Ma’ruza
ТАБИАТДАН ОКИЛОНА ФОЙДАЛАНИШ ИКТИСОДИЁТИ
Inson va tabiat orasidagi o‘zaro munosabatlik.
Ekologiya nimalarni o‘rganadi.
Fanning rivojlanish tarixi
Еkologiyaning asosiy qonunlari va тabiatdan oqilona foydalanish
Inson va tabiat orasidagi o‘zaro munosabatlik
So‘nggi vaqtda jahon iqtisodiyoti og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda.
Uni iqtisodiy, energetik, xom ashyo va oziq-ovqat inqirozi, sayyora
miqyosidagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar larzaga solmoqda. Ushbu sharoitda
tabiatni asrash va tabiatdan oqilona foydalanish barcha xalqlarning hayotiy
manfaatlariga bog‘liq bo‘lgan, eng muhim muammolardan biriga aylandi. Ular
zamonaviy xalqaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning ko‘p tomonlarida
aks etgan.
Keng ma’noda tabiat – bu butun mavjudottdir, shakllari turli xil bo‘lgan
bizning dunyomiz, yerdagi predmetlar va hodisalarning murakkab o‘zini o‘zi
tartibga soladigan tizimdir. Inson uchun tabiat – hayotning muhiti va
yashashning yagona manbasidir. Biologik tur sifatida u ma’lum bir harorat,
bosim, atmosfera havosining tarkibi, tuzlar aralashgan tabiiy suv, o‘simliklar
va hayvonlarga muhtojdir.
Inson o‘zi paydo bo‘lgan daqiqadan boshlab tabiiy resurslardan
foydalanadi. Uzoq mingyilliklar davomida ushbu iste’mol ahamiyatsiz hamda
tabiatga yetkazilgan zarar ko‘rinmas bo‘lgani bois, jamiyatda uning
boyliklari bitmas-tuganmasligi haqida tasavvur shakllandi, chunki o‘zining
hayot faoliyati bilan inson boshqa tirik organizmlardan ko‘proq ta’sir
ko‘rsatmaydi. Biroq ularning ta’sirini insonning mehnat faoliyati
ko‘rsatadigan ta’sir bilan solishtirib bo‘lmaydi. Mehnat faoliyati insonga
boshqa biologik turlarga nisbatdan o‘z ehtiyojlarini ancha yuqori darajada
qondirishga imkon beradi.
Bir necha yuz ming yil davomida bizning uzoq ajdodlarimiz
ko‘rinmas so‘qmoqlar bo‘ylab bo‘lg‘usi tamaddun manbalari sari yo‘l
bosdilar. Uzoq vaqt davomida inson uning ajdodlari egallab bo‘lgan
“ekologik o‘rinlar”dan foydalanib kelgan, va sayyora bo‘ylab tarqalgan holda,
ularni biroz to‘g‘rilab, asta-sekin kengaytirgan. Inson Idrokli insonga
aylangani sari, uning biosfera bilan munosabatlari asta-sekin o‘zgardi. Biroq
juda uzoq davr mobaynida ushbu o‘zgarishlar nihoyatda sekin kechib, asosan
miqdoriy bo‘lgan.
Sifat darajasidan ahamiyatli xarakterga ular XIX asrda ega bo‘ldi, va
XX asrning birinchi yarimda insonning tabiati o‘zgara boshladi.
Asrning o‘rtasida hayotimizda ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, va
insonlar ushbu chuqur hamda noqulay siljishlarning sababchilari o‘zlari
ekanligini angladilar – ularning fani, texnologiyasi, sanoati, transporti, katta
shaharlari va h. k.
Tabiatda bunday jiddiy o‘zgarishlarning tezlashtiruvchi omiliga
texnologik jarayon, katalizatoriga esa – ilmiy-texnik revоlyutsiya (ITR) aylandi,
va bular biosferada salbiy jarayonlarga olib keldi.
Sanoat va maishiy chiqindilardan atmosfera havosi, yer yuzidagi havo,
tuproqlar zararlandi. Zararli moddalar o‘simliklar, hayvon organizmlarida
to‘planib, ovqat bilan birga inson organizmiga tushadi hamda uning
salomatligi uchun xavotir tug‘diradi.
Resurslardan cheklanmagan, vaxshiy foydalanish yer osti va organik
dunyo zaxiralari halokatli ravishda kamayishiga olib keladi, tuproq qatlami
tuzilmasi buzilishi, havo va suvning holati yomonlashuviga sabab bo‘ladi.
Hozirgi kunda mazkur holatlar ko‘pchilik mamlakatlar uchun xos bo‘lib,
global xarakterga ega bo‘ldi. Oqibatda tabiiy boyliklarning cheksizligi
to‘g‘risidagi tasavvur buziladi. Uning o‘rnini ulardan avaylab foydalanish
kerak, degan tushuncha egallaydi.
Tabiatni
asrash
masalasi
insonlar
uchun
sezilmagan
holda
sivilizatsiyaning yashab qolishi muammosiga aylandi. Sayyoramizda
“yovvoyi” tabiat joylari, ya’ni xo‘jalik faoliyati oqibatida barbod bo‘lmagan
hududlar tobora kamayib bormoqda. Oykumena (yer sathining insonlar
yashaydigan va foydalanadigan qismi) maydoni tarixiy rivojlanish davomida
muntazam kengayib borgan. Har xil baholashlarga ko‘ra, XX asrning oxirida
u quruqlikning 50-75 foizini egallagan.
Ekologiya nimalarni o‘rganadi.
1866 y.da nemis biologi Ernst Gekkel fanga “ekologiya” terminini
kiritdi va bu termin XX asrning oxirida umume’tirof etildi. U mazkur so‘z
bilan tabiiy muhitning jonli va jonsiz komponentlari o‘rtasida o‘zaro
bog‘liqliklar majmuini o‘rganuvchi biologiyaning yangi bo‘limini atadi.
Mazkur bo‘lim yangi bilimlar to‘plangani sari mustaqil fundamental fanga
aylandi.
“Ekologiya” so‘zi (yunoncha oykos – uy, turar joy va logos – ta’limot)
“ekonomika” so‘zi bilan umummiy negizga egadir (“ekonomika” – bu uy
xo‘jaligini yuritish san’atidir). Afsuski, ekonomika ko‘p hollarda ekologiyaga
qarshi chiqadi. Bir zumda iqtisodiy manfaat olishga intilib, inson o‘z uyini
vayron qiladi.
Ekologiyaning klassik ta’rifi – jonli va jonsiz tabiatning o’zaro
munosabatini o’rganuvchi fan.
Inson yashaydigan turli xil moddiy “uylar” orasida ekologiya ulardan
eng oliysi – biosfera bilan aloqada bo‘ladi. Biosfera – bu yaxlit amal
qiladigan va rivojlanadigan jonli organizmlar va muhit tizimidir. Organizmlar
nafaqat yashash muhitiga moslashadilar, balki muhitni o‘zlariga moslaydilar
ham, bunda sayyoramizda hayotni ta’minlovchi sharoitlarni tartibga
solishning murakkab tizimi tashkil etiladi. Aynan organizmlar o‘zlari yashashi
uchun qulay bo‘lgan, Yerning geokimyoviy muhitini shaklantirishda asosiy
rolni o‘ynadilar.
Ishlab chiqarish tizimi va inson faoliyatining qamrovi tabiiy hodisalar
miqyosi bilan solishtiriluvchi miqyosga yetdi.
Haqiqatdan ham, yer osti yadroviy portlashlarni quvvatiga ko‘ra zaif va
o‘rta seysmik turtkilar bilan solishtirish mumkin. Garrisberg AESdagi (AQSH,
1979 y.), Chernobildagi (SSSR, 1986 y.) halokatlar; Sevezo (Italiya, 1976 y.),
Bxopal (Hindiston, 1984 y.) kimyo zavodlarida zaharli moddalar tarqalib
ketishi, zararli moddalarni transportda tashish va saqlashdagi yo‘qotishlar va h.
k. – mazkur barcha texnogen halokatlarni, yadroviy urush tahdidi bilan birga,
yirik tabiiy talafotlar bilan solishtirish mumkin. Insonning vayron qiluvchi
faoliyati jamiyat va tabiat o‘rtasida nizoni tug‘dirdi, ekologik deb atalmish
muammolarni yuzaga keltirdi.
Ekologiya nimalarni o‘rganadi.
Sivilizatsiyaning paydo bo‘lishi inson olov va mehnat qurollaridan
foydalanishni o‘rganib, o‘zi yashayotgan muhitni o‘zgartirish imkoniyatini
qo‘lga kiritgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Shu sababli, tabiatni o‘rganish insoniyat
tarixining beshigidan boshlab amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan. Ibtidoiy
jamiyatda har bir inson o‘zining atrofidagi muhit, tabiat kuchlari to‘g‘risida,
o‘simliklar va hayvonlar to‘g‘risida ma’lum bir bilimga ega bo‘lishi shart edi.
Ibtidoiy inson jonli organizmlarning yashash sharoitiga nisbatan talablari
to‘g‘risida empirik bilimlarga ega bo‘lgan. Ushbu bilimni u yeyish mumkin
bo‘lgan o‘simliklarni izlab topishda to‘plagan.
Bizdan 600 avodlar oldin insoniyatning kelajagini hal qilib bergan
dehqonchilik paydo bo‘lgan. Inson o‘zining atrof muhitga ta’siriga ko‘ra
boshqa organizmlardan farqlanadi. Ushbu farq boshidanoq katta bo‘lib, vaqt
o‘tishi bilan ulkanga aylandi. Sivilizatsiya rivojlangani sari ekologik bilimlar
ham rivojlandi.
Ma’lumki, insonlar o‘zlari bilmagan holda ekologik kuzatuv olib
boradilar. Masalan, baliqchi forel balig‘i oqimi tez bo‘lgan soylarda va
kislorod bilan to‘yingan suvda yashashini, ba’zi bir mayda baliqlar esa sekin
oqadigan yoki turg‘un suvlarni afzal ko‘rishini biladi. Shuningdek, Muzlik
okeani qirg‘oqlarida sherlar yashamasligini, Sahroi Kabirda esa oq ayiqlar
yo‘qligidan hamma xabardor. Ekologik bilimlar elementlari antik dunyo va
O‘rta asrlarda yashagan ko‘p olimlarning asarlarida topilgan. Er. avv. VI-II
asrlarga mansub qadimiy misr, hind, xitoy va yevropa manbalaridan hayvonlar
va o‘simliklarning hayoti hamda sonidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot
olishimiz mumkin.
Hayvonlar ekologiyasining ilk ta’riflarini hind va qadimgi grek
traktatlarida ko’rishimiz mumkin:
“Ramayana”, “Maxabxarata” (e.a. VI-I asrlar) hind traktatlarida –
hayvonlar (50 dan ortiq) hayoti obrazi, yashash joylari, oziqlanishi, ko’payishi,
sutkalik aktivligi, tabiiy sharoit o’zgargandagi hulq-atvori.
Gippokrat (er. avv. 460-377 yy.) muhit omillarining insonlar
salomatligiga ta’siri to‘g‘risida g‘oyalarni ilgari surgan. Aristotel (er. av. 384-
322 yy.) hayvonlarni yashash tarzi va ovqatlanish usuliga ko‘ra tasnifladi –
“Hayvonlar tarihi”. U hayvonlarning 500 dan ortiq turlariga ta’rif bergan va
ularning harakatlari haqida yozgan: baliqlar qishda uyquga ketishi, qushlar
o‘zga yurtlarga uchishi, kakkuning parazitizmi va h. k.lar to‘g‘risida.
O‘rta asrlarda tabiat to‘g‘risidagi fanlar diniy dogmatizm va sxolastika
sababli sekin rivojlangan. Nemis kimyochi olim va shifokori T.Paratselsning
(1493-1451 yy.) asarlari e’tiborga loyiq. Uning tabiiy omillarni dozalash
to‘g‘risidagi g‘oyalari XIX asrda YU.Libix va V.Shelfordlarning asarlarida
rivojlangan edi. Uyg‘onish davrida amalga oshirilgan buyuk geografik
kashfiyotlar yangi mamlakatlarning mustamlakalashuvi, tabiat to‘g‘risidagi
fanlar rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qildi. Mazkur davr yangi yerlar,
ulardagi o‘simlik va hayvonot dunyosining ta’rifi bilan mashxur,
organizmlarga ob-havo-iqlimiy va boshqa omillarning ta’siriga ham katta
e’tibor berilgan.
Mavjudotning uning “organik va noorganik muhitida” ta’riflaydigan
bilimlarda ehtiyoj Aristotel davridan boshlanadi (er. av. 384-322 yy.).
Ekologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixida uchta asosiy bosqichni ajratish
mumkin.
XVIII asrda botanik va zoologik kuzatuvlar shvetsiyalik tabiatshunoslik
olim Karl Linneyning (1707-1778 yy.) “Tabiat tizimi” nomli asarida
umumlashtirildi. Unda havonlar va o‘simliklarni ilmiy tizimlashtirish asoslari
berildi. Olim turlarning doimiyligi gipotezasini taklif etgan bo‘lsa ham, biroq
yashash sharoiti ta’siri ostida boshqa turlarning paydo bo‘lishini tan olgan.
Buyuk fransuz tabiatshunos Jan Batist Lamark (1744-1829 yy.) o‘zining
“Zoologiya falsafasi” nomli kitobida muhitning organizmlarga ta’siri
to‘g‘risida savolni birinchi bo‘lib qo‘ydi, lekin ularni yashash muhitiga
munosabatining sabablarini tushuntira olmadi.
Organik dunyo evolutsiyasining asosiy omillarini ochib bergan
CH.Darvinning (1809-1882 yy.) tadqiqotlaridan so‘ng, nemis zoologi E.Gekkel
(1834-1919 yy. ) CH.Darvinni “yashamoq uchun kurashmoq” degan iborasi
biologiyaning mustaqil sohasi ekanligini birinchilardan bo‘lib tushunib yetdi.
E.Gekkel uni “ekologi” deb nomladi (1866 y.). Mustaqil fan sifatida ekologiya
XX asrning boshida butunlay shakllandi. Bu davrda amerikalik olim
CH.Adame (1913 y. ) ekologiya bo‘yicha dastlabki hisobotni tuzadi, boshqa
muhim umumlashtirishlar va hisobotlar chop etiladi (V.Shelford, 1913 y. , 1929
y., CH. Elton, 1927 y. , R.Gesse, 1924 y. ; K.Raunker, 1929 y. va b.). XX
asrning eng yirik rus olimi V.I.Vernadskiy biosfera haqida fundamental
ta’limotni yaratadi.
Jonli va jonsiz elementlarni o‘z ichiga olgan tabiiy majmualarni
o‘rganish vaqtida fanlar uyg‘unlashuvining zarurligini tushungan birinchi
tabiatshunoslardan biri bo‘lib buyuk nemis olimi Aleksandr Gumboldt
hisoblanadi. Tabiatni yaxlit o‘rganish to‘g‘risida u shunday yozadi: “Mening
e’tiborim kuchlarning o‘zaro harakati, jonsiz tabiatni o‘simlik va hayvonot
dunyosi, ularning uyg‘unlashuviga qilgan ta’siriga qaratiladi”. A.Gumboldt
bilan bir vaqtda tabiatda muhit va organizmlarning birligi mavjudligi to‘g‘risida
mashhur rossiyalik zoolog Karl Rulye ham yozgan (1814-1858 yy.). Ular
tabiiy majmualarni, jonli va jonsiz komponentlar tizimlari to‘g‘risidagi
tasavvurlarni yaxlitlikda tushunish g‘oyalarining asoschilari edilar.
1859 y.da Charlz Darvinning (1809-1882 yy.) “Tabiiy saralash yo‘li
bilan turlarning paydo bo‘lishi” nomli kitobi chiqdi. CH.Darvinning yashash
uchun kurashga nafaqat organizmlarning bir-birlari bilan, balki atrofdagi
jonsiz muhit bilan kurash borasidagi qarashlari ilmiy asosga aylandi, va unga
tayangan holda E.Gekkel 1866 y.da “Tabiat iqtisodiyoti” to‘g‘risidagi fan –
ekologiyani yaratdi. Ernst Gekkel (1834-1919 yy.) ekologiyani “tabiat
iqtisodiyotini o‘rganish, bu bilan birga jonzotlarni muhitning organik va
noorganik komponentlari bilan o‘zaro munosabatlarini tadqiq etish,
jumladan albatta bir-biri bilan kontaktda bo‘lgan hayvonlar va o‘simliklarni
noantagonistik yoki antagonistik o‘zaro munosabatlarini ham o‘rganuvchi fan
deb atadi..
Bir so‘z bilan aytganda, ekologiya – bu Darvin tomonidan yashash uchun
kurashishning sharatlari sifatida qaradigan, tabiatdagi barcha murakkab o‘zaro
aloqalar va o‘zaro munosabatlarni o‘rganadigan fandir.
Darvinizm ikkita biologik fan – genetika va ekologiyaning paydo
bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Ekologiyaning mustaqil fan sifatida oyoqqa
turishida muhim qadam bo‘lib 1877 y.da nemis gidrobiologi K.Myobius
tomonidan ma’lum bir biotopda yashovchi turli xil organizmlarning qonuniyatli
uyg‘unlashuvi sifatida biotsenoz tushunchasi kiritilishi hisoblanadi. Biotop – bu
biotsenoz yashaydigan muhit sharoitlarining majmuidir.
XX asrning boshida botaniklar, zoologlar, gidrobiologlarning ekologik
maktablari shakllanib, ulardan har birida ekologik fanning ma’lum bir
taraflari o‘rganilgan: hayvonlar ekologiyasi, o‘simliklar ekologiyasi,
mikroorganizmlar ekologiyasi, hasharotlar ekologiyasi, o‘rmonlar ekologiyasi
va h. k.
1910 yilda Bryusselning III botanic kongressida o`simliklar ekologiyasi
ikkita qismga bo`lindi: jamiyatlar ekologiyasi (sinekologiya) va turli
ekologiyasi (autoekologiya). Keyinchalik bu bo`linish umumiy ekologiya va
hayvonot ekologiyasiga ham tarqaldi. Autoekologiyani asosida tirik
jonzodlarning
konkret
guruhlarini
(hayvonlarni,
o`simliklarni,
mikroorganizmlarni) va bu organizmlar bilan bog`liq muhitni o`rganish yotadi.
Asrning boshida diqqat markazi ostida bo`lgan zichlik analizi, tugilish, o`lim,
yosh strukturasi va populyatsiya guruhidagi organizmlarning o`zaro
munosabatlarini o`z ichiga olgan populyatsiya konsepsiyasi tasdiqlangandan
keyin sinekologiya autoekologiyaning o`rnini egallab olgan. Bu period
ot`mishdagiga qaraganda ko`proq progressiv bo`lgan.
1926 yilda rus geokimyogari V.I.Vernadskiy (1863-1945 yy.) tirik
jonzodlarning jonsiz tabiat bilan munosabati muammolari haqidagi ishlari yana
ilm dunyosini e`tiborini qaratdi.
XX asrning 80-90 yillarida ekologiyani tabiiy ilm sifatida qarash o`zgardi.
1970 yilgacha unga asosan, biologiyaning bir bo`limi sifatida qaralgan.
Ekologiya o`z ildizlari bilan biologiyaga kirib ketsa ham, u uning
chegaralaridan chiqib, tabiiy, texnik va jamoaviy ilmlar orasida ko`prik xosil
qilgan integrallashgan ta`limotga aylangan.
Rivojlangan mamlakatlarning ba`zi bir universitetlarida ekologiya bo`yicha
distsilinalararo kvalifikatsion darajalar kiritilgan. Ekologiyani nafaqat tabiiy,
balki inson tomonidan hosil qilingan ekosistema fani sifatida ko`rish xozirgi
kunda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Еkologiyaning asosiy qonunlari va тabiatdan oqilona foydalanish
Tabiiy resurslarni ularning tugatilishi va tiklanishi (ya’ni, o‘zini o‘zi
tiklash va yetishtirish imkoniyati) nuqtai nazaridan tasnifi muhim ahamiyatga
egadir.
A. Tugatiladigan tiklanmaydigan: tabiiy resurslarning shunday
qismidirki, u insoniyat tomonidan ulardan foydalangani sari tabiiy muhitdan
“g‘oyib bo‘ladi” hamda insonni xo‘jalik faoliyati sur’ati bilan qiyoslanadigan
vaqt mobaynida biosferadagi moddalar almashinuvi jarayonida o‘z-o‘zidan
tiklanmaydi. Bularga asosan litosfera resurslari kiradi (foydali qazilmalar).
B. Tugatiladigan, lekin tiklanuvchi resurslar (tabiiy yo‘l bilan yoki
insonning ishtirokida). Bularga asosan biologik resurslar – o‘simlik va
faunistik resurslar kiradi.
V. Tugatilmaydigan resurslar. Bularga atmosfera resurslari (va u orqali
o‘tuvchi kosmik energiyasi ham) kiradi. N.F.Reymers tabiiy resurslar deb,
tugatilmaydigan tabiiy resurslarning tuganmas qismini ataydi, ularning
yetishmasligi hozirda sezilmaydi va yaqin kelajakda ko‘zda tutilmaydi
(masalan, quyosh energiyasi resurslari va b.).
So‘nggi yillarda tabiiy resurslarni ularni tiklashning prinsipial
imkoniyati va usuliga ko‘ra tasnifi taklif etilgan. Ushby tasnif tabiatdan
foydalanish nazariyasi ва amaliyoti uchun muhim аhаmiyatga egadir.
Resurslarning uchta guruhi ajratiladi:
1) tabiatan-tiklanadigan – ular qo‘llanilganidan so‘ng tabiiy mexanizmlar
yordamida dastlabki holatigacha tiklanishlari mumkin. Ular orasida ozuqali va
nooziq biomassasi, suv, havo mavjud bo‘lib, ularning regeneratsiyasini
(jumladan tozalanishini ham) biologik iqlimiy va gidrologik jarayonlar
ta’minlaydi. Lekin bunda shuni yozda tutish kerakki, mazkur jarayonlarning
unumdorligi cheklangan bo‘lib, ma’lum mablag‘larni kiritgan holda, inson
ularning intensivligini oshirishi mumkin.
2) antropogen-tiklanadigan resurslar – ular qayta iste’mol qilish uchun
jamiyat tomonidan chiqindilardan tiklanishi mumkin – o‘zining tasarrufida
mavjud bo‘lgan materiallar va energiyadan foydalanish hisobiga (asosan
metallar hamda mineral xom ashyoning boshqa turlari).
3) tiklanmaydigan resurslar – ular qayta foydalanish uchun umuman
tiklanmaydilar (bularga energiya manbalari – ko‘mir, neft, uran va b.lar kiradi).
XX asrning 70-yillarida amerikalik ekolog B.Kommoner tabiatdan
oqilona foydalanish tizimining mohiyatini ochib beradigan to‘rta qoidani
ifodalagan.
1. Barcha narsa barcha bilan bog‘langan. Bu ekotizimlar va biosfera
to‘g‘risidagi qoida.
2. Hamma narsa uchun to‘lash kerak. Bu tabiatdan oqilona
foydalanishning umumiy “qonuni”dir. Chiqindilarni qo‘shimcha tozalash
uchun energiya bilan, hosilni oshirish uchun – o‘g‘itlar bilan, inson
salomatligi yomonlashgani uchun – sanatoriylar va dori-darmonlar bilan
to‘lash kerak.
3. Hamma narsani qayoqqadir yo‘qotish kerak. Bu insonning
xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi qoida bo‘lib, ushbu faoliyatdan chiqindilar
chiqishi muqarrardir. Shu sababli, ularning miqdorini kamaytirish va
keyinchalik ushbu chiqindilarni ko‘mib tashlash to‘g‘risida ham
o‘ylamoq kerak.
4. Tabiatning o‘zi yaxshi biladi. Bu tabiatdan foydalanishning eng
muhim qoidasi bo‘lib, shuni anglatadi: tabiatni bo‘ysundirishga
intilishning o‘rniga, u bilan hamqorlik qilish, oqava suvlarni tozalash
uchun biologik mexanizmlarni qo‘llash hamda madaniy o‘simliklarning
hosilini oshirish kerak. Shu bilan birga, insonning o‘zi ham biologik tur,
tabiatning xo‘jayini emas, balki bir qismi ekanligini unutmaslik lozim.
O‘zini o‘zi tekshirish uchun savollar
1. Oykumena nima degan?
2. “Ekologiya” terminini kim fanga kiritgan?
3. Qadimgi dunyo olimlari ekologiyaning rivojlanishiga qanday hissa
qo‘shdilar?
4. O‘simliklar va hayvonlarni ilmiy tartibga solinishining asoschisi
kim?
5. Ekologiyani rivojlantirishga Ch. Darvin qanday hissa qo‘shgan?
6. Insonlar tabiatga ta’sir ko‘rsatishning qudratli vositasini qachon
qo‘lga kiritdilar?
7. XVIII va XIX asrlar chegarasida ekologiyaning rivojlanishi nimalar
bilan tavsiflanadi?
8. XIX asrning taniqli olimlaridan qaysi biri ekologik yo‘nalishdagi
tadqiqotlar bilan mashhur?
9. Ekologiyaning fan sifatida rivojlanishida qaysi asosiy bosqichlarni
ajratish mumkin?
10. Tabiiy resurslarni ularning tugatilishi va tiklanishi nuqtai nazaridan
qanday tasniflash mumkin?
11. B. Kommoner qonunlarining mohiyati nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |