Аrab yozuvi somiy harf-tovush yozuvining eng yosh, nisbatan keyin yuzaga kelgan tarmogʼidir. Bu yozuv islom dinining paydo boʼlishidan bir oz avvalrok qoʼllana boshlagan. U kelib chikishi jihatidan nabotiy (nabatey) yozuvi orqali oromiy yozuviga borib taqaladi. Аrab yozuvi mohiyat eʼtibori bilan konsonant yozuvidir. U miloddan avvalgi soʼnggi asrlarda oromiy yozuvi negizida yuzaga keladi. Nabotiy yozuvi ham, oromiy yozuvi kabi, 22 undosh harfdan iborat boʼlgan, ammo bu yozuv oromiy yozuvidan chiziqlarning nozikligi, qoʼshuvchi belgilarning koʼp qoʼllanishi, harflarning soʼz boshida va oxirida turli xil koʼrinishga ega boʼlishi bilann farq qiladi. Dastlab nabotiy yozuvi oromiy tili ifodasi uchun qoʼllangan. Milodiy III asrdan nabotiy yozuvida arabizmlar paydo boʼlgan. IV asrdan esa u arab tili ifodasi uchun qoʼllana boshlagan. Аrablar islom dinini qabul qilganlaridan keyin (VII asrning 1-yarmi) arab yozuvining 2 ta asosiy grafik koʼrinishi yuzaga kelgan: Kufiy (qadimgi shakli) va nasx. Kufiy xatida (Frot daryosi boʼyidagi Kufa shahar. nomidan olingan) harflar yirik va deyarli alohida-alohida yozilgan, asosan Qurʼoni Karimni koʼchirishda, shuningdek, turli yodgorliklar, tangalar, davlat hujjatlarida foydalanilgan. Nasx xati hozirda. kitobiy yozuvga asos boʼlgan, u asosan adabiy va ilmiy matnlarni koʼchirishda ishlatilgan.
VIII asrning oxirlariga kelib, Аrab xalifaligi bir qancha mustaqil davlatlarga boʼlinib keta boshladi. Аmmo bu davlatlarga arab tili va yozuvning hukmron mavqei bari- bir saqlanib qolaveradi, lekin shu bilan birga arab yozuvining birmuncha farqli tomonlarga ega boʼlgan yangi grafik koʼrinishlari vujudga kela boshladi. Shu tariqa arab yozuvining juda koʼplab turli koʼrinishlari yuzaga kelgan (nastaʼliq, taʼliq, riqʼa, suls va h.k.). Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonda hukmronlik qilib turgan vaqtida arab yozuvining turli shakllarida yoziladigan bir xat yaratgan. Bu xatda arab yozuvi turkiy til ifodasi uchun moslashtirilgan boʼlib, u nozik va ingichka bir shaklda yozilgan. Bobur tarafidan ixtiro etilgan bu xat «Xatti Boburiy» deb atalgan va shu nom bilan keng shuhrat qozongan.
Аrab tilining muhim xususiyatlaridan biri undosh tovushlarining koʼpligidir. Аmmo qadim. Аrab yozuvida oromiy va nabotiy yozuvlaridagi kabi hammasi boʼlib 22 undosh harf boʼlgan, hatto harflar shakllarini soddalashtirish natijasida ayrim harflar qisqarib, undosh harflar soni 17 taga kelib qolgan edi. Аrablar islomni qabul qilganlaridan keyin Qurʼoni Karimni toʼgʼri va aniq oʼqish zarurati arab yozuvidagi harflar sonini koʼpaytirish va turli qoʼshimcha belgilar qabul qilishini taqozo qildi. Аna shu zaruriyat bilan undosh harflarning ustiga va ostiga bittadan uchtagacha nuqta qoʼyib, undosh harflarning maʼnolari farqlana boshladi. Natijada arab alifbosidagi harflar soni 28 taga yetdi. Hozirgi. arab yozuvidagi 28 ta harf va bir qancha diakritik belgilar tilining tovush qurilishini toʼliq aks ettirishga yordam beradi.
Forslar va turkiy xalqlar arab yozuvini qabul qilib, arab tilida boʼlmagan, lekin oʼz tillarida boʼlgan tovushlar – p, ch,j («gijda» soʼzidagi kabi ), g tovushlari uchun alifbodagi muayyan harflarga tegishli belgilar qoʼyib, yangi harflar yaratib, alifbodagi harflar sonini 32 taga yetkazganlar. Oʼzbek xalqi ham asrlar davomida ana shu moslashtirilgan arab yozuvidan foydalanib keldi(eski oʼzbek yozuvi). Oʼrta Osiyodagi yashab ijod qilgan buyuk allomalar bu yozuvda bitilgan ulkan va betakror ilmiy madaniy meros qoldirganlar. Shoʼrolar tuzimi hukm surgan 1920-1921 yillarda arab yozuvi isloh qilinib, Oʼzbekistonda 1929 yilgacha qoʼllanilgan. Shundan soʼng 1929-1940 yillarda yurtimizda lotin yozuvi asosidagi oʼzbek alifbosi joriy qilingan. Soʼngra bir qancha bahs-munozaralardan soʼng sobiq Ittifoq taziyiqi bilan 1940 yildan Oʼzbekistonda krill-rus yozuvi asosidagi alifbo joriy etilgan. Rus alifbosi 33 harfdan iborat boʼlib, uning asosida hozirgi oʼzbek alifbosi 35 harfdan iborat holda tashkil etilgan. Rus alifbosidagi “
Do'stlaringiz bilan baham: |