2. KURS LOYIHASINING HAJMI VA TARKIBI.
Bajarilayotgan kurs loyixasining arxitektura-kurilish bo‘limi quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi:
a) grafik kism:
1. Funksional jarayonlar olib boriladigan loyihalanadigan binoning rejasi
M 1:100; 1:200;
2. Loyihalanadigan binoning ko‘ndalang qirqimi M 1:100; 1:200;
3. Loyihalanadigan binoning fasadi M 1:100; 1:200;
4.Poydevorlar, orayopma va tom yopma konstruksiyalarining konstruktiv, tomning qiyaliklar, suv qabul qiluvchi qurilmalar, fonarlar hamda yong‘inga qarshi zinapoyalari ko‘rsatilgan tom qoplamasi rejalari M 1:200; 1:400;
5. Bosh reja (loyihalanadigan binoda asosiy funksional va texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur bulgan barcha bino va inshootlarni ko‘rsatgan holda, TIK bilan birgalikda). M 1:500; 1:1000;
6. 4 yoki 5 dona arxitekturaviy-konstruktiv qismlar (ularda qabul qilingan zilzilaga karshi yoki boshqa choralar ko‘rsatilgan bo‘lmog‘i lozim). M 1:10; 1:20;
Ishlanadigan loyihaning rejalari, qirqimlari va alohida qismlarida reja o‘qlari, ularning raqamlari va harfiy belgilari, ular orasidagi o‘lchamlar va masofalar ko‘rsatilgan bo‘lmog‘i shart. Reja o‘qlaridagi harfiy belgilar, raqamlar, ular orasidagi o‘lchamlar va masofalar ko‘rsatilgan yozuvlar aniq va ko‘rinarli bo‘lishi talab etiladi. CHizmalarda xonalar eksplikatsiyasi, maydonlar, ishlatilgan temirbeton, metall, plastmassa, yog‘och konstruksiya va buyumlarning xususiy parametrlari (spetsifikatsiya) ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Talabalar o‘z hohishlari bo‘yicha loyihalanadigan binoning maketini yoki aksonometrik tasvirini ishlashlari mumkin. Bosh rejada loyihalanadigan binoda asosiy funksional va texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha bino va inshootlar, avtomobil yo‘llari, yong‘inga qarshi suv havzalari va gidrantlar, ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar, asosiy va yordamchi binolarni bog‘lovchi yo‘laklar hamda hududni o‘rab turuvchi devorlar ko‘rsatilishi lozim.
b) tushuntirish yozuvining tarkibi:
Talaba kurs loyihasining grafik qismini bajarish bilan bir vaqtning o‘zida (bajarilayotgan qismga mos ravishda) tushuntirish yozuvini ham rasmiylashtirib bormog‘i lozim. Tushuntirish yozuvi standart yozuv kog‘ozida (297X210 mm) 12-15 varoq hajmda bajariladi. Tushuntirish yozuvi o‘zida loyihada qabul qilingan barcha hajmiy-tarxiy va konstruktiv echimlarni jamlagan bo‘lib, quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
1. Mundarija.
2. Loyihalash uchun topshiriq (kafedra tomonidan berilgan, belgilangan shaklda).
3. Kirish.
4. Loyihalanadigan binoda bo‘lib o‘tadigan funksional jarayonlar haqida malumot.
5. Loyihalanadigan binoning hajmiy-tarxiy echimlari.
6. Konstruktiv qism (loyihalanayotgan bino uchun qabul qilingan konstruktiv sxema va konstruksiyalar haqida qisqacha malumot);
7. Ichki va tashqi pardozlash ishlari.
8. Bosh reja (bunda loyihalanadigan muassasa hududida qabul qilingan va rejalashtirilgan qurilish, ko‘kalamzorlashtirish, shamolning tasir yunalishi, muassasaga tegishli bo‘lgan barcha binolar, TIKlar va boshqalar haqida malumotlar keltiriladi).
9.Zilzilaga, emirilishga va yong‘inga qarshi qabul qilingan chora-tadbirlar.
10. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Do'stlaringiz bilan baham: |