O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 15,99 Mb.
bet8/74
Sana22.02.2022
Hajmi15,99 Mb.
#87648
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Bog'liq
Транс.маш.УМК 1-2-семестр — копия

2 – ma’ruza:
Transport mashinalarining asosiy parametrlari – unumdorligi.


Ma’ruza rejasi:

  1. Transport mashinalarining asosiy parametrlari.

  2. Transport mashinalari unumdorligi.

  3. Transport mashinalarning asosiy qism va elementlari.



Transport mashinalari unumdorligi. Vaqt birligida transport vositasida tashib chiqilayotgan yukning miqdoriga transport mashinasining unumdorligi deyiladi. Unumdorlik massa (Q, t/soat) yoki hajm (V, m3/soat) birligida belgilanadi.
Ayrim hollarda unumdorlik shartli ravishda transport mashinasi bajaradigan ish birligida (Q·L, t.km/soat) ifodalanadi. Masalan, lokomotiv tashigichning unumdorligi Shunday belgilanadi.
Transport qurilmasining bir smenadagi haqiqiy zaruriy unumdorligi (A, sm) topshiriq rejasi bilan aniqlanadi. Masalan, grafikka binoan, qazish mashinasi bir sutkada uzun zaboy (lava)ni boshidan oxirigacha bir marta o‘tadigan bo‘lsa, qazib chiqarilgan ko‘mirni tashuvchi qurilmaning bir smenadagi unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
, t/smena, (1.1)
bu yerda: - zaboy (lava)ning uzunligi, m;
- qazib olinayotgan polosaning eni, m;
- qazib olinayotgan qatlam qalinligi, m;
-ko‘mirning massivdagi zichligi, t/m3;
- bir sutkadagi smenalar soni
Agarda qazish miqdori smenalar bo‘yicha bir xilda taqsimlangan bo‘lmasa, transport qurilmasining unumdorligi eng ko‘p qaziladigan smenaga mos ravishda belgilanadi.
Konchilik korxonalarida yuk oqimi vaqt bo‘yicha odatda notekis bo‘ladi. Foydali qazilmani qazib olish hamda transport bo‘yicha ishlarni tashkil qilinishiga qarab smena davomida transport qurilmasining ishlashida to‘xtam (pauza)lar bo‘ladi. Ular qurilmaning «sof» ishi soati sonini, ya’ni uning «mashina vaqti»ni kamaytiradi. Undan tashqari, «mashina vaqti» davomida yuk kelib tushishining intensivligi o‘zgarib turadi, bu esa ayrim vaqtlarda transport qurilmasining kam yoki keragidan ortiqcha yuk bilan ishlashiga olib keladi.
Transport qurilmasining berilgan vaqt (smena) davridagi «sof» ish vaqti (T) yoki «mashina vaqti» ning shu vaqt (smena) davrining umumiy davomiyligi (To) ga nisbati transport qurilmasidan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffitsienti (Kv) deb ataladi:


. (1.2)
T ning qiymati T0 dan kam bo‘ladi, chunki smenaning umumiy davomiyligidan bir qism vaqt quyidagilarga sarflanadi:
- smenalar oralig‘ida transport qurilmasini qabul qilish –topshirish jarayonida uni ko‘zdan kechirish; bu vaqt taxminan 30 daqiqani tashkil qiladi;
- ba’zi qurilmalar uchun smena davomida uni ko‘zdan kechirish yoki uning ishini davom ettirish uchun zarur bo‘lgan operatsiyalarni bajarish (masalan, akkumulatorli elektrovozlarning batareyasini almashtirish);
- ishlab chiqarish jarayonida o‘zaro bog‘lanish bo‘lmaganligi tufayli transport qurilmasining noiloj bekor turib qolishligi; qazish va tashish bo‘yicha ishlar to‘g‘ri tashkil qilinganda bunday vaqt yo‘qotishlar bo‘lmasligi kerak.
Qurilmadan vaqt bo‘yicha foydalanishni yaxshilash va ishni yaxshi tashkil qilish hamda jihozlar, Temiryo‘llar, lahimlar holatini yaxshilash yo‘li bilan T ning qiymatini oshirish transport unumdorligini oshirishning muhim vositasidir.
Transport qurilmasining mashina vaqti (T) dagi o‘rtacha bir soatlik unumdorligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
(1.3)
Transport qurilmasining unumdorligi muayyan vaqt oralig‘ida unga kelib tushadigan yukning eng ko‘p miqdoriga mos bo‘lishi kerak. Shuning uchun transport qurilmasining hisobiy unumdorligi quyidagicha bo‘ladi:
(1.4)
bu yerda: - transport qurilmasi unumdorligining notekislik koeffitsienti k ning qiymati 1 dan katta bo‘lib transport qurilmasiga ko‘p yuk kelib tushayotgan tig‘iz paytlarni bartaraf qilish uchun zarur bo‘lgan unumdorlik zaxirasini ifodalaydi.

Download 15,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish