O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Download 52,96 Kb.
bet1/6
Sana18.07.2022
Hajmi52,96 Kb.
#822889
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Узбек ёзувининг шаклланиши


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


Islom Karimov nomidagi
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI

______________________________” kafedrasi

________________________________” fanidan



Bajardi: ________________________________ guruhi talabasi
___________________________________
Qabul qildi: _____________________________
Olmaliq – 2022
OʼZBEK YOZUVINING SHAKLLANISH TARIXI

Saytimizga xat keldi: tarix zarvaraqlarida ijod (jurnalistika!) poydevori


Oʼrta Osiyodagi xalqlar, shu jumladan oʼzbek xalqi juda qadim yozuv madaniyatiga ega xalqlardan biridirlar. Ular oʼtmishda turli yozuvlardan foydalanib kelganlar. Bu yozuvlar oʼz tizimiga koʼra, asosan fonografik-harf-tovush yozuvlardan iborat boʼlgan. Bunda soʼgʼd, pahlaviy, urxun-enasoy (runik), uygʼur, arab yozuvlari ahamiyatli. Yuqoridagi yozuvlar deyarli oromiy yozuvi bilan bogʼliq holda shakllangan.
Oromiy yozuvi. Qadimiy finikiy (som) yozuvi asosida paydo boʼlgan konsonant (undosh) deb ataluvchi yozuvdir. Bu yozuv miloddan avvalgi. 1-ming yillik boshlarida paydo boʼlgan. Koʼchmanchi asli arabistonlik som qabilalariga mansub oromiylar mil.av. XIV-XI asrlarda Gʼarbiy Osiyo yerlariga kelib oʼrnashgan, oromiylar mil.av. 1-ming yillik boshida Finikiya (hozirgi Suriyaning bir qismi) da Finikiya yozuvi bilan tanishadilar va uni oʼzlariga — oromiy tiliga moslashtiradilar. Dastlab oromiy yozuvi finikiy yozuvidan fark kilmagan. Mil.av. 1-ming yillik oʼrtalarida ular finikiy yozuviga ayrim oʼzgarishlar kiritishadi, yaьni, koʼplab harflarning shakllarini soddalashtirganlar. Oromiy yozuvi tez va koʼp yozish zaruriyatidan, yaʼni savdo-sotiq va maьmuriy- xoʼjalik ishlarida keng qoʼllanilishi uchun zarur boʼlgan. Oromiy yozuvi 22 ta undosh harfdan tashkil topgan. Oromiy yozuvida soʼzlar tik chiziq yoki nuqta bilan ajratib yozilgan. Keyinchalik soʼzlar ularning oʼrtasida boʼsh joy qoldirish bilan ajratilgan. Gʼarbiy Osiyoda oromiy tili va yozuvi mil.av. VIII asrdan xalqaro til va yozuv darajasiga erishgan. Аsta-sekin bu yozuvi arablar, forslar, uygurlar va boshqa xalqlar oʼzlashtirib, oʼz tillariga moslashtirishgan.
Miloddan avvalgi IV asrda oromiylar va arablarning assimilyatsiya boʼlishi, keyingi asrlarda arab tili va islom dinining hukmron mavqeini egallashi natijasida oromiy yozuvi muomaladan yoʼqolgan. Oromiy yozuvi bitilgan eng qadimiy bitiklar mil.av. IX-VIII asrlarga oiddir. Mil.av. II-I asrlardan milodiy VIII-asr oʼrtalarigacha qadimiy Xorazm davlati tilida (xorazmiy tilida) oromiy alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanilgan. Tuproqqalʼadan topilgan Xorazm arxiviga oid hujjat shundan dalolat beradi.
Sugʼd yozuvi oromiy asosida shakllangan harf-tovush yozuvidir. Bu yozuv qariyb ming yil davomida hozirgi Oʼzbekiston va qisman Tojikiston yerlarida (Zarafshon vodiysi) joylashgan qadimiy Sugʼdiyonada qoʼllanilgan. Sugʼd yozuvining milodimiz boshlariga oid eng qadimiy namunasi Oʼzbekistonda Samarqand yaqinidagi Talibarzu tepaligidan topilgan. Eng keyingilari esa VIII asrga oid boʼlib, 1933-yilda Tojikistondagi Mugʼ qalʼasi xarobasidan topilgan Panjakent hokimi Divashtich arxivining qoldiqlaridan iborat. Hujjatlarning aksar qismi charm, qogʼoz, taxtachalarga sugʼd yozuvida, turkiy tilda bitilgan.

Download 52,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish