Ma’lumki, tabiiy polimerlar o’simliklar va xayvonot olamni asosini tashkil etadi. O’simliklar organizmining asosiy tarkibiy qismi tsellyuloza, kraxmal, lignin va pektin kabi tabiiy polimerlardan tashkil topgan bo’lsa, xayvonot olamida tiriklikning asosini oqsil moddalar, garmonlar va fermentlar tashkil qiladi. TSellyuloza to’qimachilik sanoatida asosiy xom ashyo xisoblansa, kraxmal oziq-ovqat sanoatining asosidir. Tabiiy polimerlarga tsellyuloza va kraxmalning turli-tuman xosilalari, tabiiy ipak, oqsillar, charm va mo’yna sanoatining asosiy xom ashyosi bo’lgan seritsin, fibroin, kollagen, keratin va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |