Bo‘yoqning qovushoqligi. Qovushoqlik lok-bo‘yoq materiallarining
muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bo‘yoqning
qovushoqligini to‘g‘ri belgilash va bo‘yoq tayyorlash jarayonida
qovushoqlikni ma’lum chegarada bo‘lishini ta’minlash zarur.
Bo‘yoqning qovushoqligini aniqlashda BЗ–4 rusumli viskozimetrdan
(11. 2- rasm) foydalaniladi.
BЗ–4 viskozimetrining sig‘imi 100 ml bo‘lgan plastmassa stakan
l ko‘rinishida tayyorlangan bolib, tubida diametri 4 mm bo‘lgan kalibrlangan
teshik mavjud, bu teshik po‘lat zoldir 2 bilan berkitiladi,
zoldir yuzasiga stakandan tashqariga chiqib turuvchi simli ip kavsharlangan.
Viskozimetr yuqori sathigacha sinalishi lozim bo‘lgan
bo‘yoq bilan to‘ldiriladi. Shundan so‘ng bo‘yoqning qovushoqligi
uning stakandan oqib tushish vaqtini sekundomerda aniqlash
289
yo‘li bilan belgilanadi. Sekundomer zoldir unga kavsharlangan sim
yordamida bo‘yoqdan tezlik bilan tortib chiqarilgan paytda ishga
tushiriladi va bo‘yoqning stakandan to‘la oqib tushgungacha o‘tgan
vaqt uning qovushoqligi deb belgilanadi.
11. 9. Lok-bo‘yoq materiallarini ishlatishda
Do'stlaringiz bilan baham: |