O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Konveyerga ta’sir qiluvchi qarshiliklarni aniqlash



Download 15,99 Mb.
bet58/74
Sana22.02.2022
Hajmi15,99 Mb.
#87648
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74
Bog'liq
Транс.маш.УМК 1-2-семестр — копия

Konveyerga ta’sir qiluvchi qarshiliklarni aniqlash
Umumiy harakat tenglamasiga ko’ra konveyer yuritmasi quvvati harakatga qarshilik kuchlarini yengishga sarf bo’ladi.
Konveyerning to’g’ri chiziqli uchastkasidagi qarshiligi roliklar tsapfasidagi, lentaning roliklar bo’ylab harakatidagi ishqalanishlardan; qiyalikda ishlovchi konveyerlarda bo’ylama tashkil etuvchi og’irlik kuchlaridan hosil bo’ladi.
Qiya burchak ostida o’rnatilgan konveyer yukli yo’nalishi uchun harakatga qarshilik kuchlari quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
, kgkuch (4)
Konveyer yuksiz yo’nalishidagi harakatga qarshilik kuchlari esa quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
, kgkuch (5)
Gorizontal o’rnatilgan konveyer uchun mos ravishda
, kgkuch (6)
, kgkuch (7)

bu yerda L – konveyer uzunligi, m;


- konveyerning qiyalik burchagi, grad;
N – konveyer boshlang’ich va oxirgi nuqtalari satxlari
farqi , m;
- 1 m konveyer uzunligidagi og’irligi, kgkuch/m;
- 1 m uzunlikdagi lentaning og’irligi, kgkuch/m;
- konveyer 1 m uzunligiga to’g’ri keluvchi, yukli
tarmoqdagi roliklar harakatlanuvchi qismlarining
og’irligi, kgkuch/m;
- konveyer 1 m uzunligiga to’g’ri keluvchi, yuksiz
tarmoqdagi roliklar harakatlanuvchi qismlarining
og’irligi, kgkuch/m;
- konveyer lentasining harakatga qarshilik
koeffitsienti.
5-jadvalda 1 m2 lentaning og’irligi keltirilgan. Jadvaldagi ma’lumotdan 1 m uzunlikdagi lentaning og’irligini formula bo’yicha hisoblash mumkin:
, kgkuch (8)
bu yerda B- lenta eni, m.

Agar konveyer tavsifida lenta qatlamlari soni berilmagan bo’lsa uni 3.6-jadval bo’yicha lenta eniga bog’liq holda taxminiy qabul qilish mumkin [4].


Konveyer 1 m uzunligiga to’g’ri keluvchi, yukli va yuksiz tarmoqlardagi roliklar harakatlanuvchi qismlarining og’irliklari quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:
, kgkuch/m (9)
, kgkuch/m (10)
bu yerda Gp’ va Gp” – yukli va yuksiz yo’nalishlardagi rolik
tayanchlar aylanuvchi qismlarining og’irligi, kgkuch;
l’ i l” – yukli va yuksiz tarmoqlardagi roliktayanchlar
oralig’idagi masofa, odatda l’= 0,8-1,2 m (og’ir va
yirik bo’lakli yuk tashilayotgan bo’lsa kichik son
olinadi), l”= 2 - 4 m

Roliklar og’irligi va ularning harakatlanuvchi qismlarining harakatga qarshilik kuchlari lenta eniga, roliklar diametri va tuzilishiga bog’liq. 3.7-jadvalda konveyerlarning yukli (uch rolikli) va yuksiz (bir rolikli) tarmoqlaridagi rolik tayanchlarining aylanuvchi qismlari og’irliklarining qiymatlari keltirilgan.


Konveyer lentasi harakatga qarshilik koeffitsienti o’lchami ko’pgina omillarga bog’liqdir: rolik sifati, konveyer montaji, lenta qalinligi, yukning yirikligi va h.k.

Me’yorlarda ’ ning qiymatlari konveyer holatiga bog’liq holda quyidagicha belgilangan:



Juda yaxshi

0.18-0.02

Yaxshi

0.02-0.022

Stavning to’g’ri chiziqliligi yuqori aniqlikda bo’lmagan va kuchli ifloslangan holda

0.023-0.027

Egrichiziqli uchastkalardagi qarshilik lentaning eguvchi roliklar va oxirgi barabanlarga o’ralishida paydo bo’ladi. U rolik yoki barabanlar tsapfalarida ishqalanishni hamda lentaning ezilishini (uprugostьyu), (sgibaemoy pri nabeganii na barabanы i razgibaemoy pri sbeganii) keltirib chiqaradi. Blok, baraban va roliklar batareyalaridagi qarshilikning amaliy qiymati lentaning 900 ga o’ralishida egri uchastkaga kirish nuqtasidagi tarangligining 3-5 % ini, 180° ga o’ralganda esa 5-7 % ni tashkil etadi.


Yurituvchi barabanning qarshiligi esa yurituvchi barabanga kiruvchi va undan chiquvchi nuqtalar tarangliklari yig’indisining 3-5 % ini tashkil etadi, ya’ni
Wpr=(0,03 0,05) (Snb+Ssb), kgkuch (11)

Download 15,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish