iqtisodiyot; ta’lim va axborot texnologiyalari; qisqa xabarlar.
2. Maqola standart A4 o‘lchamdagi oq qog‘ozning bir tomonida chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm,
yuqoridan va pastdan 20 mm kenglikda joy qoldirib, Times New Roman shriftida, 12 pt
o‘lchamda, qatorlar orasi bir oraliq bilan yoziladi va ikki nusxada taqdim qilinadi. Maqolalar
hajmi chizmalarsiz to‘rt sahifa (0.25 b.t.)dan, qisqa xabarlar esa uch sahifadan oshmasligi va
ikkinchi nusxasida barcha mualliflar familiyasi, ismi va shariflarini ko‘rsatib imzo chekishlari
lozim.
3. Maqolaga quyidagilar ilova qilinadi: ish bajarilgan tashkilot yo‘llanmasi; o‘zbekcha, ruscha
va inglizcha annotatsiyalar (bir xil mazmu nda va 5-6 qatordan oshmasligi zarur), tayanch
so‘zlar, maqola nomlari; ekspert xulosasi; mualliflar to‘g‘risida ma’lumot (ish joyi,
lavozimi, telefoni, e-mail).
4. Formulalar kompyuterda Word formulalar muharririning Math Type versiyasida yoziladi.
Chizmalar va diagrammalar standart qoidalarga rioya qilingan holda tayyorlanishi, yozuvlar
imkoni boricha sonlar yoki harflar ko‘rinishida berilishi va ular maqola sahifasida yoki
chizmaga ilovada tushuntirilishi lozim.
5. Maqola boshida UDK, keyingi qatorda maqolaning nomi (berilgan o‘lchamda,bosh bosma
harfda va o‘rtadan qalin qilib), undan keyingi qatorda muallifning ismi, sharifi va familiyasi,
muallifning OTM yoki tashkilot nomi kichik bosma harfda keltiriladi. Bir intervaldan so‘ng
o‘zbek, rus va ingliz tillarida (kursiv) annotatsiya yoziladi. Yana bir intervaldan so‘ng maqola
matni teriladi.
6. Maqolaga kiritilgan barcha jadvallar o‘z nomlariga va ketma-ketlik tar1tibda berilgan tartib
raqamiga ega bo‘lishi kerak. Jadval nomlarida so‘zlarni qisqartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Rasm tagida uni izohlovchi yozuvlar bo‘lishi shart. Grafik materiallar mavzu mohiyatini
yoritishga qaratiladi va ularda ikkinchi darajali ma’lumotlar bo‘lmasligi kerak.
8. Adabiyotlar ro‘yxati maqola oxirida, matndagi dalillar ketma-ketligi tartibida beriladi.
9. Foydalanilgan adabiyotlarga havolalar o‘rta qavslar ichida ko‘rsatiladi.
10. Tahririyat zarurat bo‘lganda taqdim etilgan maqola va qisqa xabarlarni tahrir qilish xuquqiga
ega. Ular tahririyat a’zolariga yoki boshqa tegishli mutaxassislarga taqrizga beriladi.
11. Agar maqola muallifga qayta ishlash uchun qaytarilsa, maqolaning oxirgi ko‘rinishi olingan
kundan boshlab maqola tahririyatga tushgan hisoblanadi.
12. Jurnalni chop etishda doc. MS Word 97 (2003) tahririda ishlovchi dasturlardan foydalaniladi.
Ko‘rsatilgan qoidalar asosida tayyorlanmagan maqolalar tahririyat tomonidan qabul
qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |