Texnika xavfsizligi Inson ishlab chiqarish faoliyatining istalgan sohasida xavfsiz mehnat sharoiti yaratish asosiy hal qiluvchi omil bo’lishi lozim. Ayniqsa ish sharoiti odamning sog’ligi uchun ancha xavfli bo’lganjoylarda juda muhim .
Har bir mamlakatda shu jumladan O’zbekistonda ham mehnat xavsizligi standartlarining davlat tizimi mavzud unda mehnat xavfsizligini umumiy talablari belgilangan. Bu talabalarga avtotrnsport korxonalarida TXK stansiyalarida yengil va yuk avtomabillari avtobuslar , shatakchilar tirkamalar va yarmtirkamalarga barchab turdagi texnik xizmat ko’rsatish (TXK) ishlari bajariladigan TXK stansiyalari va ixtisoslashtirilgan markazlarda rioya qilishi shart.
Avtomabilni ta’mirlovchi chilangar baxtsiz xodisa yuz berganda tok urganda shifokor kelguncha yoki shikaslangan kishini nibbiyot muassasasiga olib borilgunga qadar birinchi yordam ko’rsatishni bilishi lozim.
O’z xizmat vazifasini o’tab turgan paytda shikas olish jaroxatlanish , tok urish, zaxarlanishi va kasb kasalliklari ishlab chiqarishda shikaslanish jumlasiga kiradi.
Davlat standartiga TXK va JT jarayonlari quyidagi har bir bosqichda xavfsiz bo’lishi talab qilinadi.
Avtomabillarni TXKva JT tayyorlash
Ishlarni bevosita bajarish
Avtomabol tizimlarini sinash va tekshirish
Avtomabillarni yonilg’i-moylash materiallari va maxsus suyuqliklar bilan ta’minlash.
Ishlab chiqarish chiqindilarni olib ketish va zararsizlantirish
Avtomabilni ko’zdan kechirish uchun kuchlanishi 36V li xavsiz ko’chma lampalarda foydalanish kerak.Ko’zdan kechirish chuqurlarida ishlashda lampaning kuchlanishi 12V dan oshmasligi lozim. Dastlabki elektr jixozlar elektr tarmoqlariga faqat erga ulangan kontakli rozetka orqali ulanishin zarur.
Avtomabil TXKva JT postlariga qo’yishdan oldin loy va changni artib yuvish kerak.
Avtomabilning yuqorida joylashgan detallari agregatlari va mexanizlariga texnik xizmat ko’rsatishda faqat metall tirgaklardan foydalanish kerak, ular turg’un mustaxkam ishonchli bo’lishi zarur.Massasi 20 kg dan ortiq bo’lgan uzel va agregatlarni ko’tarish va tashish ishlarini faqat ko’tarish – tashish mexanizmlari yordamida, maxsus moslamalardan foydalanib bajarish lozim. Moslamalar ish yuriga va obyektni qamrab sxemasiga mos bo’lishi kerak. Qattiq tortqi yordamida shtakka olinayotgan avtomobilning rul boshqarmasi, old ko’prigi va yoritish asboblari (tunda) tuzuk bo’lishi kerak. Shatakka olishda tezlikni ancha pasaytirish lozim. Bir tomoni ko’tarish mexanizmi bilan ko’tarib qo’yilgan, lekin xali maxsus taglikka qo’yilmagan avtomobilda biron-bir ishni bajarish taqiqlanadi. Avtomobilga TXK va JT da dvigatelni o’chirib qo’yish lozim. Bu ishlarni bajarishda texnologik jarayon dvigatelni ishlatishni talab qilgan holler bundan mustasno. Dvigatelni o’t oldirish va avtomobilni joyidan qo’zg’atishda unda ishlayotgan va unga yaqin turgan kishilarga xavf tug’tirmaslik kerak. Oson o’t oladigan va portlovchi moddalar tashiladigan avtomobil – sisternaga TXK va JT dan oldin sisterna bo’shatilishi, shamollatilishi va yerga ishonchli ulanishi zarur. Ramani mustaxkam tagliklar ustida yoki g’ildiraklari qo’yilgan holdagi avtomobilda ta’mirlash uchun ajratib olingan kuzov va kabinalarni maxsus stendlar yoki tagliklarga ishlash uchun qulay vaziyatda o’rnatish kerak.
Prokatlangan listlardan yasalgan kuzov detallarini avtomobilning o’zida yoki maxsus stendlarda peshlash lozim. Shinalarni g’idirak diskidan yechib olishdan ilgari shina kamerasidagi bosimni butunlay yo’qotish kerak.
Dvigatel ishlayotganda rostlash ishlarini bajarishda TXK vaJT postlari xonadagi ishlatilgan gazlarni so’rib oladigan mahalliy shamollatish qurilmasi bilan ta’minlanishi zarur.
Avtomabilni yurg’azib ko’rish qabul qilish ishlari xonadan tashqarida olib boriladi. Korxona hovlisi va ishlab chioqarish binosi ichidagi harakat u yerlarga o’rnatilgan yo’l belgilari yordamida tartibga solinadi. Hatakat tezligi hovlida 10km/ soat va bino ichida 5km/ soatdan oshmasligi kerak.