Savollar asosida darslarni “O‘yla, izla, top”, “Qilni qirq yorib”, “Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?”, “Intellektual ring”, «Mo‘jizalar maydoni» va boshkalar kabi tashkil qilish mumkin.
3.
Og‘zaki javobga asoslangan keng qo‘llaniladigan yana bir metod, suhbat metodidir.Bu metod odatda, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda, maslahat darslarida keng qo‘llaniladi. Bunda bilim o‘qituvchi tomonidan ma‘lum bir tizimga solingan holda tushunarli, o‘quvchi-talabalar ruhiyatiga ta‘sir etadigan tarzda yetkaziladi.
Suhbat didaktik jarayondagi eng ko‘hna metodlardan hisoblanadi. Suhbat - unda qatnashuvchilarda bilim olishga, o‘qish, o‘rganishga istak tug‘diradi. Shu bois u keng tarqalgan.
Suhbat - dialog (yunoncha: dialog – ikki) yoki polilog, ya‘ni bir necha kishilar orasidagi so‘zlashuv, ta‘lim berish va o‘rganishning savol – javobli yo‘li tarzida bo‘lib, u savol-javob metodidan qo‘yilgan savolga javobning atroflicha keng qamrovli bo‘lishi bilan ajralib turadi.Suhbаt mеtоdi o‘qituvchi tоmоnidаn sinchiklаb, diqqаt bilаn tаyyorlаngаn sаvоllаr tizimi оrqаli o‘quvchi-tаlаbаlаrni yangi mаtеriаlni tushunishgа, o‘rgаngаnlаrini o‘zlаshtirishgа yoki kаy dаrаjаdа o‘zlаshtirilgаnini аniqlаshgа qаrаtilаdi. U didаktik jihаtdаn kеng qo‘llаnilаdigаn mеtоd hisоblаnаdi.
Bundа sаvоllаr butun guruh оldigа qo‘yilаdi. Bu psiхоlоgik jihаtdаn kаttа аhаmiyatgа egа, sаbаbi jаvоbgа butun guruh tаyyorlаnаdi. Аgаr iхtiyoriy rаvishdа jаvоb bo‘lmаsа, 10-15 sеkundlik pаuzаdаn so‘ng o‘quvchi-tаlаbаlаrdаn fаmiliyasi bo‘yichа chаqirilаdi. Аgаr u jаvоb bеrishgа qiynаlsа, undаn jаvоbni “sug‘urib” оlishning kеrаgi yo‘q - yaхshisi bоshqаsini chаqirgаn mа’qul.
Suhbat metodini buyuk filosof Suqrot nihoyatda mohirlik bilan qo‘llagan. Bu metod turli jihatdan qaraganda ham samarali bo‘lib, qo‘yilgan savollar orqali talabalarning xotirasidagi passiv bilimlarni faollashtiradi, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, mustaqil fikr yuritish orqali xulosa chiqarish va umumlashtirishga o‘rgatadi. Talabani o‘qituvchi fikrini ilg‘ash, uni davom ettirishga yo‘naltiradi. Maksimal darajada tafakkurni faollashtirish bilan birga olingan bilimni diagnostika qilish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Suhbat: a) talabalarni bilim olish, o‘qish-o‘rganishga chorlovchi (kirish); b) bilim beruvchi; v) bilimlarni mustahkamlashga; g) bilimni nazorat qilishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.Suhbat uslubini qo‘llashda savollarni qo‘yish (asosiy, qo‘shimcha, yo‘llovchi va boshqalar), o‘quvchi-talabalarning javob va mulohazalarini muhokama qilish, suhbatdan xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi.
Suhbatga uch nuqtai nazardan yondashish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |