Organik (naften) kislotalar. Yuqori molekular organik kislotalar,
jumladan, neft va uni qayta ishlash mahsulotlari tarkibida
bo‘ladigan naften kislotalar korrozion aktivligi bo‘yicha mineral
kislotalarga nisbatan kuchsiz. Shuning uchun organik kislotalar-
47
ni neft mahsulotlaridan to‘la chiqarib tashlashning zarurati yo‘q.
Ularning miqdori kislotalik ko‘rsatkichi bilan baholanadi. Kislotalik
ko‘rsatkichi bu 100 ml yonilg‘idagi organik kislotalarni neytrallash
uchun talab qilinadigan ishqor KOH (mg) miqdoridir. Davlat
standarti (DS 11362–76)ga asosan 100 ml avtomobil benzinidagi
ishqor KOH 3 mg/100 ml dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |