O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI «ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» fakulteti
«Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi
« Sun’iy intellekt asoslari» fanidan “Dasturlash asoslari va uning imkoniyatlari” mavzusida
MUSTAQIL ISH
Bajardi: 138-19 guruh talabasi Rahimov Jamshid
Qabul qildi: PhD dots. Yeshmatova B.I
Toshkent – 2022
DASTURLASH ASOSLARI VA UNING IMKONIYATLARI MUNDAREJA KIRISH …………………………………………………………….. I-BOB. DASTURLASH ASOSLARI VA UNING IMKONIYATLARI………………………………………………. 1.1.Algoritmlash haqida tushuncha……………………………………..
1.2. Dasturlash tillari haqida tushuncha……………………….………....
1.3. Dasturlash tillari haqida tushuncha……………………….………...
II-BOB. PASKAL DASTURLASH TILINI MATEMATIK VA FIZIK MASALALARIGA TADBIQI HAQIDA……................ 2.1. Paskal dasturlash tilini matematik masalalarga tadbiqi…… ……..
2.2. Paskal dasturlash tilini fizik masalalarga tadbiqi…………………..
III-BOB. PASKAL DASTURLASH TILINI OLIY MATEMATIKA MASALALARIGA TADBIQI……………..... 3.1. Paskal dasturlash tilida qatorlarni hisoblash……………………….
3.2. Paskal dasturlash tilida oliy algebra masalalarini yechish………....
3.3. Xususiy hosilali differentsial tenglamalarni taqribiy yechish…...
XULOSA………………………………………………………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………………………………………………
K I R I SH Insoniyat tarixining ko‘p asrlik tajribasi ezgu go‘yalardan va sog‘lom mafkura hamda zamonaviy bilimlardan maxrum har qanday jamiyat uzoqqa bora olmasligini ko‘rsatdi. Shuning uchun, mustaqillikka erishgan mamlakatimiz o‘z oldiga ozod va obod vatan, demokratik jamiyat barpo qilish, erkin va farovon hayot qurish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish kabi muhim vazifalarni qo‘ydi. Bu vazifalarni hal qilish asosan yosh avlod zimmasiga tushadi. Yoshlarni kelajak jamiyatning faol quruvchilari bo‘lishi uchun ularni fan va texnikaning eng ilg‘or yutuqlari hamda kuchli bilimlar bilan qurollantirish, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay bilish ana shu yo‘ldagi eng muhim talablardan biri hisoblanadi. Bu narsa ayniqsa EHM bilan aloqador kundalik masalalarni yechishda yaqqol ko‘rinadi. Demak, yoshlardan zamonaviy EHMlar bilan ishlashni o‘rganish, halq xo‘jaliginining turli masalalarini yechishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot bilan tanishish hamda dasturlash vositalari yordamida hali EHMda yechilmagan masalalar uchun yangi dasturlar yaratishni talab qilinadi.
Darvoqi, har bir jamiyatning bugungi kuni va kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
Respublikamizda oshiralayotgan islohotlarining bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kushi – har tomonlama rivojlangan barkamol insondir. Mamlakatimizda rivojlanishning muhim sharti zаmonaviy iqtisodiyot fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlanishlarning takomillashgan tizimini yaratishdan iborat.