O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali


ZAMONAVIY ELEKTRON QURILMALARNI SINASH VA NAZORAT QILISH



Download 0,91 Mb.
bet8/46
Sana12.05.2023
Hajmi0,91 Mb.
#937254
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
Bog'liq
Замонавий электрон муаммолари ЛОТИН

ZAMONAVIY ELEKTRON QURILMALARNI SINASH VA NAZORAT QILISH.
Reja:

  1. Elektron texnikada elementlarni ishlab chiqarishda

qo‘llaniladigan texnik jarayonni sinflanishi.
2. Elektron qurilmalarni sinash.


Tayanch so‘z va iboralar: nazorat, texnik nazorat turlari, chiqishli, uzluksiz, davrli, inspektorlik, yarim avtomatli, avtomatli, ruxsat etilgan, sonli, aktiv, passiv, vizual, tekshiriluvchi, davlat, tajribaviy, normal, mexanik, buziluvchi, buzilmaydigan.


1.Elektron texnikada elementlarni ishlab chiqarishda
qo‘llaniladigan texnik jarayonni sinflanishi.

Nazorat deb ­­- maxsulotni meyoriy - texnik xujjatlarda mos ravishda ishlayotganini baholash maqsadida axborotlarni yig‘ish va ularni ishlash jarayoniga aytiladi.


Radiodetal va radiokomponentlari ishlab chikaruvchi korxonalardagi texnik nazorat turlarini sinflanishi ( klassifikasiya );
1. Ishlab chiqarish jarayoniga ko‘ra;
a) jarayonli ; b) chiqishli;
2. Davriyligiga ko‘ra ;
a) uzluksiz; b) vaqti-vaqti bilan; v) inspektorlik;
3. Nazorat ishida inson ishtirokiga ko‘ra:
a) qo‘lda; b) yarim avtomat ravishda; v) avtomat ravishda;
4. Nazorat natijalarini baholash usulga ko‘ra:
a) ruxsat etilish; b)sanoqli;
5. Nazorat natijalarini baholash usuliga ko‘ra:
a) passiv; b)aktiv;
Tezkor nazorat. Texnalogik jarayon davomida masuliyatli amallar bajarilgandan keyin maxsulotning alohida detallari yoki elementlari ustida nazorat qilishidir.
Chiqish nazorati to‘qliq tayyor maxsulot ustida o‘tkaziladi.
Qarab nazorat qilishda tashqi nuqsonlarni va chizmaga mos kelmasligini ko‘rish mumkin.
Bu usul lupa, mikroskop va oyna orqali aniqlanadi.
Geometrik nazoratda uni xajmi, ko‘rinishi chizmaga mos kelishi tekshiriladi.
Elektr nazorati radiodetallar va radiokomponentlarni tekshirishda asosiy nazorat xisoblanadi. U elementlarning sifatini tekshirishga mo‘ljallangan.
Fizika kimyoviy nazorat radiodetallar va radiokomponentlarni tayyorlashda qo‘llanilgan materiallarni xususiyatlarini o‘rganish uchun ishlatiladi.
Texnalogik nazorat aloxida texnalogik amallarni yoki butun texnalogik jarayonni to‘g‘ri bajarilishini tekshiradi.
To‘liq (100%li) nazorat barcha tayyorlangan detallar va maxsulotlarni operasion va oxirgi tekshiruvida qo‘llaniladi. Uni tayyor maxsulotlarni tekshirishda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Lekin zamonaviy ishlab chiqarishni ommaviyligini xisobga olinsa, to‘liq nazorat o‘tkazish mumkin emas.
Tanlash bo‘yicha nazorat, ya’ni operasion nazoratni keng tarqalgan usuli bo‘lib, unga ko‘ra nazorat maxsulotni bir qismi ustida amalga oshiriladi. Bu nazorat statik deb ataladi. Statik nazorat ikki turda bo‘ladi.

  1. ishlab chiqarish jarayonidagi nazorat;

  2. ishlab chiqarish oxiridagi nazorat;

Uzluksiz nazoratda barcha maxsulotlar doimiy nazorat qilinadi. Vaqti vaqti bilan nazorat qilishda ma’lum vaqtda mahsulot qismlarigini tekshiriladi.
Inspektorlik nazorati tez –tez nosozliklar aniqlanganda yoki texnalogik jarayon buzilishi aniqlanganda o‘tkaziladi.Qo‘lda nazorat qilish og‘ir mehnat talab etadi va qimmat tushadi, shuning uchun kamsonli va bir marotabali ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Yarimavtomat nazroratda nazorat qilinadigan mahsulotni o‘rnatish nazorat qurilmani yoqish va o‘chirish qo‘lda bajariladi, nazorat jarayoni esa avtomat ravishda amalga oshiriladi.
Ruxsat etish nazoratini maqsadi yaroqsiz mahsulotlarni ajrratib tashlashdan iborat. Bu nazoratda mahsulot ko‘rsatkichlari ruxsat etilgan darajaga mos kelish yoki mos kelmasligi aniqlanadi va maxsulot ishlashga yaroqli yoki yaroqsiz ajratiladi. Sanoqli nazoratda mahsulotni eng muhim ko‘rsatkichlarning sonli qiymatlari aniqlanadi.
Aktiv natijalari matematik ishlanadi va texnologik jarayonda nosoz mahlotlarni kamaytirish uchun ishlatiladi. Passiv nazorat natijalaridan texnologik jarayonda foydalanilmaydi, chunki unda ruxsat etilgan baxolash olinadi.
Nazorat turlarining hammasi buzg‘unchi va buzg‘ungchi bo‘linmalarga ajratiladi. Mahsulotni mustaxkamligi va ishonchliligini tekshirishda buzg‘unchi nazorat turidan foydalaniladi, qolgan xollarda buzg‘unchi bo‘lmagan nazoart turidan foydalaniladi.
Elektron qurilmalar ishonchliligini oshirishda elektron hisoblash mashinalari (EHM) alohida o‘rin tutadi. EHM yordamida ishlab chiqarishda har xil masalalar yechiladi; EHM yordamida sinov natijalari ishlanadi, buxgalteriya xisobi va materiallar hisobi. EHM yordamida sinov natijalari ishlanadi, ular asosida har xil yechimlar taqqoslanadi va effektivi tanlanadi.



Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish