Masalan: polietilen makromolekulasi juda ko’p sondagi -CH2-CH2- tartibli zvenolardan tashkil topgan. Oddiy zveno deyilganda makromolekulani tashkil etgan dastlabki quyi molekulyar moddani ko’p marta takrorlanadigan qoldiQini tushunmoq kerak. Ular o’zaro ximiyaviy bog’lar bilan birikib polimerlarni xosil qiladi. Elementar (oddiy) bo’g’inlar bir xil yoki boshqa-boshqa tarkibga ega bo’lishi mumkin Polimerlanish darajasi polimerning molekulyar massasi (M) va ayrim bo’lakchaning molekulyar massasi (m) bilan o’zaro: R=M/m nisbatda bog’langan bo’ladi. Bunda M=Rm, ya’ni polimerning molekulyar massasi (M), uning oddiy bo’g’ini molekulyar massasi (m) ning polimerlash darajasi (R) ga ko’paytmasiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |