O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Download 14,74 Mb.
bet26/118
Sana04.06.2022
Hajmi14,74 Mb.
#636180
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   118
Bog'liq
Г-ка узбек

10- MA’RUZA
10-Mavzu. Nikuradze tajribasi va grafigi. Mahalliy qarshiliklarda energiya yo’qotilishini vujudga kelish sabablari. Mahalliy qarshiliklardagi energiya yo’qolishini aniqlash.
Reja:

  1. Suyuqliklarning joydagi, o’rtacha va tebranuvchi tezliklari.

  2. Turbulent harakat tartibi vaqtidagi napor bosimining yo’qotilishi.



Tayanch so’zlar: termogidrometr, tezlik pulsatsiyasining grafigi, o’rtacha va tebranuvchi tezliklar, oniy va o’rtacha tezliklar, tenglashtirilgan tezlik, oniy tezlik,bosimning pasayishi


10.1. Suyuqliklarning joydagi, o’rtacha va tebranuvchi tezliklari

Turbulent harakat qilayotgan suyuqlik biror nuqtadagi tezlikning koordinata o‘qlaridagi proeksiyalarini tekshiramiz. Misol uchun tezlikning oqim yo‘nalishidagi proeksiyasi bo‘lsin. U holda ux ning miqdori vaqt davomida ortib va kamayib boradi. Bu o‘zgarishni grafik ko‘rinishda ifodalasak u 10.1- rasmda tasvirlangan grafikka o’xshaydi va ux tezlik proeksiyasining pulsatsiyasi deb ataladi. Tezlikning boshqa o‘qlardagi proeksiyalari (uy, uz) uchun ham xuddi shunday pulsatsiya grafiklari tuzish mumkin. SHunday qilib, tezlik pulsatsiyasi uning biror yo‘nalishdagi proeksiyasini vaqt davomida ortib va kamayib borish hodisasidan iborat. Uni tajribada tezlik o‘lchovchi asboblar yordamida (masalan, Pito trubkasidagi suyuqlik sathining o‘zgarishini sezgir mikromanometrlar yordamidagina) kuzatish mumkin. Oqayotgan suvda suv o‘tlari novdalarining to‘xtovsiz tebranma harakat qilishi ham bizga pulsatsiya hodisasini ko‘rsatadi. Tezlikning oniy miqdori doimo o‘zgarib turgani uchun gidrodinamikada tenglashtirilgan tezlik tushunchasi kiritiladi va u ancha uzoq vaqt ichida tezlik qabul qilgan qiymatlarning o‘rtachasi bo‘ladi.


Tenglashtirilgan tezlik tushunchasini ko‘z oldimizda keltirish uchun 10.1- rasmdan foydalanamiz. Grafikda tezlikning o‘zgarishini to‘liq xarakterlash uchun yetarli bo‘lgan t1 vaqt intervalini olamiz va grafikda vaqt o‘qiga parallel qilib, shunday AB chiziq o‘tkazamizki, hosil bo‘lgan ABCD to‘rtburchakning yuzi SABCD pulsatsiya grafigining t1 oraliqdagi bo‘lagi bilan DC chizig‘i orasidagi yuza SABCD ga teng bo‘lsin. U holda ABCD to‘rt burchakning balandligi tenglashtirilgan tezlikka teng bo‘ladi va ux bilan belgilanadi.
Yuqorida aytib o‘tilganlar turbulent harakatning beqaror harakat ekanligini ko‘rsatadi. Agar biz pulsatsiya grafigida t1 interval davomida yetarli darajada uzun t2 interval olsak va bu interval bo‘yicha tenglashtirilgan tezlikni topsak, t3 davomida avvalgidek uchinchi interval olib yana tenglashtirilgan tezlikni topsak va bu ishni davom ettirib borsakda, barcha bu intervallar uchun olingan tenglashtirilgan tezliklar bir-biriga teng bo‘lsa, bunday harakat – suyuuqlikning turbulent harakati davomidagi barqaror harakatga oid bo’lgan tezlik grafigini ifodalaydi.



10.1- rasm. Turbulent harakat uchun tezlikning taqsimlanish grafigi.

Oqayotgan suyuqlikda biror elementar dω yuzasini olib, shu yuzadan vaqt ichida oqib o‘tgan suyuqlikning hajmi dW ni aniqlasak, barqaror harakat vaqtidagi tenglashtirilgan tezlikni quyidagicha aniqlashadi:


u = dW/∆tdω (10.1)
10.1- rasmdan ko‘rinib turibdiki, tenglashtirilgan o‘rtacha tezlik oniy tezlikdan farq qilib, bu farqni hisoblaganda quyidagicha ifodalanadi.
ux = ux + u1x
Oniy va tenglashtirilgan tezliklar orasidagi farqlar manfiy yoki musbat bo‘lishi mumkin va u tezlik pulsatsiyasi deb ataladi.
Agar suyuqlikning oqimga ko‘ndalang yo‘nalishdagi tezliklarini tekshirsak, bu tezliklar bilan oqimning bir tomoniga qancha suyuqlik harakat qilsa, ikkincha tomoniga ham shuncha suyuqlik harakat qiladi deyiladi. Natijada suyuqlikning tenglashtirilgan tezligining yo‘nalishi doimo oqim yo‘nalishiga mos kelar ekan. SHuning uchun turbulent harakat uchun Bernulli tenglamasini yozar ekanmiz, bu tenglamadagi o‘rtacha tezlik tenglashtirilgan o‘rtacha qiymatini bildiradi. Tezlik miqdori doimo o‘zgarib turgani sababli bosim ham o‘zgarib turadi yoki boshqacha aytganda bosim ham pulsatsiyaga ega bo‘ladi. Xuddi tezlikka o‘xshab, bosim H uchun ham tenglashtirilgan bosim tushunchasini kiritish mumkin.

Download 14,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish