Yuqori molekulyar birikmalar molekulasining massasi katta bo’lganligi uchun molekulalarni makromolekula deyiladi. Ko’pchilik yuqori molekulyar birikmalar makromolekulalari ko’p marta takrorlanadigan bir xil tarkibli atomlar gruppasi - oddiy bo’g’inlar - ayrim bo’lakchalardan tuzilgan bo’ladi. Masalan: polietilen makromolekulasi juda ko’p sondagi -CH2-CH2- tartibli zvenolardan tashkil topgan. Oddiy zveno deyilganda makromolekulani tashkil etgan dastlabki quyi molekulyar moddani ko’p marta takrorlanadigan qoldiQini tushunmoq kerak. Ular o’zaro ximiyaviy bog’lar bilan birikib polimerlarni xosil qiladi. Elementar (oddiy) bo’g’inlar bir xil yoki boshqa-boshqa tarkibga ega bo’lishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |