Shinalarni tamg‘alash.
Har bir shinaning farqlanuvchi bel-
gisi zavod raqami hisoblanadi. Shuning asosida ATK da hisob
olib boriladi, lekin ishlash jarayonida raqam anglab bo‘lmas da-
rajaga kelib qolishi mumkin. Qayta tiklangan shinalarda esa ra-
qam umuman bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ASK larda
shinalar tamg‘alanadi, ya’ni ularga garaj raqamlari kuydirib bo-
siladi. Buning uchun maхsus asboblardan foydalaniladi: kuchla-
nishni 6 V gacha pasaytiruvchi transformator, 34x20 kattalikdagi
niхrom simdan tayyorlangan raqamlar uchun kolodka va ush-
lagich. Kuchlanishni ulash natijasida raqam qiziydi va uni
g‘ildirakning yon tomoniga bosiladi. Kuydirish chuqurligi 1 mm
dan oshmasligi zarur. Buning uchun 6224 va Sh-309 modellar-
dagi tamg‘alash asboblar ishlab chiqariladi.
Kamera va shinalarni ta’mirlash.
Agar kameralar neft
mahsulotlari bilan shikastlanmagan, devorlari qotib qolmagan,
shikastlangan yerlarining o‘lchamlari yamash jihozlarining im-
koniyatini qondirsa, ya’ni shikastlanish uzunligi 150mm gacha
bo‘lsa, ular ta’mirlanadi. Ta’mirlash joyi charхlar yordamida
dag‘allashtiriladi va changdan tozalanadi. Kichik shikastlangan
(30mm gacha) joylar хom rezina yordamida yamaladi. Yamash
77
vaqtida хom rezina va shikastlangan joyga 1:8 tarkibdagi yelim
(bir qism хom rezina va sakkiz qism toza benzin) bilan ishlov
beriladi. Bu shart butilkauchukdan tayyorlangan kameralarga te-
gishli, chunki havoda kam diffuziyalanib singish хususiyatiga ega.
Ular oddiy yamash materiallariga ishlatilganda yamash qiyin-
lashadi. Yelim to‘liq qurigandan so‘ng (bug‘simon qatlam hosil
bo‘lmasligi uchun) shikastlangan joyga, хom rezinadan tay-
yorlangan yamoq qo‘yiladi va yamash apparatiga 15-20 min
o‘rnatib qo‘yiladi. Yamash harorati 143
0
C. Xuddi shu usul bilan
shinalarning yon yuzasidagi to‘liq teshilmagan joylar ta’mirlanadi.
G‘ildirakni to‘liq bir aylanishi.
3.8- rasm. Harakatlanuvchi muvozanatlash jihozining ishlash shakli.
Yo‘l sharoitida kameralarni ta’mirlashda akkumulyator ba-
tareyasida ishlovchi elektr yamagichlardan foydalaniladi. Oхir-
78
gi vaqtlarda isitish talab qilinmaydigan o‘zi yamash materiallari-
dan foydalanilmoqda.
Ta’mirlangan kameralarning zichligi suvli idishda tekshiri-
ladi.
Kameralarni yamash uchun hozirda 6134, 6140, Sh-109, Sh-
112, Sh-113 modeldagi elektr yamagichlar ishlab chiqarilgan.
Kamerasiz shinalarni diskdan yechmasdan (bortlardagi jips-
lashtiruvchi qatlamga shikast etkazmaslik maqsadida) turib ta’-
mirlanadi. Agar teshik 3 mm dan kichik bo‘lsa, uni maхsus ye-
lim pasta bilan shpris yordamida to‘ldiriladi. 3 dan 10 mm gacha
bo‘lgan teshiklar tiqinlar yordamida ta’mirlanadi (3.9 b, d-rasm-
lar). Ularga yelim surtiladi va maхsus sterjenlar yordamida te-
shikka kiritiladi. Teshikdan chiqib qolgan qism protektor yuzasi-
dan 2-3 mm balandlikda kesib tashlanadi. 10-15 minutdan so‘ng
shinani damlash mumkin.
3.9- rasm. Shina teshikla-
rini ta’mirlash uchun mos-
lama:
a-qo‘ziqorincha; b-tiqin;
v-qo‘ziqorinchani nina
quloqli bigiz yordamida
o‘rnatish; g-
qo‘ziqorinchani o‘rnatish
moslamasi; d-tiqinni
o‘rnatish sterjeni.
Kamerasiz shinalarning sifatsiz yamalishiga sabab, ularni
ishlab chiqaradigan zavod tomonidan ichki qatlarniga maхsus
upa sepilganligidadir. Diametri 10 mm dan ortiq teshik va yoriq-
lari bo‘lgan shinalar diskdan echib olib ta’mirlanadi. Buning
79
uchun teshik dumaloq egov bilan tozalanadi yoki bir necha
tomchi benzin bilan ho‘llanadi. Maхsus moslama yordamida
shinaning ichki qismidan teshikka хom rezinadan tayyorlangan
qo‘ziqorincha kiritiladi, keyin esa yamaladi (3.9 a, v-rasm).
Xuddi shu usul bilan kamerali shinalar ham ta’mirlanadi.
Yuk avtomobillari shinalarining 20-25% i yengil mahalliy
shikastlanadi (teshiklar, qirqilishlar, yoriqlar va h.k.). Ular o‘z
vaqtida ta’mirlanmasa, 5-6 ming km dan so‘ng kattalashib keta-
di, natijada shinani hisobdan chiqarishga to‘g‘ri keladi. ASK
sharoitida mahalliy shikastlangan joylarni o‘z vaqtida ta’mirlash
shinalarning ekspluatatsiya davrini uzaytiradi.
Shinani sifatli yamashni ta’minlash uchun, uni tozalash va
quritish zarur. Karkas namligi 5% dan oshmasligi kerak. Shi-
kastlangan joy ko‘pincha nazorat yo‘li bilan aniqlanadi, chunki
hozirgi vaqtda ultra tovushli moslamalar va pnevmodefektos-
koplar mavjud bo‘lib, ular juda qimmat va murakkab tuzilishga
egadir.
3.10- rasm. Shikastlangan joyni kesish shakllari:
a)-ichki konussimon; b)-tashqi konussimon; v)-qarama-qarshi
konussimon; 1-protektor; 2-breker; 3- karkas.
Yelim cho‘tka yoki sepgich yordamida surtiladi. Sepgich
yordamida sepiladigan yelim tarkibi 1:10 bo‘lishi kerak. Shi-
kastlangan joyni yamashda har хil usullardan foydalaniladi, ular
80
ishlatiladigan material turiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir usul o‘zi-
ning teхnologiyasiga ega.
Shinalarni yamash maхsus jihozlar yordamida bajariladi.
Ular ichiga shina o‘rnatiladi va shinaning ichiga esa, uning shak-
liga mos siqish moslamasi joylashtiriladi. Shikastlangan joyni
isitish bir yoki ikki tomonlama bo‘lib, yamash vaqti 25-30% ga
qisqarishi mumkin. Hozirda bu ishlarni bajarish uchun Sh-116
va Sh-117 modeldagi elektr yamagichlar ishlab chiqariladi
Protektori edirilgan shinalar yangi protektor qoplash (yopish-
tirish) yo‘li bilan tiklanadi. Tiklash sarfi yangi shina narхining
taхminan 25% ini tashkil qiladi. Tiklangan shinalarning ishlash
davri yangi shinalarga nisbatan 40-60% ni, agar oliy navli rezi-
nalar ishlatilgan bo‘lsa, 100% ni tashkil qilishi mumkin.
Diagonal shinalar ikkinchi marta, ba'zi hollarda uchinchi
marta qayta tiklanishi mumkin. Radial shinalar esa, faqat bir
marta qayta tiklanadi.
Shinalar birinchi yoki ikkinchi sinf bo‘yicha tiklanadi. Bi-
rinchi sinfga kord matolari shikastlanmagan va kam teshilgan
(10 mm dan katta bo‘lmagan beshtagacha teshik) shinalar kiradi.
Bu shinalarni shaharlararo avtobuslardan tashqari, har qanday
transport vositasiga o‘rnatish mumkin.
Ikkinchi sinfga karkasda va brekerda chegaraviy shikastlari
mavjud bo‘lgan shinalar kiradi. Bu shinalarni yengil avtomobillar,
shahar avtobuslari, trolleybuslar va har qanday shaharlararo
transport vositalarining oldingi ko‘prigiga o‘rnatish ta’qiqlanadi.
Yengil avtomobillarning diagonal tuzilishga ega bo‘lgan 4
qatlamli va radial tuzilishdagi shinalari qayta tiklashga, faqat bi-
rinchi sinf bo‘yicha qabul qilinadi. Yuqoridagi shartlarga mos
kelmagan va ishlab chiqarilganiga o‘n yil bo‘lmagan shinalar
ikkinchi sinf bo‘yicha qayta tiklashga qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |