O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Download 53,3 Kb.
bet6/15
Sana23.04.2022
Hajmi53,3 Kb.
#575685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BMI Zaitova Sevara

Ilashish muftasining ishlashi
Ilashish muftasining pedali bosilmaganda, diafragmasimon prujinaning yaproqchalari va ajratish podshipnigining halqasi orasidagi tirqish 1,5 mm atrofida bo’lib, ajratish ayrisining tashqi uchidagi erkin yo’lni aniqlaydi. Yetaklanuvchi disk maxovik bilan siquvchi diskning orasida diafragmasimon prujina orqali siqilib turadi va ular bilan birgalikda aylanadi.
Ilashish muftasining pedali bosilganda tros ajratish ayrisining uning o’qi bilan birga buradi va ajratish podshibnigini siquvchi disk tomonga suradi. Podshipnikning halqasi, diafragmasimon prujinaning yaptoqchalariga tiralganda, o’q bo’ylab yo’nalgan kuchni uzatish bilan birga tirsakli valning aylanish chastotasiga mos ravishda aylana boshlaydi. Ayri harakati davomida diafragmasimon prujina bukila boshlaydi va uning siquvchi diskning mahovikka bosib turuvchi tashqi qismi uzatmalar qutisi tomonga siljiydi., yetaklanuvchi diskni kuchlanishdan ozod qiladi va burovchi momentni dvigateldan uzatmalar qutisiga uzatishni to’xtatadi.
Pedal asta-sekin qo’yib yuborilganda, ajratish ayrisi dastlabki vaziyatga qaytib keladi, siquvchi disk esa diafragmasimon prujina ta’sirida yetaklanuvchi diskka yaqinlashadi va ilashish boshlanganida asta-sekin to’lqinsimon prujinani to’g’irlab, oxista qo’shilish bilan dvigatelni transmissiya bilan bog’laydi. Pedal bosilganda avtomobil joyidan qo’zg’almasligi va to’la yuklama bilan ishlaganida yetaklanuvhi disk sirpanib ketmasligi kerak. Avtomobilni ishlatish jarayonida, ilashish muftasida nosozliklar vujudga kelishi mumkin.

Ilashish muftasini nazoratdan o’tkazish
Yetaklanuvchi diskni tekshirish. Yetaklanuvchi disk gupchagining yetakchi val shlitsasida erkin siljishi tekshiriladi.val yoki gupchakning shlitsalarida katta yoyilish bo’lsa (gupchak valda og’ib joylashsa) yedirilgan detallar almashtiriladi. Friksion qoplamalar parchinmixning kallak qismigacha bo’lgan oraliqda moylanmagan, darz ketmagan, yedirilmagan yoki kuymagan bo’lishi kerak. Parchinmix kallagi bilan friksion qoplama ish yuzasining norasidagi o’lcham 0,5 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Keltirilgan nuqsonlar mavjud bo’lsa, friksion qoplama almashtiriladi. So’ndirgich prujinasining uchi va tashqi diametrida ishqalanishdan sodir bo’lgan yeyilishlar chuqurligi katta bo’lmasligi kerak. So’ndirgich plastinkasining darchasidagi yeyilish katta bo’lsa, yetaklanuvchi disk almashtiriladi. Disk yig’ilgan va erkin holatdagi qalinligi 7,6…7,9 mm bo’lishi kerak. Yetaklanuvchi disk ish yuzasining yonga urishini maxsus moslamaga yoki uzatmalar qutisining birlamchi valiga o’rnatib tekshiriladi. Yonga urishning kattaligi 0,7 mm dan katta bo’lmasligi kerak.
Ilashish muftasining yuritmasi.Ilashish muftasining yuritmasiga xizmat ko’rsatiganda uning maxkamlanishi, ishonchligi va aniq ishlashi tekshirib ko’riladi, zarur bo’lsa, rostlash ishlari o’tkaziladi.
Trosda shikastlanishlar ( bukilish yoki deformatsiya, qobiqning shikastlanishi, uchliklarda yeyilish paydo bo’lishi) yo’qligi tekshiriladi. Agar nuqsonlar topilsa, yangisiga almashtiriladi.
Ilashish muftasi pedalining erkin yo’lini rostlash. Ilashish muftasining pedalidagi erkin yo’l to’la yo’li ( tepki bilan pol orasidagi masofa) esa 60mm dan katta bo’lmasligi kerak. Rostlash ishlari trosning uzunligini rostlash uchlamasi, gayka va kontrgayka yordamida amalgam oshiriladi. Pedalning erkin yo’lini kamaytirish uchun ushlab turuvchi boltni bo’shatib, rostlash gaykasi burab kirgiziladi., erkin yo’lni ko’paytirish uchun esa gayka burab chiqariladi. Vaqti-vaqti bilan va zarur bo’lgan hollarda, tepkining erkin yo’lini rostlab turish tavsiya etiladi.
Pedalning erkin yo’li 20…30 mm, ajratish pishangining erkin yo’li bo’lishi kerak.

Download 53,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish