52
3.3.O‘sish va rivojlanishda yana qanday ichki sekreqiya bezlari qatnashadi?
10-mavzu: O’simliklarning rivojlanishi.
Asosiy savollar
:
1. O‘simliklarning jinssiz va jinsiy ko‘payish usullari.
2. Ko‘payish usullari mexanizmi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Mikrosporafil, mikrosporangiy,
arxesporial, mikrospora, ekzina, intina, megasporafill, megasporangiy, mikropile,
megaspora, integumyont,
nutsellus, murtak, sporafit nasl, intina, vegetativ va generativ
hujayra, markaziy hujayra, tuxum hujayra, qush Urug‘lanish.
1-savol bayoni:
Ko‘payish hamma tirik organizmlarga xos xususiyatdir. O‘simliklar 3
xil yo‘l bilan ko‘payadi.
1. Vegetativ ko‘payish – O‘simliklarning vegetativ organlari yordamida ko‘payishidir.
2.Jinssiz ko‘payish – o‘simlikning sporalar yordamida ko‘payishidir.
3. Jinsiy ko‘payish – o‘simlikda jinsiy hujayralar hosil bo‘lishi va o‘zaro qo‘shiluvi
natijasida yangi organizmlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ko‘payishdir.
Vegetativ ko‘payish xossasi prokariot va eo‘qariot o‘simlik organizmlarining hammasiga
xosdir. Vegetativ ko‘payish o‘simliklardagi regeneratsiya
qilish qobiliyati bilan
chambarchas bog‘liqdir.
Prokariot organizmlarda (bakteriyalar, ko‘k – yashil suvo‘tlari) bu jarayon hujayraning
ikkiga bo‘linishi bilan bog‘liq bo‘lsa, yo‘qsak o‘simliklarda jaroxatlangan erning tiklanishi,
ayrim hollarda jaroxatlangan qismlarning yangi organlarning hosil bo‘lishi bilan boradi.
O‘simliklarning qismlarini tiklay olish qobiliyatiga regyoniratsiya deyiladi.
Vegetativ ko‘payish tabiiy va sun‘iy vegetativ ko‘payishga ajratiladi. Tabiiy
vegetativ
ko‘payish o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan. Faqat bir va ikki yillik o‘simliklargina
tabiiy sharoitda vegetativ ko‘paymaydi. Tabiiy vegetativ ko‘payishning qo‘ydagi xillari
uchraydi.
Piyozboshlar yordamida (lola, sarimsoq),ildizpoYalar yordamida (tog‘ rayxoni, ajriq),
gajaklar yordamida (qulpnay), tuganaklar yordamida(kartoshka, er noki), ildizbachkilar
yordamida (zirk,olcha,gilos), tirik tug‘ish yo‘li bilan (qung‘irbosh),
bu kurtaklar ona
organizmidan ajragandan keyin yangi o‘simlikka aylanadi.
qishlovchi kurtaklar yordamida (suvda yashovchi o‘qbarg o‘simligi ko‘zda o‘zida
kurtaklar hosil qiladi. Bu kurtaklar kech ko‘zda ona o‘simlik xalok bo‘lgandan keyin undan
ajralib, suv tagiga cho‘kadi va qishlaydi. Erta baxorda bu kurtaklar suv yo‘ziga suzib chiqib,
yangi o‘simlik hosil qiladi.);
tallom tanani bo‘linishi orqali (ko‘pchilik suvo‘tlari, lishaynik va zamburug‘larda tallom
tanani bir qismi ajralib chiqib, yangi o‘simlikka aylanadi.)
Sun‘iy vegetativ ko‘payish inson ishtirokida boradi. Uning quyidagi xillari keng
tarqalgan:
qalamchalar yordamida (atirgul, anor, tol):
parxishlash orqali (o‘simlikning yosh novdasini egib, o‘rta qismidan erga kumiladi, uchi
esa er betiga chiqarib qo‘yilgan qismidan qushimcha ildizlar chiqib, novda mustaqil oziqlana
boshlandi.
Payvandlash orqali (bu yo‘l bilan mevali daraxtlarning Yaxshi navlari ko‘paytirilayotgan
Bunda ko‘raytirilayotgan o‘simlikning qalamcha va kurtaklaridan foydalaniladi. Uning
kurtak payvandi, iskanapayvand va boshqa turlari mavjud.):
To‘qima bo‘laklarini sun‘iy ozuqa muhitda o‘stirish yordamida (o‘simliklarning vegetativ
qismidan olingan kichkina bo‘lagi yoki hujayrasi maxsus ozuqa solingan probirkada
53
ustiriladi.Bunda bir dona o‘simlik bo‘laklaridan 1-2 million individni ustirish mumkin.
Masalan xozirgi kunda karam, makkajo‘xori, chinnigul, arpalarning
navlarini selektsion
maqsadida ko‘paytirish Shu yo‘l bilan amalga oshirilmoqda).
O‘simliklar vegetativ ko‘payganda bir ona organizmdan bir qancha individlar hosil
bo‘ladi. Individlar to‘plamiga klon deyiladi.
Ko‘pchilik ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklarda novdaning ildizga tushgan eri kengayib
kaudeks deb ataluvchi tuzilma hosil qiladi. O‘simliklarning yoshi utib borishi bilan kaudeks
markazida asta-sekin bo‘shliq paydo bo‘lib, u kengayib, kaudeksini bir necha bo‘lakga
ajratadi. Bu jarayon partikulYatsiya nomi bilan fanga ma‘lum bo‘lib, u beda, lyupin, kokiut,
ferula, Shuvoqlarda uchraydi.
II.
Jinssiz ko’payish
Ko‘pchilik suvo‘tlari va zamburug‘larda, Shuningdek
moxlar va paporotniklarda
ko‘payish jarayoni mitoz yoki meyoz bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan maxsus hujayralar
sporalar yordamida amalga oshadi. Sporalar maxsus organlar – sporangiylarda hosil bo‘ladi.
Sporalar mitoz bo‘linishi natijasida hosil bo‘lsa mitosporalar (xlorella, xlamidomonada),
meyoz bo‘linish natijasida hosil bo‘lsa meyosporalar (paparotnik, moxlarda) deyiladi.
Mitosoralar
o‘zida
xromosomalarning
diploid
to‘plamini
(2n),
meyosporalar
xromosomalarning gaploid to‘plamini (n) saqlaydi. Mitosporalar ona organizmlarga
o‘xshash individlarga aylanadi. Meyosporalar esa ona organizmga o‘xshash individlarga
aylana olmaydi, chunki ular jinsiy jarayon bilan gallanishi kerak.
Shuning uchun
meyosporaldardan maxsus o‘simtalar hosil bo‘ladi. Bu o‘simtada jinsiy hujayralar- gametalar
etiluvchi jinsiy organlar shakllanadi. Ko‘pchilik sporalar harakatlanishi uchun xivchinlarga
ega. Bu holda zoospora deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: