YOrdamchi mo‘ljallanishga ega bo‘lgan xonalar
Nusxalash-ko‘paytirish xizmatlari va pereplyot-broshyuralash xizmatlari joylashgan xonalarining maydonlari loyihalash topshiriqlari bo‘yicha qabul qilinadi, lekin har qanday holatda ham 14 m2 kam emas.
Ofset nashrlash usulidan foydalanuvchi boshqaruv organlarining redaksion-rasmiylashtirish bo‘limi uchun ikkita har biri 12 m2 bo‘lgan xonalarni, nashr shakllarini tayyorlash va yasash uchun ikkita har biri 12 m2 bo‘lgan xonalarni va nashr ishlarini bajarish uchun 18 m2 maydonga ega bo‘lgan xonani loyihalash talab etiladi.
Vestibyul xonasining maydoni (garderob xonasining maydoning hisobga olmaganda) har bir xodim uchun 0,17 m2 miqdorda qabul qilinadi, lekin 15 m2 dan kam emas. Vestibyul xonalarida garderoblar joylashtirilganda 1 o‘rin uchun 0,08 m2 maydon qabul qilinadi, garderoblarni hisoblashda albatta konferens-zallarda turli xil majlislar va yig‘ilishlarlarga keluvchilar sonini ham hisobga olish talab etiladi.
Mamuriy binolarda meditsina xizmati umumiy ishlovchilar soni 300 kishidan oshiq bo‘lgan hollarda tashkil etiladi; meditsina xizmati xonalari soni loyihalash uchun berilgan topshiriq asosida qabul qilinadi; meditsina xizmatlari uchun mo‘ljallangan punkt maydoni 12 m2 dan kam bo‘lmasligi va albatta issiq, sovuq suv bilan taminlangan bo‘lmog‘i lozim.
YOrdamchi mo‘ljallanishga ega bo‘lgan va doimiy ravishda odamlar bo‘lmaydigan alohida xonalarning, hajmiy-rejali echimidan kelib chiqqan holda o‘tish yo‘llari, ichki yo‘laklarning balandligini pasaytirilgan balandliklarda qabul qilishga ruxsat etiladi, lekin 2,2 m dan kam emas.
Mamuriy binolarning balandlik bo‘yicha qiya yoki pillapoyali shiftlarga ega bo‘lgan xonalarining balandligi 2,5 m dan, doimiy ravishda odamlar bo‘lmaydigan texnik mo‘ljallanishga ega bo‘lgan xonalarining balandligi 1,9 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
Mamuriy binolarda texnik qavatlar (shu jumladan, texnik erto‘lalar) ning balandligi yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning pastki qismigacha bo‘lgan balandlik 1,8 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Texnik qavatlar (shu jumladan, texnik erto‘lalar)da faqat muhandislik tarmoqlari quvurlari joylashtirilgan hollarda xonaning balandligini poldan shiftgacha 1,6 m qabul qilishga ruxsat etiladi.
Mamuriy binolarning ochiq o‘tish yo‘laklarining kengligi 3,5 m dan, balandligi 4,25 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
Kirish joylarida loyihalangan pollarning balandligi albatta tashqi trotuarlar balandligi darajasidan kamida 0,15 m balandda joylashgan bo‘lishi shart. Kirish joylaridagi pollarning balandlik darajasini tashqi trotuarlar balandlik darajasidan past loyihalashga faqat maxsus himoya holatlarida ruxsat etiladi.
Mamuriy binolarda sanitar shahobchalarni odamlarning doimiy bo‘lish joylaridan 75 m dan uzoq bo‘lmagan masofalarda joylashtirish lozim. Sanitar jihozlar soni hisob bilan: 50 erkak kishilarga 1 unitaz va 1 pissuar; 25-30 ayollarga 1 unitaz, ayollar sanitar shahobchasida 70 ayol uchun 1 shaxsiy gigiena kabinasi loyihalanadi. Hamma sanitar shahobchalarida albatta tambur-shlyuzlar loyihalanib ularda qo‘l yuvish uchun umivalnik jihozlari o‘rnatilmog‘i shart.
Mamuriy binolar ichki yo‘laklarining kengligi 1,5 m dan, mamuriy bino xonalari turar joy binolari tarkibida loyihalanib ichki yo‘laklarning uzunligi 10 m gacha bo‘lganda kenglikni 1,2 m gacha qabul qilishga ruxsat etiladi.
Ichki yo‘laklarning uzunligi 60 m dan oshsa ularni albatta yonuvchanlik bo‘yicha 2-turga mansub bo‘lgan ichki devorlar yoki 3-turga mansub bo‘lgan o‘zi yopiluvchi eshiklar bilan jihozlash zarur bo‘ladi.
Kreslo-kolyaskalarda harakatlanuvchi invalidlar uchun mo‘ljallangan ichki yo‘laklarning kengligi 1,8 m qabul qilinadi, bazi bir uchastkalarda ichki yo‘laklar kengligini 1,6 m gacha kamaytirishga ruxsat etiladi.
Kuluarlar va rekratsiya ichki yo‘laklarining kengligi kutish joylari bilan birgalikda 2,4 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
Mamuriy binolarda faqat tabiiy yorug‘lik nuri talab etilmaydigan xonalarni ikkinchi yoritish orqali loyihalashga ruxsat etiladi.
Mamuriy binolarning xonalarini erto‘lalar va texnik erto‘la qavatlarida joylashtirish faqat 2.08.02-09 SHNQ sida keltirilgan talablar asosida amalga oshiriladi.
10 va undan yuqori qavatga ega bo‘lgan binolarda albatta passajir liftlaridan biri qutqaruv vositalari va azolarini olib chiqish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |