c)Rivojlantiruvchi: talabalar egallagan bilim,ko’nikma,malakalarni rivojlantirish
Darsdan kutilayotgan natijalar-mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
1.Mavzu yuzasidan tushunchalarga ega bo’ladilar
2.Mavzu yuzasidan beriladigan topshiriqlarni bajara oladilar
3.Olingan bilimlarni amalda qo’llay oladilar
Ta’lim metodlari : aqliy hujum, blits savollar, BBB
Baholash metodlari: Individual, guruh bo’lib
Axborot manbalari va texnik vositalar : TM MM, darslik, proektor,texnologik xarita, texnalogik model
Dars turi: nazariy, amaliy
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 80 daqiqa
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish
O’qituvchi:___________I.Boyjigitova
Nazariy (Amaliy) darsning texnologik xaritasi
T/N
|
Mashg’ulot
bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Mashg’ulot mazmuni
|
Ta’lim
metodlari
|
Ta’lim
vositalari
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5
|
Darsga tayyorgarlik ko’rish,
O’quvchilarni yo’qlama qilish, kerakli tarqatmalarni tarqatish
|
An’anaviy
|
Doska,
Bo’r
Tarqatma
materiallar
|
2
|
Kirish qismi
(Motivatsiya)
|
25
|
Mavzu va uning rejasi, mavzuni o’tishdan kutilayotgan natijalar bilan tanishtirish
|
Aqliy
hujum
|
Maruza
matni
|
3
|
Yangi mavzu
bayoni
|
30
|
Mashg’ulot mavzusining bayonini keltirish
|
Savol-
javob
|
Maruza
matni
|
4
|
Mustahkamlash
(Qo’llash)
|
15
|
Mavzu haqida topshiriqlarni
mustahkamlash
|
Savol-
javob
|
Maruza
matni
|
5
|
Yakuniy qism
|
5
|
Uyga vazifa berish.Baholarni e’lon qilish va izohlash
|
An’anaviy
|
Doska
Darslik
|
O’qituvchi:____________ I.Boyjigitova
XI BOB. LOK-BO‘YOQ MATERIALLARI VA ULAR
ASOSIDAGI QOPLAMLAR
11. 1. Lok-bo‘yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar
Lok-bo‘yoq qoplamalar metallarni korroziyalanishdan saqlabgina
qolmasdan, yog‘ochni chirish va namiqishdan asraydi, ularning
tashqi ko‘rinishini ko‘rkamlashtiradi. Avtomobillar, qishloq
xo‘jaligi mashinalari va turli texnologik uskunalarning 85 foizdan
ortiq qismi lok va bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Bundan tashqari,
bo‘yalgan buyumlar elektr izolatsiyalash va issiqdan saqlash xossalariga
ega bo‘ladi.
Lok-bo‘yoq materiallari detallarning yuzalarini yupqa qatlam
bilan qoplash uchun xizmat qiladi. Bu qatlam lok-bo‘yoq qatlami
deb yuritiladi. Lok-bo‘yoq qatlami ham boshqa turdagi metallmas
va metall qoplamalar kabi buyum hamda konstruksiyalarni tashqi
267
muhit ta’siridan asrash va ularga ko‘rkam ko‘rinish berish uchun
xizmat qiladi. Avtomobilsozlikda ulardan metallarni korroziyadan,
yog‘ochni chirishdan asrash hamda ularning tashqi ko‘rinishini
ko‘rkam qilish maqsadida foydalaniladi.
Hosil qilingan qatlamlar ularga qo‘yilgan talablarga javob berishi
va uzoq muddat ishlashi uchun quyidagi talablarga javob berishi:
– bo‘yaladigan sirt bilan mustahkam bog‘lanishi, ya’ni yuqori
adgeziya xususiyatiga ega bo‘lishi lozim;
– yetarli darajada yuqori mustahkamlik, qattiqlik va zarur elastiklikka
ega bo‘lishi kerak. Elastikligi yetishmagan hollarda mexanik
yoki harorat ta’sirida vujudga keladigan deformatsiyalanish
natijasida qoplamda yoriq va darzlar vujudga keladi;
– imkoniyat darajasida nam, suyuqlik va gaz bug‘lari, quyosh
nurini kam o‘tkazishi va ular ta’sirida o‘z xususiyatlarini yo‘qotmasligi
zarur. Qoplamning suv va uning bug‘i, havo va quyosh nuri
ta’siriga chidamliligi atmosfera ta’siriga chidamliligi deyiladi;
– qoplamga shikast yetkazilganida avtokorxona sharoitida oson
tiklanishi lozim;
– ommaviy tarzda foydalanish mumkinligi va arzon bo‘lishi
lozim.
Hozirgi paytda mavjud bo‘lgan lok-bo‘yoq materiallari yuqorida
sanab o‘tilgan talablarning barchasiga to‘la javob bermaydi. Shu va
boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik hollarda qoplam ko‘p qatlamli
qilib tayyorlanadi. Qoplamni hosil qilgan har bir qatlam bir yoki bir
nechta talabga javob berishi darkor. Gruntovkalar lok yoki emallarning yaxshi ilashishi uchun xizmat
qiladi, ular bo‘yaladigan sirt (metall, yog‘och) bilan lokbo‘
yoq qoplamalar o‘rtasida bog‘lovchi qatlam vazifasini o‘taydi.
Gruntovkalar lok-bo‘yoq qoplamida muhim vazifani bajaradi,
ya’ni pardaning qarshiligi yuqoriligi hisobiga metallni korroziyalanishdan
saqlaydi. Gruntovka – grunt tashkil topgan material, odatda,
kist, bo‘yoq sepuvchi moslama yoki botirish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Sirtni bo‘yashga tayyorlash va gruntovkalash o‘rtasidagi
vaqt juda qisqa bo‘lishi maqsadga muvofiq, chunki bu vaqtda sirtga
chang o‘tirishi, yoki sirt zanglashi mumkin. Grunt quritilganida
unchalik katta bo‘lmagan qalinlikka (15–20 mkm) ega bo‘ladi.
Gruntovka qilingan sirtdagi sidirilgan chiziqlar, hosil bo‘lgan
pachoqlar to‘la saqlanadi. Detallarni tayyorlashda ular sirtida
chiziqlar va turli notekisliklar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim,
mavjudlari esa mexanik ishlov berish yo‘li bilan bartaraf etiladi. Plyonka hosil qiluvchi turiga ko‘ra ikki:
Alif + pigment → moyli bo‘yoq; Lok + pigment → emalli bo‘yoq
ko‘rinishida bo‘ladi.
Pigment sifatida metall oksidlari kukunlaridan (temir, qo‘rg‘oshin,
rux, titan va boshqalar), yaxshilab maydalangan tabiiy noorganik
moddalar (bo‘r, oxra) va aluminiy kukunidan nisbatan ko‘p
foydalaniladi. Pigmentning asosiy vazifasi bo‘yoqqa rang berishdan
iborat.
Lok-bo‘yoq materiallari tarkibiga plyonka hosil qiluvchi, erituvchi
va pigmentlardan tashqari qovushoqligini kamaytirish uchun
qo‘shimcha, qoplam elastikligini oshirish uchun plastifikatorlar,
bo‘yoqning tezroq qurishini ta’minlash uchun sikkativ (katalizator)
lar qo‘shiladi. 11. 3. Lok-bo‘yoq materiallari va ular
Do'stlaringiz bilan baham: |