O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali


ZAMONAVIY ELEKTRON QURILMALAR ISHONCHLILIGINI OSHIRISH VA TA’MINLASH USULLARI



Download 0,91 Mb.
bet5/46
Sana12.05.2023
Hajmi0,91 Mb.
#937254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Замонавий электрон муаммолари ЛОТИН

ZAMONAVIY ELEKTRON QURILMALAR ISHONCHLILIGINI OSHIRISH VA TA’MINLASH USULLARI.


Reja:

  1. Zamonaviy elektron qurilmalarni yig‘ishda ishonchlilikni oshirish va

ta’minlash usullari.

  1. Zamonaviy elektron qurilmalarni ishlab chiqarishda ishonchlilikni oshirish va ta’minlash usullari.

  2. Zamonaviy elektron qurilmalarni saqlashda va foydalanishda ishonchlilikni oshirish va ta’minlash usullari.



Tayanch so‘z va iboralar: yig‘ish, optimal ko‘rinish, materiallarni tanlash, himoya qatlamlar, rejimlar, tashqi omillar, ishlab chiqarish, texnik jarayonni buzilishi, aniqlik, nazorat, avtomatlash, saqlash, foydalanish, tekshirish, tashkillash darajasi.



  1. Zamonaviy elektron qurilmalarni yig‘ishda ishonchlilikni oshirish va ta’minlash usullari.

Elementlar va komponentlar ishonchliligini saqlash hamda oshirish tadbirlari ularni loyixalashtirish, ishlab chiqarish, saqlash va elektron qurilmalar tarkibida ishlatish vaqtida amalga oshiriladi. Umuman elektron texnika ishonchliligi darajasi loyixalashtirish va ishlab chiqarish jarayonida amalga oshadi. Ishlatish davridagi ba’zi tadbirlarni qo‘llash orqali elektron qurilmalar ishonchliligini nafaqat ishlab chiqarishdagi darajasida ushlab turish, balki ishonchliligini oshirish ham mumkin. Bunday ishonchlilikka avvalo, doimiy ravishda buziladigan elementlarga qo‘shimchalar kiritish orqali erishiladi.


Elementlar va komponentlar loyixalashtirishda ishonchlilik har xil yo‘llar bilan ta’mnlanadi.
Bu yo‘llarga quyidagilar kiradi:

  • mahsulotni optimal ko‘rinishlarini tanlash;

  • mahsulotga ishlatiladigan materiallarni to‘g‘ri tanlash;

  • effektiv ximoya ko‘rsatkichlaridan foydalanish;

  • maxsulot konstruksiyasining texnologikli;

  • elementlarni ishlatish sharoitida ularni qanday tayyorlanganligini xisobga olish;

  • elektr sxemalarni yaratishda elementlar ko‘rsatkichlarini xisobga olish;

  • elementlar ishlashda elektr va issiqlik rejimlarini yengillashtirish ko‘rinishini yaratish;

  • elektron texnika elementlardan foydalanish vaqtida yuqori va past xaroratlardan, namlikdan, tebranishlar va boshqa ta’sirlardan ximoyaqilish.

Elektron tizimlarni talab etilgan darajada ishonchlilik ko‘rsatkichlarini ta’minlash nafaqat loyixalashtirish davrida balki ishlatish (foydalanish) davrida ham juda zarur 20. Katta xajmdagi og‘ir mexnatdan qutilish, ishonchlilik ko‘rsatkichlarini sezilarli darajadagi aniqligini oshirish, tezkor xisobini bajarish imkonini “tizimlar ishonchliligini baxolash uchun avtomatlashtirilish” tizimlar paketi tezkor baholash imkonini beradi. AIO‘ ning grafik interfeysini sodda va qulayligi bu sohada mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Murakkab elektron texnikasni ishonchliligini oshrishi uchun maxsus choralar ko‘rmasdan va ishlatishga to‘g‘ri yondoshmay turib uni effektiv ishlashini ta’minlab bo‘lmaydi. Zamonaviy elektron vositalarini loyixalashtirish texnologiyasida maxsulotni yaratish vaqtida yangi konsepsiyalar usullar va ishonchlilikni ta’minlash vositalarisiz amalga oshirilmaydi.
Ishonchlilik masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassilarni ish unumdorligini oshirish uchun “AIO‘ ishonchlilik” dasturi yaratilgan. Bu dasturga ko‘ra radio elektron tizimni loyixalashtirishni xar qaysi pog‘onasida ishonchliligini xisoblash va avvaldan bilish mumkin.
Bundan tashqari dasturda texnik vositalarini ishonchliligi xaqidagi statistik axborotlarni ishlash, analiz qilish va texnik vositalarning ishonchliligini xisoblashning yangi usullarini o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. Radioelektron tizimlarini ishonchliligini baxolash ishlari standartlar va texnik adabiyotlar bilan aniqlangan.
Radioelektron tizimlarini ishonchlilik ko‘rsatkiklarini aniqlash va baxolashda quyidagilarni ajratish mumkin;
- ishonchlilik ko‘rsatkichlarini xisoblash;
- radioelektron tizimlarini monitoringi;
- me’yoriy xujjatlarni tuzish.
Aloxida radioelementlar ishonchlilik ko‘rsatkichlarini xisoblash ishonchlilikning umumiy ma’lumotnomasidan foydalanib amalga oshiriladi 1 yoki Amerika xarbiy standarti MIL – HDBR –217F 2 ga ko‘ra amalga oshiriladi. Xisoblash boshlashdan oldin ishlab chiqarish jarayoni qo‘llanilayotgan texnologiya va ishlab chiqarishdagi ishlash usuli, hamda elementlarni sharoitlari bilan tanishish kerak.
Bloklar kurilmalar va maxsulot ishonchliligi elementlarining umumiy ishonchlilik kursatkichlari orkali xisoblanadi. Bu ma’lumotlar dasturning elektron bazasida yoki texnik xujjatlarda keltirilgan bo‘ladi.




  1. Download 0,91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish