To‘g‘ri va egri chiziqli uchastkalardagi qarshilik. Umumiy holda transport qurilmasining tortish organi egri chiziqli uchastkalar bilan o‘zaro tutashgan to‘g‘ri chiziqli uchastkalar bo‘ylab harakat qiladi. Uzluksiz tortish organli transport qurilmalar (masalan: lentali, zanjirli yoki simarqonli konveyerlar, uzluksiz simarqonli tashigich va boshqalar)da tortish organi eng oddiy holda ikkita to‘g‘ri chiziqli shoxobcha va shuncha egri chiziqli tutashmalarga ega bo‘ladi (1.6-rasm).
1.6 – rasm. Yeng oddiy uzluksiz tortish organi: 1-2 va 3-4 to‘g‘ri chiziqli shoxobchalar; 2-3 va 4-1 – egri chiziqli tutashmalar.
To‘g‘ri chiziqli yo‘naltirgich (Rels, to‘shama va boshqalar)dan tashkil topgan to‘g‘ri chiziqli uchastkalarda harakat quyidagi ikkita asosiy usullarning biri bo‘yicha amalga oshiriladi: g‘ildirak (rolik) yordamida surish yoki sirg‘anish (sirpanish). Tashiluvchi yuk va tortish organi (ishchi elementlari bilan birgalikda) bir xil yoki har xil usul bilan, bir xil yoki har xil qarshilik koeffitsienti bilan surilishi mumkin. Agar tashiluvchi yuk ishchi yuk ko‘taruvchi element (lenta, plastina, cho‘mich, vagoncha)lar ustida turgan bo‘lib, yo‘naltirgichlarga bevosita tegib turmagan bo‘lsa, yukning harakatiga qarshilik koeffitsienti yuk ko‘taruvchi elementlar uchun qarshilik koeffitsientiga teng bo‘ladi; agar yuk yo‘naltirgichlarga bevosita tiralib harakatlansa (masalan, to‘shama yoki nov bo‘ylab sirpansa), unda harakat umumiy holda har xil qarshilik koeffitsientlari bilan amalga oshiriladi.
Egiluvchan tortish organli transport qurilmalarida egri chiziqli uchastkalar quyidagi ikki usulning birida hosil bo‘lishi mumkin:
-tortish organi o‘qda aylanuvchi blok yoki barabanni aylanib o‘tishi;
1.7.-rasm. Tortish organi bloklarni aylanib o‘tishi sxemalari:
a-tekis yuzali blok; b-qirralari to‘g‘ri chiziqli blok; S – tishli blok;
-tortish organi qo‘zg‘almas egri chiziqli yo‘naltirgichni yoki egri chiziqda joylashtirilgan turg‘un roliklar batareyasini aylanib o‘tishi.
Birinchi usulda (1.7-rasm) blok tekis yuzali (lenta uchun baraban,simarqon uchun shkiv va boshqalar), qirralari to‘g‘ri chiziqli (uzun zvenoli zanjirlar uchun), tishli (oddiy zanjir yulduzchasi) bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi usulda (1.8-rasm) tortish organi egri chiziqli shina bo‘ylab sirpanib yoki yuruvchi roliklarda g‘ildirab siljishi mumkin yoki egri chiziqli yo‘naltiruvchi turg‘un roliklar batareyasida g‘ildirab, uni aylanib o‘tishi mumkin.
Tortish organi blok yoki barabanni aylanib o‘tishida umumiy qarshilik tortish organining blokka kelgandagi bukilishi va blokdan chiqayotgandagi yozilishining qattiqligi oqibatida hosil bo‘ladigan qarshilik va blok (baraban) stupitsasida yoki u o‘rnatilgan o‘qning bo‘g‘zidagi ishqalanish natijasidagi qarshiliklar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Undan tashqari, zanjirli uzatishda yulduzcha tishlarida ham ishqalanish bo‘ladi.
Egri chiziqli yo‘naltirgich yoki roliklar batareyasini aylanib o‘tishda tortish organining qattiqligi tufayli hosil bo‘ladigan qarshilikdan tashqari egri chiziqdagi ishqalanish (sirpanish yoki g‘ildirash) hisobiga ham qarshilik paydo bo‘ladi.
Bu hamma qarshiliklarning qiymati tortish organining tarangligiga proporsionaldir. Shunday qilib agar - tortish organini egri uchastkaga kelish nuqtasidagi taranglik, – egri uchastkadan qochish nuqtasidagi taranglik va We – egri uchastkadagi qarshilik kuchi bo‘lsa, unda
(1.21)
bunda koeffitsient K>1.
Aslida blok va barabanlardagi qarshilik kuchi We kelish nuqtasi dagi taranglikning 3-10% atrofida bo‘lib, odatda 5-7% ni tashkil etadi:
;
. (1.21)
с
b
a
Sqoch
Sqoch
Sqoch
Skel
Skel
Skel
1.8 - rasm. Tortish organing egri chiziqli yo‘naltirgichlarni aylanib o‘tishi sxemalari: a – sirpanib o‘tish; b – yuruvchi roliklarda g‘ildirab o‘tish; s – turg‘un roliklar batareyasini aylanib o‘tish.
Yurituvchi blokdagi qarshilik kuchini blokka kelayotgan va undan qochayotgan shoxobchalar tarangligi yig‘indisining 3-5% atrofida qabul qilish mumkin, ya’ni
. (1.22)
Do'stlaringiz bilan baham: |