emalning biriktiruvchanligi deyiladi. Boyoqning berkituvchanligini yo‘lli oyna plastinka yordamida
aniqlash. Bunda qalinligi 2–2,5 mm bo‘lgan, rangsiz oynadan
kesib olingan 100–300 mm o‘lchamli plastinkaning bir tomoniga
uzunligi 250 mm va eni 15 mm keladigan tasma shaklidagi uch yo‘l
bo‘yoq surtiladi. Plastinkaning ikkinchi chet tomoni qora, o‘rtasi
esa oq rangga bo‘yaladi. Plastinkaning ikkinchi tomoniga sinalayotgan
material cho‘tka bilan yupqa qilib surtiladi. Oq qog‘oz ustiga
qo‘yilgan plastinkaning sirti tasma shaklida, uch yo‘lli bo‘yoq
surtilgan ranglar ko‘rinmay qolgunicha bo‘yash davom ettiriladi.
Agar birinchi qatlam berilganidan so‘ng oq va qora yo‘llar ko‘rinsa,
u holda qatlam 5 daqiqa davomida quritiladi va ikkinchi qatlam
bo‘yoq beriladi va shunday yo‘l bilan bo‘yash oq va qora yo‘lli
ranglar ko‘rinmay qolgunicha davom ettiriladi. Shundan so‘ng
bo‘yalgan oyna plastinka 50–60°C haroratda 10 daqiqa davomida
quritiladi. Bo‘yashdan oldin va bo‘yalganidan keyin plastinka tortiladi
va uni berkitish uchun sarf bo‘lgan sinalayotgan bo‘yoqning
miqdori aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |