BAHOLASH JADVALI
Muhokama qatnashchilari
|
Sabablar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
T
|
B
|
H
|
T
|
B
|
H
|
T
|
B
|
H
|
T
|
B
|
H
|
T
|
B
|
H
|
Abbos
|
5
|
2
|
10
|
1
|
6
|
6
|
2
|
8
|
16
|
3
|
6
|
18
|
4
|
8
|
32
|
Erkin
|
4
|
3
|
12
|
1
|
8
|
8
|
3
|
6
|
18
|
2
|
8
|
16
|
5
|
7
|
35
|
Shuhrat
|
3
|
2
|
24
|
2
|
7
|
14
|
1
|
9
|
9
|
4
|
2
|
8
|
5
|
6
|
30
|
Komila
|
4
|
7
|
28
|
2
|
5
|
10
|
1
|
8
|
8
|
5
|
3
|
25
|
4
|
5
|
20
|
Nafisa
|
3
|
8
|
24
|
1
|
9
|
9
|
2
|
5
|
10
|
4
|
4
|
16
|
5
|
5
|
25
|
Jami:
|
|
|
98
|
|
|
43
|
|
|
61
|
|
|
73
|
|
|
142
|
T- toifa bahosi (1dan 5gacha); B - ball bo‘yicha baho (1dan 10gacha); H - hosila (ya‘ni TxB.).
Demak, 1-kichik guruh a‘zolari eng past hosila ballni 2- sababga qo‘yishgan. Berilgan sabablarda u texnika-texnologiyaning eskirganligi deyilgan. Demak, guruh a‘zolarining fikricha, mehnat unumdorligining pasayib ketishining eng muhim sababi texnika-texnologiyani eskirishi. Ikkinchi o‘rinda 61 ball bilan 3-sabab turibdi, u ishchilarning malakasi pastligi; so‘ngra 73 ball bilan 4- sabab, 98 ball bilan 1- sabab, 142 ball bilan 5- sabab turibdi. Kichik guruh a‘zolaridan bir talaba guruhning umumiy natijasi asosida qanday qarorga kelishganini bildiradi, huddi shunday tartibda boshqa kichik guruhlarning natijasi eshitiladi. To‘rtta kichik guruh bo‘yicha jadval ma‘lumotlari umumlashtiriladi va butun guruh uchun umumiy fikrga kelib, taklif ishlab chiqiladi. Ana shunday metodning o‘ziga xos modifikatsiyasi mavzu qo‘yilgan muammoni o‘rganishda tahliliy, ijodiy vazifalarni guruh bo‘lib yechish metodidir. «Tаhliliy–ijodiyvаzifalаrni guruhbo‘lib yеhish»mеtоdi – ijodiy fikr-lash, muqobil variantlar tanlash,muvofiq ravishda bildirilgan fikrlarning eng muhim, maqbulini tanlash va tavsiyalar ishlab chiqishni o‘rgatishga qaratilgan metod. «Tаhliliy –ijodiy vаzifalаrni guruh bo‘lib yеhish» mеtоdi “Aqliy hujum” ga o‘xshab ketadi, lekin o‘ziga xos jihatlari bor: 1. Bildirilgan fikrlar doskaga yozib boriladi. Bir bildirilgan fikr boshqa takrorlanmaydi. Bu ijodiy yondashishni talab qiladi; 2. Bildirilgan fikr, taklif, g‘oyalar guruhlarga ajratilmaydi; 3. Ular o‘quvchi-talabalarning tanloviga ko‘ra o‘zining ahamiyati jihatidan tutgan o‘rniga qarab, joylashtiriladi. Bunda o‘qituvchi o‘rganiladigan mavzubo‘yicha fikrlashnitalab qiladigan, muvofiq ravishda tavsiyalar ishlab chiqishini o‘rganish zarur bo‘lgan savol yoki muammoni doskaga yozadi. Aytaylik, muhоkаmа mаvzusi: «Хаrаjаtlаrni pаsаytirish yo‘llаri» bo‘lsin. Har bir o‘quvchi-talaba o‘zfikrini aytadi. Ularni doskaga yozib chiqamiz. So‘ngra eng muhimlarini ajratamiz.
2. Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda xalq maqollari, paradoks va topishmoqlardan foydalanish
Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda maqollar
Hozirgi davrda o‘quv jarayonini tash kil etish o‘qituvchidan faqat chuqur bilimgina emas, balki pedagogik mahoratga ega bo‘lishlarini, dars berishning turli metodlarini bilishni hamda o‘z ustida tinmay ishlashni talab qiladi. Jumladan, iqtisodiy fanlardan dars berishda xalq pedagogikasi yutuqlaridan keng ravishda foydalanishni bilish ham muhim ahamiyatga ega. Xalq pedagogikasi asrlar davomida shakllangan, rivojlangan bo‘lib, xalq tomonidan yaratilgan hayotiy an'analar, udumlar, marosimlar, bayramlar va boshqalarda o‘z aksini topgan, tarbiyaning eng dolzarb masalalarini hal qilishga qaratilgan umumbashariy, umuminsoniy g‘oya va maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan. Iqtisodiy qarashlar ma‘lum bir davrda xalqning an'analari, udumlari yaratilgan tajribalar orqali kishilarga ta‘sir etgan bo‘lsa, diniy qarashlarning shakllanishi tufayli ular diniy nuqtai nazardan axloqiy normalar, qonun-qoidalarda mujassamlashgan va kelgusi avlodga yetkazilgan. Odamlarnining hayoti va turmushi jarayonida to‘plagan tajribalari, dunyoqarashi, o‘zi yashab turgan ijtimoiy hayotga munosabati, hayotning ibratli saboqlari, shaxsning ruhiy holati, umid va orzularini katta ma‘noni uch-to‘rt so‘z bilan ifodalanadigan shaklidir Xalqning ta‘lim-tarbiya borasidagi tajribalari, qarashlarini o‘zida mujassam-lashtirgan, etnopedagogikada alohida o‘rganiladigan, durdona fikrlar bu maqol-lardir. Xalq yaratgan g‘oyat ixcham, chuqur ma‘noli gaplar – maqollardir. G.Fuller fikricha «Maqollar katta ma‘noni uch-to‘rt so‘z bilan ifodalanadigan shaklidir». Maqollar odamlarnining hayoti va turmushi jarayonida to‘plagan tajribalari, dunyoqarashi, o‘zi yashab turgan ijtimoiy hayotga munosabati, hayotning ibratli saboqlari, shaxsning ruhiy holati, umid va orzularini ifodalaydi. U xalqning kuzatuvi va xulosasi tufayli yuzaga keladi. Shuning uchun ham yoshlar tarbiyasiga, ayniqsa ularning axloq va odobiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatishga qodir. Qadimdan maqollar tarbiyalovchi rol o‘ynagan. Bir tomondan pedagogik g‘oya, ikkinchi tomondan tarbiyaviy ta‘sir, ta‘lim berish funksiyasini bajargan. Shu tufayli ta‘lim-tarbiyada samarali metod sifatida ularni keng qo‘llash ijobiy natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |