LOYIHALASH USLUBLARI HAQIDA KO‘RSATMALAR.
a) Qavat rejasini ishlash.
Qavat rejasini ishlash koordinatsion va rejalashtirish o‘qlarini o‘tkazishdan boshlanadi, so‘ngra devorlar va boshqa konstruksiyalarni koordinatsion o‘qlarga bog‘lash ishlari amalga oshiriladi. Reja o‘qlari pastdan yukoriga harfiy belgilar bilan va chapdan o‘ngga karab raqamli belgilar bilan doiralar ichida belgilanadi. Rejani ishlashda kesuvchi sathdan yukorida joylashgan boshqa konstruksiyalar shtrix-punktrli ikki nuqtali chiziq bilan ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |