Nazorat savollari:
Relsli yo‘llar tuzilishini gapirib bering.
Relslar turlari va ularning ishlatilish joylari
Shpallarning vazifasi va turlari
Temir yo‘l gabaritlari, trassasi, plani va profili.
Burilishlar yoki egri yo‘ldagi rels izlari
Yo‘ldan-yo‘lga o‘tkazuvchi qurilmalar va ularning tuzilishini gapirib bering.
5-ma’ruza:
Yuk tashish vagonlari. Ularning tasnifi va tavsifi, asosiy parametrlari, konstruktiv jihatlari
Ma’ruza rejasi:
Kon vagonchalari turlari
Ochiq konlarda ishlatiluvchi vagonlar turlari.
Vagonlarning asosiy parametrlari.
Kon vagonchalari tarkibiy qismlari konstruksiyasi
Kon vagonchalari
Kon vagonchalari yuk, odam va maxsus uskuna tashiydigan turlariga bo‘linadi.Yuk tashiydigan vagonchalar asosan foydali qazilma, boshqa tog‘ jinslari, ер osti bo‘shlig‘ini to‘ldiruvchi materiallar va yordamchi yuklar-yog‘och materiallarni tashuvchi («koza»), suyuq yuklarni tashuvchi (sisterna), uskunalarni tashuvchi (platforma) vagonlarga bo‘linadi.
Odam tashuvchi vagonchalar gorizontal va qiya tekislikda yuruvchi xillariga bo‘linadi.
Maxsus uskuna tashuvchi vagonchalarga ta’mirlash uskunalari, o‘t o‘chiruvchi materiallar, yo‘l o‘lchov asboblari va boshqa uskunalar bilan jihozlangan vagonchalar kiradi.
Kon vagonchalariga bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir qancha quyidagi talablar qo‘yiladi: yuqori chidamlilik, nafaqat statistik balki bir-biri bilan urilgan hollarda hosil bo‘luvchi dinamik kuchlarga ham chidamlilik, o‘z xajmiga nisbatan mumkin qadar kichik og‘irlikka va o‘lchamlarga ega bo‘lishi, harakatga qarshilik kuchlarining mumkin qadar kichikligi, yuklanishning osonligi, to‘liq yuk to‘kilishi ta’minlanishi, tozalash, ulanish va ajratish osonligi kabi talablar.
Vagonchalarning asosiy o‘lchamlariga kuzovning xajmi – V(метр3), ma’lum to‘qma zichlikga ega bo‘lgan yuk uchun, yuk ko‘taruvchanligi- G(t) ularning uzunligi – T(m), balandligi – N (m) kengligi V(m), g‘ildirak juftlarining kengligi Sk va g‘ildirak o‘qlari orasidagi masofa Sb kiradi.
Vagonlarning asosiy Ko‘rsatgichlari.
1. Vagonning yuk ko‘tarish qobiliyati – g , vagonning tashishga ruxsat etilgan eng katta yuki miqdoridir.
2. Vagonchaning ishlatishdagi asosiy kursatkichlaridan biri sifatida uning bushlik Sk (tara kaeffitsenti) olinadi. Bu kaeffetsenti kuzovning geometrik xajmini undagi xajmiga nisbatan (м3)(м3) yoki vagonchaning ogirligi (Go) undagi yukning ogirligiga (G) нисбатидан topiladi:
Kt= (1.6)
Vagon o‘qlari soni. Bu kattalik vagon bitta o‘qiga ruxsat etilgan yuklanish R orqali topiladi.
, (1.7)
Vagonchalar aloxida yoki (sostavda) xarakat kilganlarida birinchidan asosiy karshilik deb ataluvchi uning xarakat jarayonida doimo mavjud karshilikni va ikkinchidan kushimcha karshilik deb ataluvchi yulning kiya va egri kismlarida xamda uning tozalanish (sekinlashish) vaktida xosil buluvchi karshilikni yengib utishi kerak Asosiy karshilik vagonchaning kismlarini tuzilishiga va uning ulchamlariga xamda Temir yulning xolatiga boglik bulib uning podshipniklari ishkalanishdan va gildiraklarini relsni ustidan gildirashda xosil бул0аг karshiliklar yigindisidan iborat. Kushimcha karshilikning yulning plan iva profiligi, vagonchalarni yurgizish va tuxtatishni kanday tashkil etishga boglik.
Shunday qilib vagonchaning xarakatiga bo‘lgan qarshilik koeffitsiyenti ( ) xarakat jarayoyeida vujudga kelgan qarshilik kuchlarini vagonchani og‘irligiga (Gv, n) bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi.
, (1.8)
va bu koeffitsiyent uning konstruktiv va ishlatish jarayonidagi asosiy ko‘rsatgich bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |