Muhokama uchun savollar:
1.
Ochiq urug‘li o‘simliklar ko‘payish mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlarini
ko‘rsating.
2.
Qo‘sh urug‘lanishning ahamiyati nimadan iborat?.
11-mavzu: Hayvonlar rivojlanishining xilma- xilligi.
Asosiy savollar
:
1. Umurtqasizlarda to‘g‘ri va to‘g‘ri bo‘lmagan(lichinkali) rivojlanish.
2. Tirik tug‘ishga o‘tish va uning ahamiyati.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Metamorfoz, rivojlanishning
lichinkalik bosqichi, rivojlanishning lichinkasiz bosqichi, imaginal disklar, imago, provizor.
1- savol bayoni:
Lichinkalar va ularning ahamiyati
.
Rivojlanishning
lichinkalik bosqichi,
xususan, umurtqasizlarda juda ko‘p uchraydi. Ko‘pgina kovak ichlilarda, chuvalChanglar,
mollyuskalar, hasharotlar va boshqa hayvonlarda nisbatan kisqa bo‘lgan embrional davrdan keyin
qobiqlardan mustaqil hayot kechirishga qobiliyatli bo‘lgan lichinka chiqadi. Bu ^hayvonlarning
tuxumlari kayda bo‘ladi va yangi individning rivojlanishi hamda shakl.lanishi uchun zarur
bo‘lgan modda zapaslari etarli bo‘lmaydi. Shuning uchun ham embrional davr organizmning
mustaqil hayot kechirishini ta‘minlay oladigan rivojlanish bosqichining hosil bo‘lishi bilan
tugallanadi. Lichinkalik formalar xordalilar va hatto tuban umurtqalilar orasida ham uchraydi.
Sariqligi kam bo‘lgan lantsetnik tuxumining juda tez rivojlanishi ikkinchi sutkaning oxiriga
kelib
OG
‘
IZ
va anal teshigi bo‘lgan lichinkaning shakllanishi bilan tugallanadi. Ko‘pgina
baliqlar (ganoidlar, suyakli baliqlar, ikki xil nafas oluvchilar), dumsiz va dumli suvda hamda
quro‘qda Yashovchilar ham erkin lichinkalik bosqichini o‘tadi. Bu hayvonlarning tuxumlari
lantsetniknikidan farqli ularoq, sariqlikka boy va ba‘zan anchagana katta bo‘ladi. Biroq,
tuxumdagi oziq modda zapaslari to‘la shakillanadigan individning rivojlanishi uchun etarli
emas. Lichinkaning mustaqil oziqlanishi hayvonning bundan keyingi rivojlanishini ta‘minlaydi.
Lichinkali hayot kechirishning asosiy ahamiyatidan biri organizmni tuzish uchun zarur
bo‘lgan material oziqni topib olishdan iboratdir. Bundan tashqari, erkin yashovchi
lichinkalar turning keng taralishiga imkon beradi, bu katta yoshdagi hayvonning o‘troq hollda
hayot kechirishida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu, masalan, lichinkasi katta yoshdagi
formalarga qarama-qarshi o‘laroq, yaxshi rivojlangan, juda oz vaqt yashaydigan va hatto
oziqlanmaydigan astsidiylarga taalluqlidir. Demak, bu erda lichinkaning uning birdan-bir
vazifasi shundan iboratki, turning keng tarqalishiga imkon beradi. Lichinkalari erkin hayot
kechirmaydigan hayvonlar ham bor. Bunday rivojlanish katta yoshdagi davrida ham,
lichinkalik holida ham yoki faqat keyingisida parazitlik qilib yashovchi .ba‘zi bir formalarga
55
xosdir. U holda ham, bu holda ham lichinkaning parazitlik bilan hayot kechirishi rivojlanuvchi
organizmning oziqlanishini ta‘minlaydi.
Lichinkalik davrning davom etishi xilma-xildir va bir qator sabablarga bog‘liq bo‘ladi.
Lichinka tuzilishining murakkablik darajasiga uning rivojlanish sharoiti, tuxumdagi sariqlik
miqdori va boshqalar katta ta‘sir qiladi. Ya‘ni, masalan, sariqlik zapasi ko‘p bo‘lganda
qobiqlardan ancha rivojlangan lichinka chiqadi, shunga muvofiq uning yashashi ham kamayadi.
Taraqqiyotning tiplariga bog‘liq holda embrionli va embriondan keyingi davrlarning
nisbiy davom etishi o‘zgaradi. Odatda, tuxumda oziq moddalar zapasining kam bo‘lishi, qo-
biqlardan lichinkaning tez chiishiga sabab bo‘ladi. Bu holda .katta yoshdagi hayvon
organlarining shakllanishi asosan lichinkadik davrga tug‘ri keladi. Ya‘ni, masalan,
lantsetnikda embrional rivojlanish hammasi bo‘lib ikki sutkagina va, hatto, undan ham ozroq
davom etadi, lichinkalik davr esa uch oy chamasi davom etadi.
Metamorfoz.
O‘zining tashqi ko‘rinishi va tuzilishi bilan lichinkalar juda xilma-xildir,
chunki ular turli sharoitda Yashab qolishini ta‘minlaydigan xususiyatlarga ega bo‘ladi. G‘oyat
oddiy tuzilgan formalar ham bo‘ladi; bu parazitlik qilib yashovchi lichinkalarga taalluqlidir.
Ya‘ni, masalan, plastinka jabrali mollyuskalardagi lichinkaning ichagi kuchsiz rivojlangan
bo‘ladi; jigar qurtining lichinka formalaridan biri undan butunlay forig‘ ham bo‘lgan va sh. u.
Biroq, ko‘pgina hayvonlarda lichinkalarning tuzilishi maxsus organlarning, masalan, dumsiz
amfibiylarning itbaliqlarida surg‘ichlarning, ba‘zi bir kapalaklarning lichinkalarida ipak
chiqaruvchi bezlarning va shu kabilarning hosil bo‘lishi bilan murakkablashadi. Shunga o‘xshash
lichinkali organlar vaqtinchali
provizorli
organlar hisoblanadi. Ular
metamorfozda
surilib
ketadi.
Ba‘zi hollarda ushbu metamorfoz butun organizmning organlari va to‘qimalarining
surilishi orqali uning hammasining murakkab qayta qurilishi bilan sodir bo‘ladi; boshqa hollarda
lichinkali organlar bir oz o‘zgarishlarga uchrabgina saqlanadi. O‘zgarishlarning bu eng
sunggi formalari o‘rtasida lichinkalik organlar va to‘qimalarning qaytadan qurilish protsesslari
ko‘p yoki oz darajada murakkablashgan oraliq formalar mavjud bo‘ladi. Organlarning jiddiy
qaytadan qurilishisiz katta yoshdagi formalarga asta-sekin utib borishi eng sodda umurtqasiz
hayvonlarga: bo‘lutlar, kovakichlilar, kiprikli chuvalchanglar va boshqalarga xosdir. Ularda
lichinkalik bosqich metamorfozning maxsus formasiz o‘tadi deyish mumkin.
Biroq, ana shu umurtqasizlarda murakkab o‘zgarish ham keng taralgan. Masalan,
murakkab tuzilgan ko‘pgina hasharotlarda metamorfoz to‘qimalar va organlarning ko‘p
qismining emirilishi bilan birga boradi. Nerv sistemasi va jinsiy organlarning bir qismigina
emirilmay qoladi. Lichinkalik hayotning oxiridan tayyorlanish boshlanadigan bunday
metamorfoz g‘umbaklik bosqichida, maxsus qobiqlar himoyasi ostida o‘tadi. Ko‘pgina
kapalaklarda lichinkalarning ipak ajratuvchi bezlari pilla urash uchun ketadigan sekret ajratib
chiqaradi. Pilla ichida batamom shakllangan jinsiy etilgan hasharot rivojlanadi. Organizmning
murakkab qayta qurilishi bilan itbalik, baqaga aylanadi: dum yuqoladi, jabralar
regulyatsiyalanadi va nafas olish upka orqali bo‘lib qoladi, barcha ovqat hazm qilish trakti
o‘zgaradi.
To’g’ri rivojlanish
.
Lichinkalik bo‘lmagan yoki tug‘ri rivojlanish qobiklardan yosh
individning chiqishi bilan harakterlanadi. Garchi rivojlanish tuxumdan chiqqandan keyin ham
davom etsada, bari bir katta yoshdagi hayvon organlarining hosil bo‘lishi, asosan, embrional
davrga tug‘ri keladi. Shunga ko‘ra, tug‘ri rivojlanish tuxumdagi oziq moddalar zapasining ko‘pligi
bilan va embrionda himoya vositalarining mavjudligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Tutri rivojlanishda
embrional davr o‘zaygan bo‘ladi.
To‘g‘ri rivojlanish umurtqasizlar orasida xam, umurtqali hayvonlarda ham tark,algan.
Umurtqasizlarda u, juda murrakkab tuzilishi bilan ajralib turuvchi, boshoyoqli mollyuskalarda eng
56
Yaxshi ifodalangan. Bu hayvonlarning rivojlanishi uchun
oziq
moddalarning anchagina zapasi
kerak, bu esa katta tuxumlarda bo‘ladi. Nautilus tuxumining diametri 5
sm
ga teng, vaholanki
rivojlanishi tug‘ri bo‘lmagan mollyuskalar tuxumining diametri hammasi bo‘lib bir necha
millimetrlar bilangi ulchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |