Ilashmani texnik holatini tekshirish va ta’mirlash Ilashish muftasini yechib olish va joyiga o’rnatish. Ilashish muftasini yechib olish uchun oldin uzatmalar qutisi yechib olinadi. Ilashish muftasini yechib olishdan avval, yig’ish jarayonida qismlarning dastlabki joylashish holatini saqlab qolish maqsadida mahovikka va ilashish muftasining g’iloflariga belgilar qo’yiladi(aks holda tirsakli val – mahovik- ilashish muftasi bo’g’inlaridagi muvozanat buziladi). Shundan so’ng ilashish muftasining g’ilofini mahovikka mahkamlovchi boltlar burab olinadi va ilashish muftasining mexanizmi yechib olinadi. Ogohlantirish: ilashish muftasidagi siquvchi prujinaning gardishidan ko’tarib bo’lmaydi.yechilga ilashish muftasi changdan yaxshilab tozalanadi, tekshiriladi. Ilashish muftasini joyiga o’rnatish teskari tartibda olib boriladi. Bundan oldin quyidagi ishlar bajariladi;
tirsakli valning uyasidagi podshipnikning holati tekshirib ko’riladi, zarur bo’lsa, almashtiriladi;
yetaklanuvchi disk gupchagining turtib chiqqan qismi uzatmalar qutisi tarafga qaratib qo’yiladi;
yetaklanuvchi disk uzatmalar qutisining birlamchi valiga o’xshash moslama bilan markazlashtiriladi;
ilashish muftasining g’ilofi maxovikka boltlar yordamida 33…38 H*m moment bilan tortiladi;
uzatmalar qutisining birlamchi validagi shlitsalar eskirgan surkov moyidan tozalab, yangi ЛСЦ-15 konsistent surkov moy yupqaqilib surtiladi.
Ilashish muftasida uchraydigan nosozliklar, ularning yuzaga kelish sabablari va ularni bartaraf qilish
Nososlik turlari
Bartaraf qilish usullari
Ilashish muftasi to’la ajralmaydi.
Pedalning erkin yo’li yo’q
Etaklovchi disk qiyshaygan
Etaklovchi diskning friksion qoplamasi yuzasida noteksliklar bor
Parchinmixlar noto’g’ri qoqilgan bo’shab qolgan yoki friksion qoplama singan.
Etaklovchi disk gupchagi uzatmalar qutisining birlamchi validagi shlisada tiqilishi bor.
Siquvchi disk deformasiyalangan yoki shikaslangan
Siquvchi diskni g’ilof bilan ulovchi plastinalarning parchinlari buzilgan.
Trosning tolalari uzilishi natijasida tiqilib qolish sodir bo’ladi.
Erkin yo’lni rostlash zarur
Imkon bo’lsa disk to’g’rilanadi yonlanma urishi 1,30 mm atrofida bo’lishiga ruxsat etiladi.katta qiyshayishlar bo’lsa almashtiriladi.
Metall cho’tka bilan ishqalanadi yoki zarur bo’lsa almashtiriladi
Friksion qoplama yangisiga almashtirilib parchinmixning to’g’ri qoqilishigaahamiyat beriladi aks halda maxovik va siquvchi disk shikaslanishi mumkin.
Shlisa tozalanadi agar tiqilib qolish ezilganlik yoki eyilganlik tufayli sodir bo’layotgan bo’lsa, yetaklanuvchi disk zarur bo’lsa, birlamchi val almashtiriladi
Siquvchi disk bilan birgalikda mexanizmning g’ilofi almahtiriladi.
Shikaslangan tros almashtiriladi.