sh” va “ы” harflaridan tashqari 4 ta qoʼshimcha harf (“oʼ”, “q”, “gʼ”, “h”) kiritilgan.
Mutaxassislar bir necha bor kirill alifbosining oʼzbek alifbosi uchun qulay emasligi haqida uzoq vaqt munozara yuritdilar va oʼzbek tili tovush qurilishini toʼla, toʼgʼri ifodalanishi uchun lotin alifbosiga oʼtish dolzarb boʼlib qoldi. Istiqlol sharofati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993 yilning 2 sentyabrida “Lotin yozuviga asoslangan oʼzbek alifbosini joriy etish toʼgʼrisida”gi Qonunni qabul qildi. Bu qonunga va uni amalga kiritish tartibi haqidagi Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaroriga Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2004 yil 30 aprelda oʼzgarishlar kiritadigan qonun qabul qilindi. Bu Qonunga koʼra yangi alifboga oʼtish 2010 yilning 1 senyabriga qadar amalga oshirilishi belgilangan edi. Bu alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |