O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Gidrostatikaning asosiy tenglamasi



Download 14,74 Mb.
bet6/118
Sana04.06.2022
Hajmi14,74 Mb.
#636180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
Г-ка узбек

Gidrostatikaning asosiy tenglamasi

Gidrostatik bosimning muvozanat holatdagi suyuqlik hajmiga ta’sir etish qonuniyatini topish uchun suyuqlikning erkin sirtidan h chuqulikda joylashgan A nuqta atrofidagi gidrostatik bosim kuchining taqsimlanishini o’rganamiz. Ushbu idishdagi suyuqlik hajminng ixtiyoriy (A) nuqtasidagi (1.3- rasm) gidrostatik bosim kuchining o’zgarish qonuniyatini aniqlash maqsadida ushbu nuqta atrofida joylashgan va qirralarining o’lchamlari δx, δy va δz bo’lgan elementar parallelopipedni ajratib olamiz hamda uning muvozanatini o’rganamiz.

1.3- rasm. Gidrostatikaning asosiy tenlamasiga doir chizma.

Ajratib olingan parallelopipedning muvozanatini ta’minlash uchun unga tashqi gidrostatik bosim kuchlarinini ta’sir ettiramiz. Chizmada tasvirlanganidek parallelopipedning yon yoqlariga ta’sir etuvchi gidrostatik bosim kuchlari o’qlar yo’nalishlari bo’yicha 1 indeks va teskari yo’nalishdagilari 2 indekslari bilan tasvirlangan (1.4.- rasm), yani Px1, Px2, Py1, Py2, Pz1, Pz2. Parallelopiped gidrostatik bosim kuchlaridan tashqari o’zining og’irligi ta’sirida ham muvozanat holatida bo’ladi. Massa tufayli yuzaga keladigan kuchlarning teng ta’sir etuvchisi umumiy holatda quyidagicha belgilanadi: Fx∙ρ∙δW = Fx∙ρ∙δxδyδz, bu yerda δW- ajratib olingan elementar parallelopipedning hajmi.


Ushbu kuchlar ta’sirida ajratib olingan elementar parallelopiped muvozanat holatida bo’ladi. Ularning o’qlar yo’nalishlari bo’yicha muvozanat tenglamalarini yozish mumkin, jumladan barcha kuchlarning Ox o’qiga olingan proyeksiyasi quyidagicha:
Fx∙ρ∙δxδyδz + Px1δyδz - Px2δyδz = 0 (1.14)

Soddalashtirilgandan so’ng tenglama quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:


Fx∙ρ∙δx = Px2 - Px1 (1.15)


Xuddi shuningdek qolgan 2 ta o’qlar yo’nalishlari bo’yicha ham kuchlarni proyeksialab, quyidagini hosil qilamiz.


Fy∙ρ∙δy = Py2 Py1 (1.16)


Fz∙ρ∙δx = Pz2 Pz1

Agar suyuqlik muvozanat holatda bo’lsa va unga massa tufayli kuchlar ta’sir etayotibdi deb o’rganilsa, u holatda ularning o’qlar yo’nalishlari bo’yicha qiymatlari.


Fx = 0; Fy = 0; Fz = - g.

Ushbu bog’lanishdan so’ng muvozanat tenglamasi:


Px1 = Px2
Py1 = Py2 (1.17)
Pz1 = Pz2 + ρ∙g∙δz


1.4- rasm. Elementar parallelopipedning muvozanatiga doir chizma.
Shunday qiilib, ajratib olingan elementar hajmli parallelopipedga gorizontal tekislikda ta’sir etuvchi gidrostatik bosim kuchlari o’zaro muvozanatlashar ekan va unga faqat vertical yo’nishdagi kuch ta’sir etadi deb o’rganiladi. Tenglamaga qo’shimcha belgilashlar kiritib, parallelopipedning muvozanat holatiga oid bo’lgan natijaviy tenglama quyidagicha yoziladi.

P1 = P2 + γδz = P2 + γ∙(z2 – z 1) (1.18)


Ushbu tenglamaning o’zgartirilgan variantdagi 2ta ixtiyoriy kesimlarga taaluqli bo’lgan ifodasi.


z1 +  z2 +   yoki umumiy ko’rinishda
z +   = const. (1.19)
Hosil qilingan tenglama gidrostatikaning asosiy tenglamasi deb yuritiladi va unga binoan idishning A nuqtasidagi gidrostatik bosim kuchining qiymati quyidagi bog’lanish asosida aniqlanadi.
P А = P 0 + γ∙h (1.20)
Bu yerda:
P0 – suyuqlikning erkin sirtidagi atmosfera bosimi;
PA – idishning A nuqtasidag gidrostatik bosim kuchi;
γ – suyuqlikning solishtirma og’irligi.
Shunday qilib, ta’kidlashimiz mumkinki, gidrostatikaning asosiy tenglamasiga binoan idishning istalgan nuqtasidagi gidrostatik bosim kuchi suyuqlikning erkin sirtidagi atmosfera bosimi bilan suyuqlikning og’irligi tufayli hosil qilinadigan bosimlar yig’indisidan iborat bo’lar ekan.
Nazorat savollari:

  1. Gidravlika nimani o‘rganadi.

  2. Gidravlika fanining rivojlanish tarixi.

  3. Gidroststik bosim va uning xossalari.

  4. Suyuqliklardagi zichlik, solishtirma og‘irlik, issiqlikdan kengayish va siqilishi.

  5. Suyuqliklardagi qovushqoqliklar.

  6. Gidrostatikanig asosiy tenglamasi.

  7. Areometr yordamida nima aniqlanadi?

  8. Puazeyl formulasini yozing va u yordamida nima aniqlanadi?

  9. Harorat ortishi bilan qovushqoqlik qanday o’zgaradi?

  10. Gidrostatikanig asosiy tenglamasiga binoan nima topiladi?



Download 14,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish