Soliq bo`yicha preferentsiyalar: nol stavkani qo`llash natijasida vujudga kelgan qo`shilgan qiymat solig`ini qaytarish zarur bo`lgan hujjatlar to`liq taqdim etilgan kundan e`tiboran 7 ish kuni davomida soliq to`lovchiga tezkorlik bilan qaytariladi.
Bunda davlat soliq organlarida mavjud bo`lgan ma`lumotlar, shu jumladan, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha taqqoslash dalolatnomasi hamda qo`shilgan qiymat solig`i hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi bekor qilinadi;
2019 yil hosilidan boshlab respublika tashkilotlariga paxta tolasini sotishda qo`shilgan qiymat solig`i jahon bozorlarida shakllangan narxlardan qat`iy nazar, paxta tolasining amaldagi sotish narxidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Kadrlar omili: 2019G`2020 o`quv yilidan boshlab Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutida etakchi xorijiy oliy o`quv yurtlarining qo`shma ta`lim dasturlari tashkil etiladi;
2019 yil oxiriga qadar O`zbekiston Respublikasi hududida xorijiy kompaniyalarning o`quv-ishlab chiqarish klasteri ishtirokida ishlab chiqarish ob`ektlarida ta`lim jarayonini bevosita amalga oshirish ishlari tashkil etiladi;
Xususiy kompaniyalar ta`lim kontraktlarini to`lagan holda Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutiga kadrlar uchun buyurtmalar berishlari mumkin.
Axborot ko`magi To`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining yagona axborot portali tashkil etiladi. Unda:
tarmoqning tender savdolari (tanlovlar), ko`rgazma va yarmarkalar, shu jumladan, xorijiy ko`rgazma va yarmarkalar ro`yxati e`lon qilinadi;
kichik tadbirkorlik sub`ektlarini to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini eksport qilishning to`liq jarayoniga masofaviy o`qitiladi;
butun dunyo mamlakatlari bo`yicha to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish tahlili yuzasidan to`liq hisobotlar e`lon qilib turiladi;
«To`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash navigator choralari» joylashtiriladi;
to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati ishlab chiqaruvchilar va xizmatlar, materiallar va xom ashyo etkazib beruvchilar joylashuvi ko`rsatilgan O`zbekistonning interaktiv xaritasi yaratiladi;
to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun O`zbekistonning qiyosiy ustunliklari e`lon qilinadi;
to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan onlayn-dasturiy mahsulotlarni xorijiy analoglar bilan integratsiya qilinadi;
moliya xizmatlarini, shu jumladan, lizing kontraktlari bo`yicha qarz mablag`larini, uskunalarni hamda sug`urta xizmatlarini jalb qilish bo`yicha etkazib beruvchilar aks ettiriladi;
milliy to`qimachilik korxonalari uchun ishlab chiqariladigan va talab qilinadigan xizmatlar, materiallar va xom ashyolar nomenklaturasi va hajmi aks ettiriladi.