6. Dvigateldagi joiz yuklama tezlikni rostlash turiga bog‘liq. Tezlikka nisbatan yuklama momentining o‘zgarishi turli sanoat mexanizmlari uchun turlicha- dir. Masalan, ko‘p mexanizmlar o‘zgarmas moment- da tezlikni rostlashni talab etadi. Bunday mexanizmlarga ko‘tarma kranlar, prokat stanlari kiradi. Masalan, tokarlik dastgohida tezlikni rostlash quwat o‘zgarmagan holda amalga oshirilishi kerak. Ba’zi mexanizmlarda mahsulotga ishlov berish jarayonida chiziqli tezlikni (yoki kesish tezligini) o‘zgarmas holda saqlab turish talab etiladi. Bu sharoitda kesish tezligining kuchga ko‘paytmasi o‘zgarmas quwatni beradi.
Prinsipial jihatdan mos ravishda dvigatel quwatini tanlash bilan (katta quwatdagi dvigatel tanlab) tezlik rostlanayotganda quwat yoki yuklama momen- tini har qanday o‘zgarishini ta’minlash mumkin. Lekin bu holda dvigatel tezligini rostlash tejamsiz bo‘lishi mumkin. Chunki dvigateldan turli tezliklarda bir xilda foydalanib bo‘lmaydi va ishlayotganda bir xil tezlikda dvigatel to‘la yuklanmagan bo‘lib qoladi.
Dvigatelning to‘la yuklanmasligi dvigatelni ishlatish (foydalanish) ko‘rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi. Chunki dvigatelning FIK kamayadi, o‘zgaruvchan tokda esa hundan tashqari quvvat koeffitsiyenti ham kamayadi. Shuning uchun iloji boricha dvigatel barcha tezliklarda to‘la yuklangan rostlash usulini tanlash kerak.
Dvigateldagi joiz yuklama uning qizish darajasi bilan cheklanadi. Qizish darajasi o‘z navbatida dvigateldagi energiya sarfiga bog‘liq bo‘lib, bu sarf asosan dvigateldan oqayotgan tok bilan aniqlanadi.
Agar barcha tavsiflarda ishlayotganda tokning qiy- mati dvigatelning nominal toki qiymatiga teng bo‘lsa, bu holat dvigatelni barcha tezliklarda to‘la yuklan- garüigini ko‘rsatadi.
Rostlash tavsifida ishlayotganda, joiz yuklama, tokning nominal qiymati bilan aniqlanadi va turli rostlash usullari uchun turlicha bo‘ladi.
Misol tariqasida mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelini ko‘rib chiqamiz. U ikkita rostlash zonasiga ega. Birinchi zonada rostlash o‘zgarmas momentda amalga oshiriladi. Haqiqatda agar rostlash dvigatelning o‘zgarmas magnit oqimida bosh zanjirdagi qarshilikni yoki kuchlanishni o‘zgartirish nati- jasida amalga oshirilsa, u holda tokning nominal qiymatida moment o‘zgarmas bo‘lib qoladi (3.3- rasm), chunki.
M = K0 I = const.
Bu zonada dvigatel o‘qidagi quwat tezlikka pro- porsional bo‘lgani uchun chiziqli qonuniyat bilan o‘zgaradi:
P2 = Mío.
Ikkinchi zonada esa dvigatel tezhgi magnit oqimini kamaytirish natijasida oshirilganligi uchun rostlash o‘zgarmas quvvatda amalga oshiriladi. (3.3- rasm).
B u holatda tok o‘zgarmay nominal qiymatga ega bo‘lganda magnit oqimi tezlik oshishi bilan giperbola qonuniyati asosida rostlash kerak bo‘ladi, ya’ni
S hunday qilib, momentning tezlikka bog‘liqligi ikkinchi zonada quyidagicha bo‘ladi:
Bu yerdan ikkinchi zonada quwat o‘zgarmas qiy- matga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi:
Boshqa rusumdagi dvigatellaming tezligini rostlashda joiz yuklama shu kabi aniqlanadi. Lekin ventilyatorli yuklama momentiga ega bo‘lgan yuritmalarda dvigatel kichik tezliklarda to‘la yuklanmaydi. Bu yuritmalar tezligini rostlashda tezlik ortishi bilan moment ham orta boradi. Shuning uchun, bunday yuritmalarda yuklama bo‘yicha dvigatel quwatini eng katta tezlik uchun tanlanadi. Qolgan barcha (kichik) tezliklarda dvigatel to‘liq yuklanmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |