O'zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Download 0,65 Mb.
bet11/15
Sana13.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#786064
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
NMKT Loyihalash kurs ishi Anvar

9.4.-rasm. Barabanli donadorlash-qurutgichi (BDQ):
1 — aylanuvchi baraban korpusi; 2 — tayanch rolik; 3 - qisgich rolik; 4 — elektrodvigatel; 5 — reduktor; 6 — tishli gildiraklar; 7 – qaytargich shnek; 8 — ko‘tarib tashlovchi moslama; 9 — yuklash kamerasi; 10 — forsunka; 11 — tashqi returni uzatish uchun quvur; 12 — issiklik gazi uchun quvur; 13 - parrakli qabul qiluvchi moslama; 14 — tishli chambarak; 15 — tagi yopiq konus; 16 — chiqarish kamerasi.
Issiqlik yuklash kamerasiga quvur 12 orqali kiradi. Ko‘tarib tashlovchi moslama quritilayotgan donachalarning erkin tushishidan donalar oqimi xosil qiladi. Bu pardadagi donachalarga changlatilgan suspenziyaning mayda tomchilari yopishadi va uning qurishi natijasida donachalar yiriklashadi. BDK dan chiquvchi gazning xarorati 120-125°S bo‘ladi. U changdan dastlab siklon (chang to‘tgich) da, so‘ngra esa absorbsion qurilmada yuvish orqali tozalanadi.
BDK apparatlari bir-biridan tuzilish qismlari bilan farqlanadi va muntazam takomillashtirib borilmokda. Ularning ayrimlarida donadorlash va quritishdan tashqari sovutish va donachalarga ajratish xam amalga oshiriladi.
BDK dan 2-3% namlik bilan chiqadigan quruk donachalar xarorati 100-105°S bo‘ladi. Sxemada (3 — rasm) ko‘rsatilishicha, ular elevator 10 bilan elak 11 ga uzatiladi, u erda maxsulotga tegishli fraksiyalar (1-4 mm) ajratiladi. Yirik fraksiyalar tegirmon 12 da maydalangandan so‘ng yana elakka

qaytariladi, maydasi esa to‘tib kolingan chang bilan birgalikda BDK apparatiga tashki retur sifatida qaytariladi. Retur soni (retur massasining maxsulot massasiga nisbati) 1-2 oraligida bo‘lishi kerak.


BDK apparatida suspenziyadan suvning bug‘lanishiga qarab undagi suyuq fazada erkin N3R04 konsentratsiyasi ortadi, erigan monokalsiyfosfat konsentratsiyasi kamayadi, shuning uchun N+ ionlarining aktivligi oshadi. Bu esa dikalsiyfosfat quyqali katlamining qisman erishini ta’minlaydi va fosforit zarrachalarining parchalanishi davom etadi. Quritilgan qo‘shaloq superfosfatda uning parchalanish koeffitsienti 80-85% ga etadi. Quritilgan donador qo‘shaloq superfosfatning kislotaliligini kamaytirish uchun donachalar aylanuvchi barabanda bur bilan changlatib yoki ammoniylashtirilib neytrallanadi. Barabanli ammoniylagich 13 da ammiak kollektor orqali donachalar katlami ostiga beriladi. Ammoniylashtirishda ajraladigan issiklikni yo‘qotish uchun barabanga qarama-qarshi tomondan xavo oqimi kiritiladi. Ammoniylashtirgichlan chiqadigan maxsulotning xarorati 40-45°S bo‘ladi. Xavo oqimi bilan chiqadigan chang siklon (chang tutgich) 14 da, so‘ngra esa absorbsiya qurilmalarida — ftor birikmalari va ammiak yuvishda ushlab qolinadi. 9- va 14-siklonlarda ushlab qolingan chang returga qo‘shiladi. Ammoniylashtirishdan so‘ng maxsulotdagi erkin fosfat kislota 4-5% R2O5 (uzlashadigan R2O5 43-47% ) gacha kamayadi.
Qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishning oqimli usullarida suspenziyani quritish jarayonida fosforit va ekstraksion fosfor kislotadagi ftorning 50-55% i gazli fazaga (NF va SiF4 aralashmasi tarzida) ajraladi. CHiqadigan gaz mikdorining ko‘pligi va ularda chang mikdorining yuqori darajada bo‘lishligi ftoridlar absorbsiyasini etarli darajada qiyinlashtiradi va olinadigan kremneftorid kislotaning sifatini yomonlashtiradi. CHiqindi gazlarini tozalash sistemalariga siklonlar (changlarni tutib qolish uchun) va absorberlar kiradi. Absorbsiyalashning uch bosqichli sxemasida odatda mexanik absorberlar va Venturi absorberlari ishlatiladi. CHangli gazlarni tozalashda, shuningdek SiF4 ning gidrolizlanishi natijasida kremnegel cho‘kmasi ajraladigan xollarda qayta tiklanadigan shar to‘ldirgichli absorberlar (5.5 — racm) yoki ko‘pik qatlam stabilizatori bo‘lgan ko‘pikli absorberlar (5.6 — rasm) ishlatiladi. Apparatda stabilizator sifatida vertikal plastinkadan iborat yuz teshikli panjara qo‘llaniladi, shu xisobiga qurilmada gaz tezligini oshirish mumkin bo‘ladi. CHiqindi gazlarini to‘laroq tozalash maqsadida adsorbsiyaning oxirgi bosqichida oxak suti beriladi, bu esa chiqindi gazidagi ftor konsentratsiyasini 2-3 marta kamaytiradi.
Qo‘shaloq superfosfatning yuqori xarorat (130-140°S) dagi qisqa muddat (30-40 mino‘t) li quritilishini amalga oshirish orqali uning ancha chuqur degidratlanishiga erishish mumkin, buning natijasida monokalsiyfosfat kam eriydigan polifosfatlarga aylanadi. YUqori darajadagi ozuqa elementlari (60-65% P2O5 um. 52-56% P2O5 uz. 18 - 32% P2O5) bo‘lgan bunday o‘g‘itlar — tuproqdagi fosfor zaxirasini uzok vaqt saqlab turuvchi sekin ta’sir etuvchi o‘g‘itlar qatoriga kiradi.
Qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishning oqimli usullarini sanoatda to‘la egallangandan so‘ng, kamerali usullarni — omborli etiltirishdan so‘ng, donadorlash va quritishda oqimli sxema usullaridan foydalanilgan xolda amalga oshirishga katta e’tibor berila boshlandi. Bunday jarayon kamera-oqimli usul deyiladi. Bunda oson parchalanadigan mayda zarrachali fosforit uni (0,074 mm dan yirik zarrachalar mikdori 20% dan oshmasligi kerak) va 47-49% P2O5, li fosfor kislota ishlatiladi.


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish