyuqligining ta’siri kuchli
bo‘lib bo‘yoqlarni 20 daqiqa ichida parchalaydi. Bu suyuqlikni ish
o‘rnining o‘zida tayyorlash mumkin. Buning uchun aseton, spirt,
toluol, skipidar kabi erituvchilar kerak bo‘ladi. Qaynoq suvda 30–
40°C gacha isitilgan suyuqliklardan foydalaniladi.
Zanglarni ketkazish uchun tarkibida kislotalar, organik to‘ldirgichlar
bo‘lgan ko‘pgina vositalar tavsiya etiladi. Sanoatda tarkibida
ortofosfor kislota, etil va butil spirtlar, gidroxinon bo‘lgan
1120 raqamli tarkib ishlab chiqariladi. Kislota zangni eritib, sirtda
fosfat pardasi hosil qiladi. Bu parda metallning yemirilishiga
to‘sqinlik qiladi. Tarkib cho‘tka yoki bo‘yoq purkagich bilan surtiladi
va 2–4 daqiqadan so‘ng yuvib tashlanadi. Shundan keyin ishlov
berilgan sirt quritiladi va kislota qoldiqlari 107 raqamli suyuqlik
(ammiak bilan etil spirtning suvdagi eritmasi) bilan neytrallanadi. 11. 8. Lok-bo‘yoq materiallarining sifatini

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish