Talabalar soni ixtiyoriy bo’lgan kichik guruh modelida o’quv topshirig’ni bajarishni 2 xil tashkil etish mumkin: 1) аввал ihdividual tarzda, so’ngra kichik guruhbilan биргаликда bajarish;2) to’g’ridan-to’g’ri kichik guruhlarda bajarish.
Kichik guruhlarda ishlashning bu molelida dars o‘tishning boshqa metodlari bilan birgalikda qo‘llash hamda turlicha tashkil qilishning imkoniyati katta. Masalan, kichik guruhlar o‘rtasida musobaqa tarzida tashkil qilish mumkin.
1. Kichik guruhdagi har bir o‘quvchi-talaba berilgan topshiriqni avval alohida o‘zi bajarib, fikrini seminar daftariga yozadi. So‘ngra guruh birgalikda hammaning fikrini o‘rganib chiqadi. Kichik guruh nomidan yagona javob tayyorlanadi, darsda barcha guruhlarning javoblari eshitiladi va guruhni erishgan natijasi baholanadi.
2. O‘qituvchi kichik guruh a‘zolariga topshiriq beradi. Topshiriq masala, mashq, savolga javob va boshqa shakllardagi nazorat ishi bo‘lishi mumkin. Top-shiriq kichik guruhda muhokama qilinadi, bajariladi. Bajarilgan topshiriq guruhda taqgimot qilinadi. Kichik guruhlarning taqdimoti muhokama qilinadi. Koman-dalarning olgan o‘rinlari aniqlanib, to‘plangan balga ko‘ra rag‘batlantiriladi.
O‘quv adabiyotlaridagi «5x5» yoki «6x6», «7x7» metodlari haqidagi bildiril-gan fikrlardan umumiy xulosa chiqaradigan bo‘lsak, ularning barchasida so‘z guruhlarni kichik guruhlarga bo‘lib, dars o‘tish haqida boradi.
2. Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishni tashkil etish va uning asosiy bosqichlari
Juftlik yoki kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan unga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bog‘liq.
Interfaol usulga asoslangan texnologik tizimning asosiy belgisi kutilgan natijaga erishishni kafolatlashdir. Buning uchun asosiy maqsadga erishishning har bir bosqichida bajarilishi lozim vazifalar, buning uchun talab qilinadigan vositalar hamda metodlarning aniq modullari yoki algoritmlari hosil qilinadi.
Bugungi kunda ta‘lim jarayonida faqat qandaydir bitta texnologiya, metodni qo‘llash uchramaydi. Odatda o‘qitish asosida bir necha texiologiyalar elementlari bir yo‘la qo‘llaniladi.
O‘qituvchi kichik guruhlarga bo‘linib ishlashni rejalashtirar ekan, buning uchun tayyorgardik ko‘rishi zarur. Kichik guruhlarga bo‘linib dars o‘tishga tayyorgarlik fazasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi.
1. Tayyorgarlik ko‘rish bosqichi.
Tayyorgarlik odatda kichik guruhlarni shakllantirilib, ish boshlaguncha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi. Uni ikki fazaga ajratish mumkin. a) Birinchi faza dars boshlanguncha amalga oshiriladi. U o‘z ichiga:
* maqsad qo‘yish:
* material tanlash;
* kichik guruhlarga topshiriq tayyorlash;
* qo‘yilayotgan topshiriqni, masalani o‘qituvchining o‘zi yechishi;
* kichik guruh va uning har bir a‘zosi faoliyatini baholash jadvali;
* zarur tarqatma materiallar tayyorlashni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |