O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 5,76 Mb.
bet62/124
Sana02.01.2022
Hajmi5,76 Mb.
#309022
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   124
Bog'liq
УМК ФВваФМ

Kimyoviy muhofaza - bu KTZM (kuchli ta’sirchan zaharli moddalar)ning (zaharlovchi moddalarning) aholiga, fuqaro muhofazasi kuchlariga va xalq xo‘jaligi inshootlari xodimlariga zararli ta’siri oldini olishga yoki uni imkoni bor darajada kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi.

Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarning bajarilishi texnogen xususiyatdagi FV natijasida sodir bo‘lgan avariya va halokatlarning ko‘lamiga, turiga, fuqaro muhofazasi kuchlarining hajmiga hamda ularning tayyorgarlik darajasiga, sodir bo‘lgan vaqtiga (yil davomida, kuni) ob-havoga va boshqa ko‘pgina omillarga bog‘likdir. Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar vaqtida bajariladigan ishlarga tayyorarlikni tashkil etish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hatti-harakatlari oldindan rejalalashtirilgan asosida belgilanadi. Bu rejalar tuman, shahar va viloyat miqyosida oldindan tuzib chiqiladi. Rejani tayyorlashda sodir bo‘lishi mumkin deb bashorat etilgan tabiiy ofatlar va ishlab chiqarishdaga avariya va halokatlar asos bo‘lib xizmat qiladi.

Favqulodda vaziyatlar vaqtida fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hatti-harakatlari o‘z vaqtida tashkil etilgan va olib borilgan razvedka ma’lumotlariga hamda ma’lumotlarda aks ettirilgan aniq shart-sharoitga bog‘likdir. Razvedka ishlari fuqaro muhofazasi kuchlarining vazifalariga mos va bajarilishi zarur bo‘lgan keyingi hatti-harakatlarga bog‘langan holda olib boriladi.

Yong‘inlar rivojlanish dinamikasi nuqtai nazaridan alohida xavfni portlashlar keltirib chiqaradi. Portlashlar odatda kutilmaganda yuzaga keladi, katta tezlik bilan rivojlanadi va katta miqdorda mexanik energiyaning ajralib chiqishi bilan kuzatiladi. Ular katta vayron qiluvchi kuchga ega bo‘lib, ko‘p hollarda insonlarning qurbon bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi.

Portlash nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida cheklangan hajmda bir muncha katta miqdorda energiyaning ajralib chiqishi sababli sodir bo‘ladi. Bu yerda portlash ostida yonuvchi aralashmaning cheklangan hajmda yonishida undan issiqlik energiyasining intensiv ajralib chiqish jarayoni sodir bo‘ladi. Bu holatda ajralib chiqqan issiqlik atrof muhitga yetarli darajada tez tarqalib ketmaydi. U asosan yonish mahsulotlarining qizishi va kengayishiga, yopiq hajmda bosimning tezda oshishiga sarflanadi.

Bosim sig‘im yoki rezervuarning konstruksion mustahkamligidan oshganda uning mexanik shikastlanishiga olib keladi.

Yonuvchi aralashmaning portlashi sig‘im, rezervuar, reaktor, alohida xona yoki binoda yuz berishi va uning shikastlanishiga olib kelmasligi, faqatgina uning ichida tezda bosim va haroratning oshishiga olib kelishi mumkin. Mazkur holatlar, odatda, xavf keltirib chiqarmaydi va texnologik rejimning buzilishiga yoki ishlab chiqarish jarayonining vaqtinchalik to‘xtashiga olib keladi.

Kimyo va neftkimyo ishlab chiqarish korxonalarida katta miqdorda yonuvchan va portlash xavfiga ega bo‘lgan materiallar qayta ishlanadi.

Shu sababli xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning jarohatlanishiga olib keluvchi, qishloq xo‘jaligiga ma’lum miqdorda moddiy zarar yetkazuvchi, katta shikastlash kuchiga ega portlashlarning yuzaga kelish potensial xavfi yuqoridir. Yirik avariyalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, katta hajmdagi bug‘-gaz aralashmalari portlashida nafaqat mazkur sanoat korxonasining bino va inshootlari shikastlanishini balki yaqin atrofdagi turar joy binolariga ham zarar yetishini ko‘rsatadi.

Avariya holatlarini keltirib chiqarishga moyil bo‘lagan ob’ektlar, katta potensial xavf bilan tavsiflanadigan ishlab chiqarish korxonalarda yonuvchi materiallarni atmosferaga chiqarib yuboruvchi qurilmalar va yopiq tizimlardagi portlashlardan ogohlantiruvchi vositalar, avariyaga qarshi himoya vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in va portlashlarni oldini olishda muhim omil hisoblanadi.

Namunaviy kimyo-texnologik jarayonlarning o‘ziga xos xavflarini o‘rganish tadqiqot va loyiha ishlari bosqichidayoq moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari va jarayonning tavsifidan kelib chiqqan holda eng ratsional apparatli jihozlashni va nazorat o‘lchov qurilmalarining aniqlik sinfini, avtomatlashtirish vositalari va avariyaga qarshi himoyani to‘g‘ri tanlash imkonini beradi.

Barcha holatlarda kimyo-texnologik portlashdan himoyani oshirishning zarur maxsus yo‘nalishi bo‘lib, yonuvchi va portlash xavfiga ega moddalarni atmosferaga chiqarib tashlashda tashqi doimiy va tasodifiy alangalanish manbalarining oldini olishga xizmat qiladi. Korxonalarning bino va inshootlari va atrof yashash hududlaridagi halokatli o‘lchamdagi avariyalar selitra, kaprolaktam, polietilen, spirt sintezi, xlor-prenov kauchuki va boshqa yirik miqdordagi mahsulotlar bo‘lgan ishlab chiqarishlarda kuzatilgan.

Kimyo va neftkimyo sanoatidagi avariyalarning kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat:

- korxona va uning yaqinida joylashgan yashash hududlari ustida ishlab chiqarish binolarining xonalari hajmida portlash xavfiga ega bug‘-gaz-havoli aralashmalar bulutlarining hosil bo‘lishi;

- apparatlarda portlash xavfiga ega bug‘-gazli aralashmalarning hosil bo‘lishi va apparat va quvurlarda ichki alangalanish manbalari bilan ularni yuzaga keltirishi;

- portlash xavfiga ega bo‘lgan suyuq yoki qattiq mahsulotlarning hosil bo‘lishi va ularning apparatda yig‘ilishi, shuningdek ichki alangalanish manbalari bilan portlashni yuzaga kelishi;

- ishlab chiqarish xonalari va apparatlarda portlash xavfiga ega bug‘-havo aralashmalarining hosil bo‘lishi hamda ichki va tashqi alangalanish manbalari bilan portlashning yuzaga keltirilishi;

- tashqi alangalanish manbalarining o‘zini ko‘rsatishi, bug‘-gazli va suyuqlikli texnologik chiqindilarning portlashni yuzaga keltirishi.

Bu muammolarni yechish uchun konstruktiv-rejaviy tavsifdagi yangi profilaktik yechimlar ishlab chiqish, turli ko‘rinishdagi avtomatik, statsionar va chet el yong‘in o‘chirish tizimlarini joriy etish, yong‘in yoki portlash holatlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilishi zarur.

Bugungi kunda, gaz mahsuloti omborlarida bajariladigan texnologik jarayonlar (qabul qilish, saqlash va tarqatish)ni bajarishda gaz mahsuloti bug‘larining atmosferaga tarqalishi (isrof bo‘lishi) sodir bo‘ladi. Ayrim hollarda ularning isrof bo‘lish miqdori ko‘p (2-5 foiz) bo‘lib, xalq xo‘jaligiga katta ziyon keltiradi. Ayniqsa engil bug‘lanuvchi gaz mahsulotlarida isrofgarchilik miqdori katta bo‘ladi. Natijada mahsulot miqdori kamayib, sifati yomonlashadi.

Sifat va miqdor yo‘qolishi, asosan, neft mahsulotlarini rezervuarlarda saqlash hamda quyish-to‘kish jarayonlarida sodir bo‘ladi.

Yengil bug‘lanuvchan neft mahsulotlarining rezervuarlardagi isrof bo‘lishi katta va kichik «nafas olish» jarayonlarida amalga oshadi.

Kichik «nafas olish»dagi mahsulotning isrof bo‘lishi uni rezervuarda stasionar holatda saqlash jarayonida yuz beradi. Kunduzi haroratning ko‘tarilishi natijasida saqlanayotgan mahsulot bug‘lanadi. Hosil bo‘lgan mahsulot bug‘lari rezervuarning havo bo‘shlig‘iga to‘planib, bosimni oshiradi.

Natijada nafas oluvchi klapan ochilib, hosil bo‘lgan havo va mahsulot bug‘i aralashmasi atmosferaga tarqaladi.

Kechasi teskari jarayon ro‘y beradi. Haroratning pasayishi bilan rezervuar ichidagi mahsulot bug‘larining kondensasiyalanishi havo bo‘shlig‘idagi bosimni kamaytiradi, ya’ni vakuum hosil bo‘ladi. Bu «nafas oluvchi» klapanning ochilishiga olib keladi va u orqali rezervuar ichiga yangi havo oqimi kiradi.

Yuqorida keltirilgan jarayonlar mahsulotni saqlash muddati davomida uzluksiz davom etadi va tegishlicha saqlanayotgan mahsulotning sifat hamda miqdor o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi.

Har qanday moddalar singari neft, neft mahsulotlari va gazlar ham ma’lum zararli ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, atrof-muhit komponentlarini tashkil etuvchilar (insonlar, hayvonot, o‘simlik dunyosi va boshqalar) ning ekologik shart-sharoitlarini yomonlashuviga hamda turli xildagi yong‘in va avariyalarni sodir bo‘lishiga olib keladi.


Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish